Sh. R. Sharipov jdpi kimyo fanlari nomzodi D. K. Muradova
Academic Research in Educational Sciences
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1291-1306
- Bu sahifa navigatsiya:
- Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1302 www.ares.uz
- Le-Shatele (1884-yil)
Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1291-1306 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1302 www.ares.uz - vaqt birligida reaksiyaga kirishgan dastlabki moddalarning molekulalar soni ayni vaqt ichida reaksiya mahsulotlaridan hosil bo‘ladigan moddalar molekulalari soniga teng; - Moddalardan birining konsentratsiyasini, temperatura yoki bosimning o‘zgarishi kimyoviy muvozanatning siljishiga olib keladi ya‘ni reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning konsentratsiyasi o‘zgaradi. Agarda: - reaksiyada ishtirok etayotgan dastlabki moddalarning konsentratsiyalari kamayib, reaksiya mahsulotlarining konsentratsiyalari ortsa, muvozanat chapga siljiydi. - reaksiyad ishtirok etayotgan dastlabki moddalarning konsentratsiyalari ortib, reaksiya mahsulotlarining konsentratsiyalari kamaysa, muvozanat o’nga siljiydi. Muvozanatning siljishi to‘g‘ri va teskari reaksiyalarning tezliklari yana tenglashguncha, ya‘ni moddalar yangi muvozanat konsentratsiyalari tenglashgunga qadar ya‘ni muvozanat qaror topguncha davom etadi. Kimyoviy muvozanatning siljish yo‘nalishini Le-Shatele (1884-yil) prinsipi aniqlaydi. Uning qoidasi quydagicha tushuntiriladi. Agar muvozanat holatida turgan sistemaga, tashqaridan biror-bir ta‘sir ko‘rsatilsa ( temperatura, bosim konsentratsiya o‘zgartirilsa) muvozanat shu kuchni kamaytiradigan tomonga siljiydi. Ushbu nazariy asoslarni o‗quvchilarga tushuntirshda kimyoviy muvozanatni ko‗zi bilan ko‗rish orqali bajariladigan kimyoviy tajribalarni ko‗rsatish orqali amalga oshiriladi. Tajriba: To`rtta probirkaning har biriga FeCl 3 va NH 4 CNS eritmalaridan 1- 2 ml dan quying. Eritmalarni shisha tayoqcha bilan aralashtiring va ularni probirkalar shtativiga quying. Birinchi probirkaga FeCl 3 ning to`yingan eritmasidan, ikkinchi probirkaga NH 4 CNS ning to`yingan eritmasidan 3-4 tomchidan qo`shing. Uchinchi probirkaga esa NH 4 Cl kristallaridan bir chimdim tashlang. Bu uchala probirkalardagi eritmalar rangining o`zgarishini to`rtinchi probirkadagi eritma rangiga solishtiring. Kimyoviy muvozanat siljishiga konsentratsiyaning ta‘siri to`g`risidagi xulosangizni yozing. Reaksiya tenglamasining: FeCl 3 + 3NH 4 CNS Fe(CNS) 3 + 3NH 4 Cl ekanligini bilgan holda tajribani o‗tkazing va uni taxlilida muvozanatni siljishini ko‗rsatib, asoslab bering. Ushbu tajribani o‗quvchilarga tushuntirishda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling