Sh. R. Sharipov jdpi kimyo fanlari nomzodi D. K. Muradova
Academic Research in Educational Sciences
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1291-1306
- Bu sahifa navigatsiya:
- Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1293 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1291-1306 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 1293 www.ares.uz izohlash, dialogik metodlar; 6. Kimyo o‗qitishda namoyish qilinadigan eksperimentdan foydalanish; 7. Kimyo o‗qitishda laboratoriya tajribalaridan foydalanish; 8.Kimyo o‗qitishda o‗quvchilarning mustaqil bajariladigan amaliy ishlaridan foydalanish; 9.Kimyo o‗qitishda o‗quv ko‗rgazmalardan foydalanish; 10.Kimyo o‗qitishda masalalardan foydalanish; 11.Kimyoviy ishlab chiqarish asoslari; 12.Kimyo va atrof muhit muhofazasi masalalarini o‗rganish metodikasini nazariyasi va metodologiyasini o‗rganishga asoslanmoqda. Shunga asoslanib yosh metodist o‗qituvchilar maktabda kimyo talimini nazariyalari asosida metodlarni tadbiq qilish orqali amalga oshiradilar. Bunig uchun o‗qituvchi maktab kimyo talimini o‗zi qanday tuzilgan va u nimalarga asoslanishini nazariy asoslarini chuqur o‗rganishlari zarur. Qaysiki, maktab kimyo talimi, bu maktabda kimyo ta‘limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‗rni bilan belgilanadi. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida kimyo fanini o‗qitish orqali o‗quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy fikrlay olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o‗z-o‗zini anglash salohiyatini shakllantirish va o‗stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta‘lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‗lgan bilimlar beriladi. Maktabda o‗rganiladigan kimyoning mazmuni imkoni boricha o‗quvchilar atrofini o‗rab turgan muhitdagi hayot, turmush va ishlab chiqarish hamda o‗quvchilarning turmush tajribasi bilan bog‗langan bo‗lishi lozim. O‗quv dasturi kimyo fani o‗qitishda oddiydan murakkabga tomon tuzilgan bo‗lib, dastavval modda, moddalarning xossalari, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi, kimyo sanoati erishgan yutuqlar, tabiat va jamiyatda kimyoviy ishlab chiqarishning o‗rni, ta‘siri haqidagi bilimlarni berish va amaliy malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilgan. Maktabda kimyo talimini o‗rgatishda asosan o‗qituvchi kimyoning nazariyalarini tajribalar asosida isbotlash orqali o‗quvchilarda nazariyani shakllantirilib boriladi. O‗quvchilarda kimyoviy tushunchalarni vujudga keltirishda asosan modda va uning xossalar hamda ular orasida boradigan kimyoviy reaksiyalarni nazariyaga asoslanib hosil bo‗lgan moddalarni aniqlash va formulalarini ionli va molekular tenglamalarini tuza olish qobilyatini vujudga keltirishga yo‗naltirish orqali asta- sekinlik bilan oddiydan murakkabga qarab evristik va dedukitsion metodlardan foydalanib amalga oshirish kimyo talimini sifatini oshirishga olib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling