Samarqand iqtisodiyot va servis inistituti "servis" fakulteti "servis" kafedrasi "oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi va ekspertizasi" fanidan


Oqboshli karamga qo’yiladigan talablar va uning organoleptik ko’satgichlarini aniqlash


Download 346.64 Kb.
bet5/12
Sana22.02.2023
Hajmi346.64 Kb.
#1220740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi otabek

Oqboshli karamga qo’yiladigan talablar va uning organoleptik ko’satgichlarini aniqlash.


Chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oqboshli karamlar ГОСТ 26768 - 85, tayyorlov korxonalari tomonidan tayyorlanadigan va jo’natiladigan oqboshli karamlar esa ГОСТ 1724 85 davlatlararo standartlari talablariga javob berishi kerak.
Men quyidagi tayyorlov korxonalari tomonidan tayyorlanadigan va jo’natiladigan oqboshli karamlar qanday talablarga javob berishi kerakligini keltiraman.
ГОСТ 1724 – 85 davlatlararo standartlariga binonanoqboshli karamlar ertapishar hamda o’rtapishar va kechpishar navlariga ajratiladi. Bu standart talabi bo’yicha oqboshli karamlarning ikkila tovar navlarida ham karam boshlari sarxil, butun, soglom, toza, to’liq shakllangan, o’smagan, shakli va rangi bo’yicha karamning botanik naviga xos, qishloq xo’jaligi zararkunandalari bilan zararlanmagan bo’lishi kerak.
Karamlarning hidi va ta’mi eng muhim organoleptik ko’rsatgich hisoblanadi. Hidi va ta’mi bo’yicha oqboshli karamlar shu botanik naviga xos, begona hidlarsiz,va ta’mlarsiz bo’lishi kerak.
Karamlar, shuningdek oqboshli karamlar uchun ham karam boshining zichligi eng muhim organoleptik ko’rsatgichlardan biri hisoblanadi. Mazkur standart talabi bo’yicha ertapishar navlarning zichligi xar xil darajada bo’lishligiga yo’l qo’yilsada, kechpishar navlarida karam boshi zich bo’lishi kerak.
Ma’lumki, karamlarni yig’ishtirib olish, joylash, transport vositalariga ortish va tushurish jarayonlarida karam boshining eng sirtqi barglari jarahotlanishi va ifloslanishi mumkun. Shu sababli standartda bu ko’rsatgich ham o’z ifodasini topgan. Standart talabi bo’yicha oqboshli karamlarda karam boshlari zich yopilib turadigan ko’k yoki oq barglarigacha tozalangan bo’lishi kerak. Faqat oqboshli karamlarning o’rtapishar va kechpishar navlarida 2-4 barglari unga zich yopishmagan bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Standart talabi bo’yicha karam boshidan chiqib turadigan o’zagi ertapishar karam navlarida 3,0 cm dan, o’rtapishar va kechpishar navlarida esa 4,0 cm dank am bo’lmasligi kerak.
Ma’lumki,ko’pchilik sabzavotlarda sabzavotlarning katta-kichikligi katta kondalang kesimining diametri bilan ifodalanadi.Mazkur standart talabi bo’yicha oqboshli karanlarning massasi 0,25 kg dank am bo’lmasligi ko’rsatib qo’yilgan bo’lsa, o’rtapishar va kechpishar navlarida esa karam boshining massasi chegaralanmaydi.
Karam boshining ham jarohatlanishi ham muhim ko’rsatgich hisoblanadi, chunki jaraohatlangan karamlar saqlashga chidamsiz hisoblanadi. Shu sababli standart talabi bo’yicha oqboshli karamning ikkala tovar navlarida ham faqat sirtqi 1-2- barglarida mexanik jarohatlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Keyingi ichki barglarida esa bunday jarohatlar bo’lmasligi kerak.
Shuningdek karam partiyasida 5 bargdan chuqur jarohatlangan, o’sgan,yorilgan,dimmiqqan, muzlagan ichki qismlari sarg’ayib qolgan karam boshlari bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Karamlarning katta-kichikligi shuki, karam boshlari uchun bu ko’rsatgich massa o’lchov birliklarida o’rnatiladi. Karam sabzavotlarida karam boshining massasi boshqa o’lchamlariga qaraganda sifatini aniqroq ifodalaydi, chunki karamning iste’mol qiymati va saqlanuvchanligi karam boshining zichligiga ko’p darajada bog’liqdir. Zich bo’lmagan karam boshlari zich karam boshlariga qaraganda mexanik jarohatlarga kam bardoshli bo’lib, ular mikrobiologik kasalliklarga ham tezroq chalinadi.Bunday karamlarda bir tomondan ko’proq suvning bug’lanishi natijasida massasi va ozuqaviy qiymati ham kamayadi.
Men insititutimizda joylashgan 105-xona ya’ni laboratoriya xonasiga Amir Temur ko’chasida joylashgan “ Farovon Uz “ supermarketidan ertapishar oqboshli karamini sotib olib kelib karamning organoleptik ko’rsatgichlarini aniqladim va standartga solishtirdim.

Supermarketdan sotib olingan ertapishar oqboshli karami.

Ertapishar karamning sarxil, butun, sog’lom, toza to’liq shakllangan, o’smagan, shakli va rangi bo’yicha ertapishar oqboshli karamning naviga xos qishloq xo’jaligi zararkunandalari bilan zararlanmagan. Hidi va ta’mi bo’yicha oqboshli kamramlar naviga xos, begona xidlarsiz va ta’mlarsiz. Bundan tashqari karam boshining zichligi yetarlicha zich.Karam boshidan chiqib turadigan karam o’zagi ertapishar karam navlarida 3 cm dank am bo’lmasligi kerak, bu rakamniki esa 3,5 cmni tashkil etadi. Karamning massasi ham standart talabiga javob bergan holatni ko’rsatyapti ya’ni 0,5 kg standartda esa 0,25 kg dank am bo’lmasligi aytilgan. Karamlarning yana bir muhim organoleptik ko’rsatgichlaridan biri bo’lin uning bargining holati, jarohatlangan holatlarini ham inobatga olish kerak bo’ladi. Bu ertapishar karamda esa faqatgina bir qavat barglari jarohatlangan ammo yorilgan joylari yoq. Shunday qilib, ushbu karamning organoleptik ko’rsatgichlari bo’yicha standart talabiga to’liq javob beradi deb xulosa qilish mumkun va iste’molga yaroqli hisoblanadi.



  1. Download 346.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling