Суд тиббиёти фанидан ян саволлар 1 Суд тиббиёти, таъриф. Суд тиббиёти ва суд-тиббий экспертиза. Суд тиббиёти фани
Download 0,89 Mb.
|
ЯН Умумий саволларга жавоб
Суд тиббиёти фанидан ЯН саволлар 1 Суд тиббиёти, таъриф. Суд тиббиёти ва суд-тиббий экспертиза. Суд тиббиёти фани – бу муайян жиноят ёки фуқаролик ишлари буйича тергов олди ҳаракати, тергов ва суд процессларида, шу ишларни олиб бораётган шахсларда вужудга келадиган тиббий – умумбиологик ва айрим тиббий – криминалистик мазмунли муаммоларнинг ҳал қилишига оид тиббиёт фанидир. Экспертиза моҳияти бўйича тадқиқот бўлиб, унинг қуйидаги тўрт хусусияти бўлади: а. тадқиқот фан, техника, санъат, ҳунармандчиликнинг бирон-бир соҳаси бўйича билим, кўникмалардан фойдаланган ҳолда, яъни мутахассис томонидан ўтказилади; б. тадқиқот конкрет вазифа бўйича, одатда баҳолаш мақсадида ўтказилади; в. тадқиқотни ўтказиш тартиби қатъий тарзда белгиланган бўлиши лозим. г. тадқиқот жараёни ва унинг натижалари тегишли ҳужжат билан расмийлаштирилади. Суд, тергов, суриштирув идоралари томонидан қўйилган вазифани ҳал этиш учун тиббиёт соҳасидаги билим ва кўникмалардан фойдаланиб, умумбелгиланган тартибга риоя қилган ҳолда ўтказилган ва эксперт хулосаси тузиш билан якунланадиган тадқиқот суд-тиббий экспертиза деб номланади. Суд тиббиёти соҳасидаги билимларнинг амалдаги қўлланилиши суд-тиббий экспертиза кўринишида бўлади. Бакалавриатурада суд тиббиёти ўқитилишининг асосий вазифалари.
Суд тиббиёти предмети. Суд тиббиёти фанипредметининг тизимини қуйидагича белгиласа бўлади:
Суд-тиббий экспертизада қўлланиладиган усуллар.
Суд экспертининг ҳуқуқ ва мажбуриятлари. JPK 68-moddada berilgan: Huquqlari: - ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; - ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; - tergov harakatlari o‘tkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir bo‘lish hamda shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; -sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va so‘roq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish; - ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; - uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; - agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; - agar ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyatlar qilish huquqiga egadir. Majburiyat: - ushbu Kodeksning 76 va 78-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; - o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; - surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; - o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; - ekspertizani o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; - taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. Суд-тиббий экспертизанинг турлари.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling