Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan


Download 346.64 Kb.
bet8/12
Sana22.02.2023
Hajmi346.64 Kb.
#1220740
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi otabek

Xulosa va takliflar.

Men xulosa qilib shuni aytishim mukinki, sabzavotlar guruhiga kiruvchi karam sabzavotlarini yetishtirish va ekspert qilish uchun o’zbekistonda yetarlicha imkoniyatlar yo’lga qo’yilgan.
Respublikamizda dala maydonlariga eng ko‘p ekiladigan sabzavot ekini oqbosh karam bo‘lib, uni yetishtirish hajmi yildan yilga oshib bormoqda. Xususan, 2022-yilda 1 254 293 tonna karam hosili olinishi kutilmoqda. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 1 205 568 tonnani tashkil etgan edi.
Karam yetishtirishda uning eksport hajmi ham ortganini alohida taʼkidlash joiz. Jumladan, 2022-yil yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga 106,5 ming tonna oqbosh karam eksport qilingan. Bu o‘z navbatida 2021-yilgi mos davrga nisbatan (2021-yil yanvar-may) 26,1 ming tonna yoki 132 % ga ko‘p demakdir. 2022-yilda O‘zbekiston karami Afg‘oniston, Belorussiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Latviya, Moldova, Polsha, Rossiya, Ukraina kabi davlatlarga yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan “Ertagi muddatda yetishtirishga mos oqbosh karam navlarini tanlash va yetishtirish texnologiyasini ayrim elementlarini takomillashtirish” borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Men kusr ishimni yozish davomida quyidagi kerakli bilimlarni bilib oldim. Karam urug‘i ko‘karish xususiyatini 4-5 yilgacha yo‘qotmaydi. Yerga qadalgan urug‘ning unuvchanligi 85-95%. Uning urug‘i qancha yirik bo‘lsa, shuncha erta va bexato unib chiqadi. Tuproq tarkibi yetarli darajada nam, harorat qulay bo‘lsa, meʼyoriy chuqurlikda ekilgan karam urug‘lari 3-4 kun mobaynida unib chiqadi. Urug‘ bo‘rtishi uchun o‘z vazniga nisbatan 50% suv talab etadi. Karam urug‘i +4 – +6 °S daraja haroratda una boshlaydi. Salqin iqlim sabzavoti bo‘lgan oqbosh karamlar kuz (boshida) bilan bahor (so‘nggi) orasidagi salqin davrda yetishtiriladi. Karam sovuqqa nisbatan chidamli, yaʼni +7+8 °S daraja sovuq haroratga ham chidaydi. Karam +15+18 darajada yaxshi o‘sib rivojlanadi. Karamlar gullashi uchun harorat +17+18 °S bo‘lishi kerak. Harorat +25 °S dan ortsa, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. O‘sish davri sekinlashadi va mevasi maydalashadi, karam boshi hosil qilmaydigan tuplari soni ortadi.
Karamni parvarishlashda qatop oralarini chopiq qilish, ko‘chatlar atrofidagi tuproqni qo‘lda yumshatish hamda mineral o‘g‘itlar berish kerak. Keyin uni 1-2 marotaba sug‘oriladi. Tuproq yetilishi bilan yana shunday kompleks ishlov o‘tkaziladi, faqat bu gal yerga chuqurroq ishlov beriladi. Navbatdagi sug‘orish ikkinchi oziqlantirish bilan birgalikda olib boriladi. Odatda, ikkinchi oziqlantirish karam bosh tuga boshlagan paytda o‘tkaziladi. Karam odatda ikki marta chopiq qilinadi.
Karam boshining zichlashib, qattiq holga kelishi uning pishganligini bildiradi. Ekilgan ertapishar va o‘rtapishar karam navlarining hosili yetilishiga qarab 3-4 marta yig‘ib olinadi.
Shuni ham aytib o’tishim keraki, karam sabzavoti tarkibida inson salomatligi uchun krakli bo’lan vitamin va mineral moddalar bor. Karamli sabzavotlar tarkibida kalsiy, kaliy, fosfor, magniy, temir, oltingugurt, yod hamda boshqa tuzlar juda ko‘p. Ular parhezbop hamda davolash xususiyatiga ega bo‘lib, yurak xastaligi, semizlik, oshqozon yallig‘lanishi kabi kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.



  1. Download 346.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling