Rafinatsiyalangan dezodoratsiyalangan yog'
va moylar haroratini me’yorlashtirish va
saqlash
Sut konsistensiyasini (yog'liligini) normal-
lashtirish. Tozalash. Pasterizatsiyalash. Sut
achitish bakteriyalari yordamida bijg'itish
(achitish). Sovitish.
Emulgatorlarni moyda, aromatizatorlarni
esa moyda yoki suvda eritish. Suvni
tozalash. Limon kislotasi, shakar, vitaminlar,
konservantlar, rang beruvchi moddalarni
tayyorlash.
Komponentlarni o'lchash va aralashtirish.
Obdan aralashtirish. Emulsiya hosil qilish.
O'ta sovitish. Kristallizatsiya. Margaringa
, mexanik (plastik) ishlov berish.
Margarin qadoqiashga
5.28-rasm. Margarin ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemasi.
178
Margarin ishlab chiqarish jarayon-
lari asosini «moydagi suv» turidagi
emulsiyani o‘ta sovitib qotirish va
unga mexanik (plastik) ishlov berish
tashkil etadi. Margarinni uzluksiz
tayyorlash liniyalarida retseptura
komponentlari, asosan, vazn birligida,
ba’zi komponentlar esa maxsus nasos-
dozatorlar yordamida hajm birligida
o‘lchanadi.
Komponentlar vertikal silindrik
aralashtirgichda aralashtiriladi (5.29-
rasm). Shu aralashtirgichning o'zida
dastlabki emulsiya hosil qilinadi.
Qurilma ichida o‘rnatilgan vint-
simon aralashtirgich 1 ning ayla-
nish chastotasi 59,5 min'1. Qurilma
korpusining ichki tomonida to‘siq
o'rnatilgan bo‘lib, u aralashmani vintsimon aralashtirgichda o‘ralib ketishiga yo‘l qo'ymaydi. Qurilma suvli g‘ilof 3 ga ega. Mahsulot shtutser
orqali keladi va quyish patrubkasi 5 orqali chiqarib olinadi.
Dag'al emulsiya aralashtirgichdan markazdan qochma turdagi emulsatorga yuboriladi. Uning asosiy ishchi organlari ikkita aylanadigan va ikkita harakatlanmaydigan disklar bo‘lib, emulsiya shu disklar orasidagi bo‘shliqni to'ldiradi. Disklar 1450 min-1 aylanish tezligida harakatlanib, emulsiyani zarralari diametrining o'lchami 6-15 mkm bo‘lgunicha intensiv dispersiyalaydi.
Emulsatordan so‘ng margarin emulsiyasi tenglashtiruvchi bakka, keyin esa yuqori bosim ostida ishlaydigan nasos orqali o‘ta sovitgichga (5.30-rasm) yuboriladi. Bu qurilma margarin mahsuloti ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladigan asosiy qurilmalardan hisoblanib, nafis emulsiya hosil qilish, sovitish va emulsiyaga mexanik ishlov berishni talab me’yorida amalga oshirishni ta’minlaydi.
O'ta sovitgich ketma-ket ishlaydigan bir nechta bir xil silindrlar— issiqlik almashtirgichlar 1 dan iboratdir.
Uch seksiyali o‘ta sovitgichning silindrlar bloki apparatning yuqorigi qismida joylashtirilgan. Har bir silindrni issiqlik izolatsiyasi 3 bilan ta’minlangan «quvur ichidagi quvur» turidagi issiqlik almashtirgich tashkil
Do'stlaringiz bilan baham: |