Talim vazirligi
O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari
- O’zbekiston Respublikasi tovar aylanmasi geografik tarkibi
- O’zbekistonning mintaqaviy integratsion markazlar mamlakatlari bilan hamkorligi
O’zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlari Ko’rsatkichlar 2004 2005 2006 2007 Aholi, mln. kishi 26 26,3 26,6 27,1 YalM 12189,5 15210,4 27 759,3 28 186,2 Aholi jon boshiga YalM 468,4 584,5 777,5 1040,1 Sanoat ishlab chiqarishi, mln. so'm 8074,8 10913,4 14521,1 18318,7 Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, mln. so’m 4732 5395,5 7314 18998,9 Asosiy kapitalga investitsiyalar, mln. so’m 2473,2 3012,9 3383,3 5479,4 Qurilish, mln. so’m 1067,9 1377,5 1843.4 2593,2 Savdo balansi Tashqi savso aylanmasi, mln. AQSh dollari 8669 9500,1 10780,7 14227,1 Shu jumladan Eksport 4853 5408,8 6384.5 8991,5 Import 3816 4091,3 4396,2 5253.6 Savdo balansi (+.-) 1037 1317,5 1988.3 3755.9 * Manba: o’zbeksiton Respublikasi davlat statistika qo’mitasi ma'lu-motlari. 2008-y. O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi yo’nalishlari 79 Globallashuv XXI asrdagi asosiy tendensiyalarni anglab olishda, jahonni global makon sifatida tasavvur qilishdan kelib chiqish zarurligini ko'rsatadi. 0'z navbatida, global makon milliy tuzilmalar majmuasi emas, balki milliy iqtisodiyotlar simbiozi, o’z qonunlari bilan ishlay boshlagan geoiqtisodiyot va integratsiyalangan tizimdir. Jahonning turli qifalarida - G’arbiy Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikada umumiy iqtisodiy va geosiyosiy manfaatlar bilan aloqador boigan yirik mintaqaviy birlashmalar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida ularning barchasi avvalo a'zo davlatlarning korporativ manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan. Ushbu uyushmalarning alohida olingan mamlakat imkoniyatlari bilan taqqoslab bo’lmaydigan kuchi ham mana shundadir. O’zbekiston Respublikasi 1991-yilning 31 avgustida mustaqillikka erishdi. Shu kundan boshlab respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida rivojlanishning yangi davri boshlandi. 0'zbekiston hududiy jihatdan O’rta Osiyo mintaqasining markaziy qismida joylashgan bo’lib, respublikada Markaziy Osiyo aholisining 45 % yashaydi. O’zbekiston qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg’oniston davlatlari bilan chegaralanib, Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlari bilan transport va telekommunikatsiya va axborot vositalari orqali bog’lanib turuvchi muhim strategik yo’lak hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi jahonning ko’zga ko’ringan yirik va obro’li xalqaro tashkilotlari, dunyoning o'nlab davlatlari bilan aloqalarni o’rnatgan bo’lib, ularning yirik bank va moliyaviy tashki-lotlari bilan, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o’zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. O’zbekistonda xorijiy mamlakatlarning 43 ta elchixonasi, 49 ta nodavlat va shuningdek. 15 ta davlatlararo tashkilotlari akkreditatsiya qilingan. Respublikamiz eng muhim xalqaro konvensiyalarning qatnashchisidir. O'zbekiston turli davlatlar bilan xalqaro iqtisodiy integratsion jarayonlar asosida intensiv rivojlanib boruvchi davlatlardan biridir. Rivojlanish va taraqqiyot yoiiga o’tgan O’zbekiston nufuzli xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlarining teng huquqli a'zosidir. RespublikamizXalqarovalyutafondi,Jahonbanklarguruhi,Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro elektr aloqalari ittifoqi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasining iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi nufuzli xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlaming a'zosidir. Respublikamiz Xalqaro atom energiyasini nazorat qilish bo’yicha tashkilotga, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo’lib kirishi uchun faol tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini erkin-lashtirish sharoitida jahon hamjamiyatiga qo’shilish jarayonlarini rivojlantirishvayanadachuqurlashtirishningustuvoryo’nalishlarida kuch-g’ayratni jamlash zarurati yuzaga keldi. Yetakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, va gumanitar tashkilotlar, ilg’or Yevropa mamlakatlari va AQSh, Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi davlatlari, MDH mamlakatlari jumladan, Rossiya, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlash ana shunday yo’nalish hisoblanadi. Prezident I. Karimov integratsiya haqida fikr bildirib, «O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda dunyo miqyosida va mintaqa koiamida integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da. ammo bir muhim qoidaga: «bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir subyekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni MDH doirasidagi asosiy yo’nalishlar quyidagilardan biri MDH doirasida maqsadlar amalga oshgunga qadar integratsiyaga sakrab o’tmasdan, bosqichma-bosqich ishlab chiqarishni rivojlantirib erkin savdo hududlarini tashkil qilishdir: Erkin savdo hududlari MDHni integratsiya jarayonlari asosida yuksak darajada rivojlangan hamjamiyatga aylantirishi mumkin. Bir-biriga bog’lanib ketgan transport tarmoqlari, neft-gaz 80 quvurlari, shuningdek, xalq xo’jaligining o’zaro bogiiqligi, a"zo davlatlarning bevosita qo’shniligi va boshqa omillar savdo-iqtisodiy hamkorlik uchun qulay imkoniyatdir. MDHning har bir a'zosi boshqa bir a'zo davlatlarning manfaatlariga to’g’ri yondashgandagina hamdo’stlikning istiqboli porloq bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, avvalo barcha a'zo davlatlar manfaatlariga mos keladigan masala va mavzuni ko’tarish, keyin hammaning bu masalaga munosabatini inobatga olish lozim. MDH mamlakatlari bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi savdo iqtisodiy munosabatlar ham sezilarli ravishda rivoj topib bormoqda. MDH mamlakatlari bilan O’zbekiston o’rtasidagi tovar aylanmaning rivojlanishi teng huquqli va o’zaro foydali prinsiplarga asoslangan. 2000- 2007-yillar davomida O’zbekiston bilan yirik savdo iqtisodiy aloqalarni olib boruvchi davlatlar - Rossiya, Qozog’iston, Ukraina hisoblanadi. 2006-2007-yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan savdo- iqtisodiy aloqalari rivojlanib bordi. O’zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan olib borgan tashqi savdo aylanmasi 2006-yili 4 746,1 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2007- yilda 6 994,8 mln. AQSh dollarini tashkil etgan,ya'ni 47.4%gao’sgan. O’zbekistonRespublikasiningMDH mamlakatlari bilan bo’lgan export hajmi 2006-yilda 2 685,5 mln. AQShdollarini tashkil etgan bo’lsa. 2007-yilda4 273,0 mln. AQSh dollariga yetgan, ya'ni 59,1 % ga o’sgan. 2006-yilda O’zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan bo’lganimport hajmi 2 060,6 mln. AQSh dollarini tashkil etganbo’lsa, 2007-yilda2 721,8 mln. AQSh dollarini tashkil etgan, ya'ni 32,1 % ga o’sgan. Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasi MDH mamlakatlari bilan ko’ptomonlama aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Chunki, ushbu mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik muammolari ko’ptomonlama o’xshash bo’lib, bu o’z navbatida integratsiyalashuv jarayonlarini rivojlantirishni taqozo etadi. Respublikamiz Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, O’zbekiston tashqi savdo geografiyasini, export va importni diversifikatsiyalashga alohida e'tibor qaratmoqda. Yaqin kunlargacha O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatida MDH nuimlakatlariga nisbatan uzoq xorij mamlakatlariga ustuvorlik bcrish shakllangan, eksportning asosiy qismini jahon bozorida barqaror talabga ega bo’lgan xomashyo resurslari tashkil etar edi. Importni diversifikatsiyalash siyosatini amalga oshirish va import siyosatiga bozor tamoyillarining joriy etilishi sharoitida asosan rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan zamonaviy texnika va ilg’or texnologiyani import qilish zaruriyati ham mamlakatimiz importi tarkibida uzoq xorij mamlakatlari ulushining o’sishiga olib keldi. So’nggi yillarda tashqi savdoning geografik tarkibida sezilarli o’zgarishlar yuz berdi. Agar 2006-yilda tashqi savdo aylanmasining 42,5 foizi MDH mamlakatlari hissasiga to’g^ri kelgan boisa, 2007-yilga kelib bu ko’rsatkich 49,2 foizga teng bo’ldi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmogi esa muvofiq ravishda 57,5 foizdan 50,8 foizgacha pasaydii. O’zbekiston Respublikasi tovar aylanmasi geografik tarkibda MDH mamlakatlaridan eng yuqori ko’rsatkichlar Rossiya (28,4%), Qozog’iston (8,4%), Ukraina (7,5%) kabilarga tegishli. Boshqa xorijiy mamlakatlar - Turkiya (5,3%), Xitoy (5,3%), Koreya Respublikasi va Eron (4,1%), Shveytsariya (3,0%) kabilar O’zbekiston Respublikasi tovar aylanmasida yuqori ulushga ega boimoqdalar jadval O’zbekiston Respublikasi tovar aylanmasi geografik tarkibi Mamlakatlar Respublikaning tovar aylanvasidagi ulushi, % 2006-y %da Rossiya 28,4 139,7 Qozog’iston 8,4 163,3 Ukraina 7,5 169,0 Turkiya 5,3 100,6 Xitoy 5,3 102,0 81 Koreya Respublikasi 4,1 82,2 Eron 4,1 88,7 Shveytsariya 3,0 6,4p. Germaniya 2,3 84,9 Fransiya 2,3 2,4p. Afg’oniston 2,3 2,0p. Tojikiston 1,5 111.8 AQSh 1,4 79,1 Qirg’iziston 1,2 158.3 Buyuk Britaniya 1,1 61,9 latviya 0,9 139,3 Iklarus 0,8 164,6 BAA 0,7 82,2 lurkmaniston 0,6 187,1 Xindiston 0,5 104,7 Yaponiya 0,5 95,5 Avstraliya 0.5 144,2 Ozarbayjon 0,4 106,0 Niderlandiya 0,4 135,1 Italiya 0,4 109,9 Helgiya 0,3 89,6 Manba: O’zbekiston statistika axborotnomasi. 2008-y. Tashqi savdoni diversifikatsiyalashning ikkinchi yo’nalishi uning tovar tarkibini diversifikatsiyalash bilan bogiiq. Bunday diversifikatsiyalash eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushini oshirib borish va xomashyo ulushini pasaytirishga, shuningdek, import tarkibini optimallashtirishga qaratilmogi lozim. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining ham tovar tarkibi sezilarli darajada o’zgardi (30-jadval). Jadval maiumotlaridan ko’rinib turibdiki, so’nggi yillarda mamlakatimiz eksport tarkibida bir qator o’zgarishlar yuz berib, ushbu o’zgarishlarning asosiylari quyidagilardan iborat: - garchi paxta tolasi mamlakat eksportining asosiy moddasi sifatida saqlanib qolayotgan bo’lsa-da, uning ulushi mustaqillik yillarida 3.5 martadan ziyodroqqa pasaydi (1992- yilda47,9 foizdan 2007-yilda 12,5 foizgacha); - mamlakat eksport hajmida asosiy o’rinni egallagan boshqa tovarlar: energiya manbalari, mashina va asbob-uskunalar, rangli va qora metallar hisoblanib, ularning ulushi 1992- yilga nisbatan birmuncha ozgardi (tahlil qilinayotgan davr mobaynida energiya manbalarining ulushi 14,8 foizdan yilda 20,2 foizga, mashina va asbob-uskunalarning ulushi 9,4 foizdan 10,4 foizga, rangli va qora metallarning ulushi 9,4 foizdan 11,5 foizga); - mustaqillik yillarida eksport tarkibida yangi modda xizmatlar moddasi paydo bo’ldi va uning jami eksportdagi ulushi 2007-yilda10,7 foizni tashkil etdi. O’zbekiston eksportining tovar tarkibini tahlil qilish natijalari shuni korstadiki, oziq- ovqatlar, mashina va asbob-uskunalar. shuningdek, boshqa tayyor mahsulotlar eksportini ko’paytirish orqali mamlakat eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish mumkin. Jadval ma'lumotlaridan yana shuni ko’rish mumkinki, unda haligacha xomashyo mahsulotlari sezilarli o’ringa ega. Bunday holat bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xususan: - xomashyo mahsulotlari qiymatida tayyor mahsulotlarga nisbatan qo’shilgan qiymat salmog’i past bo’ladi.Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, barqaror iqtisodiy o’sish 82 va aholi turmush farovonligini yaxshilashni ta'minlashga iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlami amalga oshirish hamda ishlab chiqarilayotgan va eksport qilinayotgan tovarlar tarkibida tayyor mahsulotlar ulushini oshirish orqaligina erishish mumkin; jadval O’zbekiston Respublikasi eksporti tovar tarkibining o’zgarishi dinamikasi, % Paxta to lasi Oziq-ovqatlar Kimyo mahsulotlari va plastmass alar Energiya manbalari Qora va rangli meta lla r Xizmatlar Mashina va uskunalar Boshqalar Jami 1992 47,9 3,2 4,0 14,8 9,4 0,0 9,4 11,3 100 1993 50.0 2,9 4,7 19,5 6,0 1,9 9,1 5,9 100 1994 56,4 4,1 3,0 14,2 4,0 5,2 8,1 5,0 100 1995 48,4 4,7 2,5 11,7 4,7 7,7 2,0 18,3 100 1996 38,1 4,5 2,4 6,0 3,5 8,3 2,8 34,4 100 1 997 36.0 3,8 1,7 12,0 4,6 8,2 6,3 27,4 100 1998 38,6 3,2 1,5 7,9 5,1 8,8 4,1 30,8 100 1999 27,3 6,4 3.1 11,5 4,3 9,5 3,2 34,7 100 2000 27,5 5,4 2.9 10,3 6,6 13,7 3,4 30,2 100 2001 22,0 3,9 2,7 10,2 7,0 14,6 3,9 35,7 100 2002 22,4 3,5 3,0 8,1 6,4 15,9 3,9 36,8 100 2003 19,8 2,7 3,1 9,8 6,4 14,4 5,9 37,9 100 2004 18,1 3,8 4,7 12,4 8,6 11,8 7,4 33,2 100 2005 19.1 3,8 5,3 11,5 9,2 12,2 8,4 30,5 100 2006 17,2 7,9 5,6 13.1 12,9 12.1 10,1 21,1 100 2007 12,5 8,5 6,8 20,2 11,5 10,7 10,4 19.4 100 Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan. - jahon xomashyo mahsulotlari bozori konyunkturasi tayyor mahsulotlar bozoridan farqli o’laroq nobarqaror va unda tebranish-lar darajasi yuqori hisoblanadi. Buning eng asosiy sababi shunda-ki, xomashyo mahsulotlarining narx va daromadlar bo’yicha talab elastikiligi past. Shu sababli bu holat makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish suratlariga salbiy ta'sir ko’rsatishi mumkin. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda O’zbekiston hukumati milliy iqtisodiyotni qayta ishlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirmoqda. Bu siyosatning asosiy maqsadi O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga xomashyo yetkazib beruvchi sifatida cmas, balki ishlab chiqarish va eksport tarkibida tayyor mahsulot-lar ulushi yuqori bo’lgan mamlakat sifatida integratsiyalashuvini kfminlashdin iborat. Ushbu maqsadga erishishda import tarkibini optimallashtirish masalasi muhim o’rin tutadi. Mustaqillik yillarida bu sohada ham sezilarli ijobiy natijalarga erishildi (31-jadval). -jadval ma'lumotlarini tahlil qilishnatijalari shuni ko’rsatadiki, islohotlar yillarida oziq- ovqat mahsulotlarining O’zbekiston jami importidagi salmog’i sezilarli darajada pasaydi: agar 1992-yilda jami importning 36,8 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2007-yilga kelib bu ko’rsatkich 7,9 foizga teng bo’ldi. 83 Bu, eng avvalo, oziq-ovqat mustaqilligini ta"minlashga qaratilgan dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida yuz berdi. Import tarkibidagi yana bir muhim o’zgarish shundan iboratki, mustaqillik yillarida energiya manbalari importi sezilarli darajada pasaydi. Agar 1992-yilda jami importning 25,5 foizini energiya manbalari tashkil etgan bo’lsa, 2007-yilga kelib bu ko’rsatkich 3,3 foizga teng boidi. -jadval O’zbekiston Respublikasi importi tovar tarkibining o’zgarishi dinamikasi, % Oziq-ov Kim yo mah v a plast m Energiya m Qora va i metall Xizm at Mashina va uskunalar Boshqa Jami 1992 36.8 7,5 25,5 8,1 0,0 9,2 12.9 100 1993 34,2 8,2 28,0 9,9 0,3 10,4 9.0 100 1994 31,5 7,6 13,5 8,5 0,3 16.2 22.0 100 1995 17,7 9.4 1,9 5.7 5,0 57.3 14.6 100 1996 29,4 12,5 1,1 6,7 0,2 35,8 14,3 100 1997 19.3 12,5 0,6 7,5 7,5 45,9 6,7 100 1998 15,6 12,4 0,5 9,2 5,0 47,2 10,1 100 1999 13,1 11,7 2,1 7,9 8,7 44,8 11,7 100 2000 12,3 13,0 3,8 8,6 8,5 35,4 17,8 100 2001 10,8 10,6 1,9 10.9 10,3 41,2 14.3 100 2002 12,5 15,1 1,3 8,0 10,6 41,4 11,1 100 2003 9,9 12,8 2,7 7,9 10,2 44,4 12,1 100 2004 6,8 12,5 2,1 10.3 11,1 46,0 11.2 100 2005 7,0 13,6 2,5 10,3 10,4 43,3 12,9 100 2006 7,7 13,8 4,2 6,7 8,4 47,0 12,2 100 2007 7,9 14,8 3,3 8,3 7,4 46,6 11.7 100 Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi maMumotlari asosida tuzilgan. Bunday natijaga mamlakatimiz hukumati tomonidan amalga oshirilgan energetika mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijobiy ta'sir ko’rsatdi. Xususan, amalga oshirilgan maqsadga muvofiq chora-tadbirlar natijasida O’zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 1991-yilda 41,9 mlrd kub metrdan 2005-yilda 59,7 mlrd kub metrgacha, ya'ni 1,4 martaga o’sgan bo’lsa, neft ishlab chiqarish 1991-yilda 2,8 mln tormadan 2005-yilda 8,9 mln lonnagacha, ya'ni 3,2 martaga o’sdi. O’zbekiston importtarkibidayuz bergan muhim o’zgarishlardan yana biri xizmatlar ulushining sezilarli darajada o - sganligi bilan bog’ liq. Bu, eng avvalo, MDH mamlakatlari hududida mahsulotlarni transportlarda tashish tariflarining sezilarli darajada qimmatlashuvi natijasida yuz berdi. Mamlakatimizning dengiz yo’llari va asosiy savdo hamkorlardan uzoqda joylashganligi respublikamizda tashqi ^uvdo aloqalarini rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi asosiy omil boiib qolmoqda. Shu sababli mamlakatimizning tashqi bozorlarga chiqishi uchun yangi transport yo’laklarini rivojlantirish masalasi bugungi kundagi eng asosiy masalalardan hisoblanadi. Import tarkibini optimallashtirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlardan yana biri mashina va asbob-uskunalarning jami importdagi ulushining 1992-yilda 9,2 foizdan 2007-yilda 46,6 foizgacha o’sganligi hisoblanadi. Bu holat respublikamiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan milliy iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish strategiyasiga muvofiq keladi. O’zbekistonning mintaqaviy integratsion markazlar mamlakatlari bilan hamkorligi O’zbekistonning ilg’orYevropamamlakatlari, AQSh, Osiyo -Tinch Okeani mintaqasi davlatlari 84 bilan hamkorlikni rivojlantirishi va mustahkamlashi uningjahon xo’jaligiga integratsiyalashuvining muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. 2007-yilda O’zbekiston jahonnig 157 mamlakati bilan savdo operatsiyalarini amalga oshirdi. Ularning 87 tasi bilan ijobiy saldo qayd etilgan. O’zbekiston tashqi savdosining qifalar bo’yicha taqsimlanishi quyidagicha: O’zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida 1992-yilning 15 aprelida O’zbekiston- YeIkomissiyasi(YeIK)o’rtasida«o’zarohamkorIik» to’g’risidagi memorandumning tasdiqlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. 1994-yilning 16 noyabrida O’zbekiston bilan YeI o’rtasida o’zaro diplomatik munosabatlar o’rnatildi. 1995-yilning yanvaridan boshlab Bryussel shahrida YeI komissiyasi tarkibida O’zbekistonning diplomatik missiyasi o’z ishini boshladi. 1994-yilning 24 yanvarida YeI komissiyasining (o’zbyuro YeIK) «Texnik hamkorlikni koordinatsiyalash byurosini tashkil etish» to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. 1996-yilning 21 iyunida O’zbekiston Respublikasi bilan YeI o’rtasida o’zaro iqtisodiy aloqalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida hukumat rahbarlarining sammit yig’ilishi bolib o’tdi. Ushbu sammit yig’ilishida «O’zbekiston biIan Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar o’rtasida hamkorlik vasherikchilik to'g’risida»bitim imzolandi. Bu bitim O’zbekiston Respublikasining YeI va YeIga a'zo davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning huquqiy asosini lashkil qiladi. Bu esa o’z navbatida mamlakatimiz uchun YeI bilan iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni o’rnatish imkoniyatini ochdi. 1999-yilning 1 iyulida «O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar o’rtasida hamkorlik va sherikchilik to’g’risida» bitim kuchga kirishi bilan «YeI-O’zbekiston» qo’shmaqo’mitasio’rniga «O’zbekiston-YeI» hamkorIik qo’mitasi tashkil topdi. 1999-yilning 14 dekabrida Bryussel shahrida «YeI va O’zbekiston o’rtasida t qimachilik sanoat mahsulotlari savdosi» to’g’risidagi shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma2000-yilning I yanvarida kuchga kirib, 2004-yiIning 31 dekabriga qadar amal qilishi kelishib olingan edi. Atom energiyasi va undan tinchlik yo’lida foydalanish bo’yicha hamkorlik to’g’risidagi bitim 2003-yil 6-oktabrda imzolandi. Jahon iqtisodiyotida O’zbekiston Respublikasi uchun YeI davlatlari eng muhim savdo- iqtisodiy munosabatlarni olib boruvchi hamkor davlatlardir. 2002-yilda O’zbekiston bilan YeI davlatlari o’rtasida tovar aylanmasi hajmi 1 mlrd. 066.2 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lib, uning 521 mln. dollari eksport tovarlarga, 545,2 mln. AQSh dollari esa import tovarlarga to’g’ri keldi. 2002-yilda O’zbekiston Respublikasi bilan samarali savdo-iqtisodiy aloqalarni olib borgan davlatlar - GFR (250,8 mln. dollar), Buyuk Britaniya (302,0 mln. dollar), Italiya (123.8 mln. dollar), Belgiya (95,5 mln. dollar), Fransiya (91,5 mln. dollar), Niderlandiya (68.5 mln. dollar) bo’ldi. 2004-yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 1 429 mln. dolLni tashkil etdi. Respublikaning asosiy savdo sheriklari bo’lib, Buyuk Britaniya (453,1 mln. AQSH doll.), Germaniya (320,3 mln. AQSh doll.), Italiya (125,5 mln. AQSh doll.), Latviya (65,4 mln. AQSh doll.), Polsha (28,1 min. AQSh doll. A), Chexiya (14,3 mln. AQSh doll.) hisoblandilar. Eksportning asosiy moddalari paxta tolasi, matolar va paxta ip,xizmatlar, plastmassa va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, rangli metallar, ulardan tayyorlangan mahsulotlar va b. Import moddalari: mexanik asbob uskunalar, elektr uskunalar, xizmatlar. farmasevtika mahsulotlari, shakar va konditer mahsulotlari, qog’oz va karton, optik apparatlar, asboblar va b. YEI mamlakatlari O’zbekistonda yetakchi investorlardan bo’lib, 2006-yilda O’zbekistonda YEI a"zo davlatlarining 204 firma va kompaniyalari akkreditatsiya qilingan edi. Respublika hududida YeI mamlakatlari firma va kompaniyalari kapitali ishtiroki bilan 583 korxona o’z faoliyatini amalga oshirdi, ulardan 426 tasi qo’shma korxonalar, 105 tasi -100% lik Yevropa kapitali bilan, 1995-2002-yillar davomida YeI firma va kompaniyalari. shuningdek, bank tuzilmalari O’zbekistonda umumiy qiymati 8 mlrd. AQSH dollari atrofida bo’lgan yirik investision loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etdi. Shu bilan birga oxirgi-yillarda Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Avstriya, Gresiya, Chexiya, 85 Slovakiya, Ruminiya va boshqa qator davlatlar bilan to’g’ridan-to’g’ri ikki tomonlama aloqalar izchil va barqaror rivojlanmoqda. O’zbekiston-YeI munosabatlari kelajagi ko’pjihatdantransport muammolari hal bo’lishiga bog’liq. Bu sohada YeI ning TRASEKA dasturi nihoyatda istiqbolli bo’lib O’zbekiston - YeI hamkorligi kelajagining asosi bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston - YeI hamkorligining istiqbolli sohalari quyidagilar bo’lishi kutilmoqda: • Kompaniyalarni turli investision loyihalarni amalga oshirish-da ishtirok etishga jalb etish (Germaniya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va b.); • Kadrlar tayyorlashdagi keng qamrovli hamkorlik (Germaniya, Pransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya); • Eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida YeI davlat-darida o’zbek savdo uylarini ochish (YeI barcha mamlakatlari); • Qo’shma korxonalar tashkil etish yo’li bilan YeI texnologiya va nou-xaularni O’zbekistonga keltirish (Germaniya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va b.) • Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda YeI a"zolari tajribasidan foydalanish (Belgiya, Niderlandiya, Daniya, Irlandiya, Portugali-ya); • Qurilish sohasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi ham-korlikni kengaytirish (Italiya, Fransiya, Avstriya, Shvetsiya va b.); • Paxta tolasini qayta ishlash va kiyim-kechak, poyafzal ishlab chiqarishda hamkorlikni kengaytirish (ltaliya. Germaniya, Avstriya, Ispaniya va b.); • Turizm sohasidagi keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish (YeIning barcha mamlakatlari); • Kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish. YeI a"zolari portlari, avtomobil va temir yollaridan foydalanishni yulga qo’yish (Niderlandiya,Germaniya. Finlyandiya, Gretsiya); • Bank sohasini isloh qilishda YeI a'zolari tajribasidan foydala-nish (Germaniya, Fransiya, Belgiya va b.); • Suvni tozalovchi moslamalarga doir YeI yetakchi texnologialaridan foydalanish (Shvetsiya, Daniya, Germaniya); • Farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va O’zbekistonda dori-darmon ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish (Belgiya, Avstriya, Germaniya, Fransiya, Irlandiya, Gretsiya); • Foydali qazilmalar ishlab chiqarish va qayta ishlashdagi hamkorlikni kengaytirish (Fransiya Shvetsiya va b.) • Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashdagi hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish (Belgiya, Niderlandiya, Daniya, Irlandiya) • Metallurgiya sohasidagi hamkorlik (Avstriya, Italiya, Lyuksemburg) • O’zbekiston aeroportlaridan tranzit uchun foydala-nish masalalarida hamkorlikni amalga oshirish. (YeI ning barcha mamlakatlari.) Yevropa Ittifoqining Tempus dasturi asosida tayyorlangan loyihalar respublika iqtisodiyotining ustivor yo’nalishlari bo’lgan tibbiyot, axborot texnologiyalari, qishloq xo’jaligida boshqaruv tizimi, atrof-muhit (ekologiya), uzluksiz va masofaviy o’qitish kabi sohalarni rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi kunda 25 ta oliy ta'lim muassasi 22 ta Tempus loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda. 2005-yil uchun Yevropa Komissiyasi tomonidan ajratilgan mablag’ 2,6 million yevroni va mazkur dasturning O’zbekistondagi faoliyati davrida ajratilgan umumiy byudjet miqdori esa 15,4 million yevroni tashkil etadi. CTzbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy aloqalarida NAFTA davlatlari ham o’z o’rniga ega. Bunday aloqalarda AQShning ulushi salmoqlidir. Respublikamizning AQSh bilan olib borayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlari rivojlanib borishida 2002-yilning martida «AQSh- O’zbekiston o’rtasidagi strategik hamkorlik» to’g’risidagi Deklaratstiya muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston-AQSh o’rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanib, 2002-yilda tovar aylanmasi 400 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan edi. 2004-yil 86 yakunlariga ko’ra O’zbekiston Respublikasi vaAQSH o’rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 543,6 mln. dollarni tashkil qilgan. Shu jumladan, eksport 149.5 mln. doll., import 394,1 mln. doll. Salbiy saldo 244,6 mln. doll ni tashkil etgan. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlamshining 2006 va 2007-yillar yakuni bo’-yicha export mos ravishda 119,1 va 85,6 mln. AQSh dollarini, import esa 128.4 va 110,2 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Respublikada Amerika investorlari ishtirokidagi 379 korxona ro’yxatga olingan, ulardan 248 tasi qo’shma korxonalar va 89 tasi 100% chet el kapitali bilan. AQSh kapitali asosan respublikaning log’-kon sanoati va neft, gaz komplekslari qurilishi sohalarida, agrokompleks bazasini texnologik rivojida, oziq-ovqat va liansport infratuzilmasi sohalarida amal qilmoqda. O’zbekiston mustaqilligining 15 yilida Amerika kompaniyalari va moliyaviy institutlari tomonidan amalga oshirilgan investitsion loyihalar 2.4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lib, uning 1,4 mlrd. AQSh dollari Amerikaning moliyaviy institutlari tomonidan sug’urta qilingan. O’zbekiston Respublikasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan olib borayotgan savdo-iqtisodiy hamkorligi-yildan-yilga rivoj topib bormoqda. Jumladan, Osiyo-Tinch okeani mintaqasini sanoati rivojlangan yetakchi mamlakatlaridan biri Yaponiya O’zbekistonning suveren mustaqilligini 1991-yilning 28 dekabrida tan oldi. 1992-yilning 26 yanvarida ikki davlat o’rtasida do’stona hamkorlik qilish to’g’risida diplomatik munosabatlar rnatildi. Diplomatik munosabatlarni o’rnatilishi, respublikamiz Prezidenti I. Karimovrring 1994-yilning may va 2002-yilning iyul oylarida Yaponiyaga qilgan tashrifi muhim rol o’ynadi. Ushbu lashriflar chog’ida O’zbekiston - Yaponiya davlatlararo aloqalari-ning o’rnatilishi to’g’risida qator muhim hujjatlar imzolandi. Ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning o’rnatilishida 1994-yilda luzilgan O’zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O’zbekiston qo’mita-larining iqtisodiy va madaniy tashkilotlari muhim rol o’ynab kclmoqda. Yaponiyalik tadbirkorlar tomonidan respublikamizning xom-ashyo resurslari bazasida neft- gaz va tekstil sanoatini rivojiga bag’ishlangan seminarlar, eksport imkoniyatlarnining rivojiga bag’ishlangan moliyaviy hamkorlik to’g’risidagi konferensiyalar, prezentatsiyalar o’tkazib turibdi. Yaponiyaning iqtisodiyot, savdo va sanoat hamda moliya vazirliklari bilan birgalikda doimiy asosda moliyaviy va texnik hamkorlikni kengaytirish masalalari bo’yicha maslahatlar o’tkazilmoqda. O’zbekistonda muhim iqtisodiy ahami-yatga ega bo’lgan Yaponiyaning xalqaro hamkor agentligi (JICA) va tashqi savdo tashkiloti (JETRO) faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Toshkentda O’zbekiston - Yaponiya madaniy markazi tashkil etil-gan. Yaponiya O’zbekistonga Markaziy Osiyodagi vaziyatga katta ta'sir ko’rsata oladigan mintaqaviy yirik davlat sifatida qaraydi. Hozirgi vaqtda ikki davlat o’rtasida savdoda eng qulay rejim o’rnatilgan. 2002-yilda ikki davlat o’rtasidagi tovar aylanmasi 31,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lib, uning 11,6 mln. AQSh doJlari eksport tovarlariga, 20,3mln. AQSh dollari esa import tovarlariga to’g’ri kelgan edi. o’tgan davrda respublika eksportining asosiy moddalari: yigirilgan ip va materiallar, alyuminiy va uning mahsulotlari, shuningdek, xizmatlar. Import: kauchuk va rezina mahsulotlari, zamonaviy asbob-uskuna va texnologiya, kimyoviy shtapel tolasi, oltindan ishlangan asbob va apparatlar, mebel, transport vositalari va xizmatlar. Import hajmining ilgarilab borayotgan o’sish sur 'ati va Yaponiya bilan savdoda salbiy saldoning mavjudligi ustuvor investision loyihalarni amalga oshirish uchun yangi asbob- uskunalarni keltirish bilan izohlanadi. O’zbekiston va Yaponiyaning iqtisodiy hamkorligi oxirgi yillar mobaynida barqaror rivojlanmoqda. o’tgan davrda Yapon kapital qo’yilmalari umumiy hajmi 2 mlrd.dan ortiq AQSH dollarini tashkil etdi. Xalqaro hamkorlik Yapon banki (JBIC) tijoriy kreditlari orqali respublika yoqilg’i-energetika va to’qimachilik komplekslarida umumiy summasi 820 mln. AQSH dollari bo’lgan 8 ta investision loyihalarning amalga oshirilishi moliyalashtirildi. Bundan tashqari Yaponiya Hukumati «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi orqali O’zbekistonga (telekommunikatsiya, (ransport infrastrukturasi, energetika va maorif sohalari 87 bo^yicha) umumiy summasi 910 mln. AQSH dollari ajratdi. Beg’araz va insonparvarlik yordamlari bo’yicha sog’liqni saqlash, maorif, Iransport va madaniyat sohalariga umumiy summasi 130,83 mln. AQSH dollari bo’lgan resurslar Yaponiya tomonidan ajratildi. 2005-yil yakunlariga ko’ra ikki mamlakat o’rtasidagi tovar aylanmasi 85.3 mln. dollarni, shu jumladan, eksport 31,7 mln. doll, import - 53,56 mln. dollarni tashkil etdi. O’zbekistonda Yapon kapitali ishtirokida 9 ta qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu korxonalarning asosiy faoliyat sohalari bo’lib savdo operatsiyalari, transport, sogiiqni saqlash, turizm sohasidagi xizmatlar, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, yengil sanoat hisoblanadi. O’zbekistonda Mitsui. Mitsubishi, Itochu, Sumitomo. Marubeni. NEC kabi yirik yapon kompaniyalarining 21 ta vakolatxonalari akkreditatsiya qilingan. O’zbekiston Respublikasining Janubiy Koreya bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarini rivojlanib borishida Respublikamiz Prezidenti I. Karimovning 1992-yilning iyunida Janubiy Koreyada bo’lishi, shuningdek, Janubiy Koreya respublikasi Prezidenti Kim En Samning javob tashrifi bilan O’zbekistonga kelishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1994-yilning iyunida ikki davlat o^rtasida o L zaro tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishninghuquqiy asoslari hisoblangan «Savdo to’g’risida», «Ilmiy-texnologik hamkorlik to’g’risida» qator shartnomalar imzolandi. 1996-yilning 19-iyulida Asaka shahrida avtomobil zavodi «UzDEU Avto» qo’shma korxonasini prezentastiyasi boiib o’tdi, unda Respublikamiz Prezidenti LKarimov va Janubiy Koreya Respublikasini siyosiy ishlar bo’yicha vaziri muovini Kim Tok Leng, «DEU guruhi»ning raisi Kim U Jung qatnashdilar. O’zbekiston - Janubiy Koreya o’rtasida o’zaro hamkorlik qilishning yangi impulsi sifatida 1999-yiI oktyabrida respublika-miz Prezidenti I. Karimovning Janubiy Koreyaga qilgan maxsus safari muhim ahamiyat kasb etdi. O’zbekiston - Janubiy Koreya o’rtasida 20 dan ortiq davlatlararo shartnoma va hujjatlar imzolangan. 2002-yilda ikkala davlat o’rtasidagi tovar aylanmasi 326,0 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lib, uning 67,0 mln. AQSh dollari eksportga, 259,0 mln. AQSh dollari importga to’g’ri kelgan. O’zbekiston eksportida asosiy o’rinni paxta tolasi, xizmat ko’rsatish, plastmassa va ulardan tayyorlangan buyumlar turgan. 2003-yilda O’zbekiston - Janubiy Koreya o ; rtasidagi tovar aylanmasi 179,2 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lib, uning 39,1 mln. AQSh dollari eksportga, 140 mln. AQSh dollari esa importga to’g’ri kelgan. 2003-yilda Janubiy Koreya Respubli-kasi eksport-import bankining O’zbekistonga ajratgan krediti 96,4 mln. AQSh dollarini tashkil qilib, ushbu yordam asosan respublikamizning telekommunikatsiya uzatishlar. «UzDEU-AVTO» qo’shma korxonasida yangi avtomobil modellarini ya-ratish, kasb-hunar kollejlarini texnik vositalar bilan ta'minlash, «o’zbek ipagi» assotsiatsiyasini texnik jihozlash ishiga sarf etilgan. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2006 va 2007-yillar yakuni bo’yicha Janubiy Koreya bilan tovar aylanmasi mos ravishda 709,8 va 583,8 mln. AQSh dollarini, shu jumladan export 44,8 va 69,7 mln. AQSh dollarini, import esa 665,0 va 514,1 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. O’zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasidaga savdo-iqtisodiy hamkorliklar asosan Respublikamiz Prezidenti I. Karimovning 1992-yilning mart, 1994-yilning oktyabr, 1999-yilning noyabr oylarida XXRga qilgan rasmiy tashrifi chogTarida va shuningdek, 1994-yilning aprelida XXR davlat maslahatchisi Li Pen va XXR raisi Szyan Szeminning (Tzbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog’ida belgilab olindi. 1992-yilning yanvarida O’zbekiston va Xitoy o^rtasida o’zaro savdo iqtisodiy munosabatlarni olib borish to’g’risida shartnoma imzolandi. Ushbu shartnomaga muvofiq 2002-yiIda ikki davlat rtasidagi tovar aylanmasi 130 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo’lib, uning 17,3 mln. AQSh dollari eksportga, 112.7 mln.AQSh dollari esa importga to’g’ri kelgan. (33-jadval) O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma'lu-motlariga ko’ra, ikki mamlakat o’rtasidagi tovar aylanmasi 2005-yil yakunlari bo’yicha 485,5 AQSH dollarini tashkil etdi, ya'ni 2004-yilga nisbatan 32,2 % ga o’sdi. Eksport hajmi 228,3 mln. dol-lar (125 % ga o’sdi), import hajmi esa 257,2 mln. dollarga (3,2 % ga kamaydi) teng bo’ldi. 88 O’zbekiston va Xitoy o’rtasida savdo aloqalarining rivojlanish dinamikasi (mln.AQSH dollari) Yillar 1999-y. 2000-y. 2001-y. 2002-y. 2003-y. 2004-y. 2005-y. Tovar aylanmasi 80.3 95,5 107 130 216,5 367,1 485.5 Eksport 19.2 22,5 15 17.3 53,4 101.5 228.3 Import 61.1 73 92 112,7 163,1 265.6 257.2 Qoldiq -41.9 -50,5 -77 -95,4 -109,7 -164.1 -28.9 Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi maMumotlari asosida hisoblangan Bu davrda asosiy eksport mahsulotlari - neftdan qayta ishlangan mahsulotlar (10,9 %), paxta tolasi (68,3 %), mineral o’g’itlar (5,4 %), plastmassavaundantayyorlanganmahsulotlar(4,4%). o’simlik yog’i (3,8 %), ipak (1,8 %), xizmatlar (4,2 %) va boshqalardan iborat bo"ldi. Xitoydan esa asosan mexanik uskunalar (17,8 %), elektr uskunalari (33,6 %), optik asbob-anjomlar (8,5 %), choy (3.5 %), rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar (2,6 %), plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar (2,6 %), organik kimyo birikmalari (2,5 %) va noorganik kimyo mahsulotlari (2,2 %), keramik buyumlar (1,9 %), qora metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar (1,7 %), kimyo mahsulotlari (1,3 %), yog’och va undan tayyorlanganbuyumlar(l,l%>),qimmatbahobo’lmaganmetallardan tayyorlangan buyumlar (1,1 %), yer transporti vositalari (1%), xizmatlar (6,3 %) va boshqalar import qilindi. Bugungi kunga kelib moliyaviy-investision hamkorlik ham mustahkamlanib bormoqda. Taqdim etilgan moliyaviy vositalarning umumiy hajmi 428,1 mln. AQSH dollarini, jumladan beg’araz yordam doirasida 8,8 mln. AQSH dollari, tovar kreditlari liniyalari bo’yicha 9,6 mln. AQSH dollari, foizsiz kreditlar 13,3 mln. AQSH dollarini, imtiyozli kreditlar 64,1 mln. AQSH dollarini. tijorat kreditlari 32,3 mln. AQSH dollarini, eksport kreditlari 300 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 1999-yil oktabrda bo’lib o’tgan hukumatlararo komissiyaning uchinchi majlisidan so’ng investitsiyaviy hamkorlik kuchaydi. Xitoyning bir qator kompaniyalari neft-gaz, qishloq xo’jaligi tex-nikasi ishlab chiqarish, ipakchilik, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, kommunal xizmat ko’rsatish sohalarida qator loyi-halarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda. 2000-2001-yillarda O’zbekistonga umumiy miqdori 230 mln. yuanga teng uchta imtiyozli kredit berildi. Qator Xitoy kompaniyalari O’zbekistonga elektrovozlar va rels mustahkamlagichlar yetkazib berish, Toshkent aeroporti yo’lkala-rini rekonstruksiya qilish, Orol bo’yida suv ta'minoti tizimlarini barpo etish bo’yicha yirik xalqaro tenderlarda g’olib chiqishdi. 2001-yilda CTzbekistonga 450 mln. yuanlik gaz hisoblagichlar yetkazib berish kryicha shartnoma, shuningdek. 100 mln. Yuan (12 mln. dollar) miqdoridagi imtiyozli kredit ajratish haqida hukumatlararo kelishuv imzolandi. Erishilgan kelishuvga binoan «o’zkimyosanoat» DAK buyurtmasi bo’yicha Xitoyning International Coorporation Co Ltd kompaniyasi Qoraqalpog’iston Respublikasida 32,3 mln. dollar qiymatga ega bo’lgan Qo’ng’irt soda zavodi qurilishini tugalladi. Bu loyihani Xitoy sanoat-tijorat banki krediti hisobiga moliyalashtirdi. 2001-yil sentabrda O’zbekiston Fanlar akademiyasi va Xitoy Seysmologiya Byurosi o’rtasida imzolangan shartnoma doirasida Xitoydan beshta seysmostansiya keltirildi, shuningdek O’zbekiston Seysmologiya institutiga 300 ming dollarlik uskuna va jihozlar beg’araz yordam sifatida berildi. 89 2002-yil boshida yana bir qo’shma korxona - Xonobodda quritilgan milliy ugra ishlab chiqarish bo’yicha «Xon-bug’da» korxonasi tashkil etildi. Bunga har ikki tomondan 150 ming dollardan mablag’ ajratildi. 2003-yil fevralda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha O’zbekiston-Xitoy hukumatlararo komissiyasining beshinchi majlisi bo’lib o’tdi. Ko’p masalalar bo’yicha ikki davlat pozisiyalarining bir-biriga mosligi ta'kidlandi. Bu jihatdan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalar va uning oldida turgan asosiy vazifalarga, ya'ni mintaqada xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, xalqaro terrorizm, separatizm, ckstremizmga qarshi kurashish, shuningdek, narkotiklar va omma-viy qirg’in vositalari tarqalishiga qarshi kurashish masalalariga katta ahamiyat beriladi. 2005-yil oktabrda umumiy summasi 505,2 mln. AQSH dollariga lcng boTgan 12 ta loyihani moliyalashtirish ko’zda tutildi, shu jumladan: 240,4 mln. AQSH dollari - neft-gaz tarmog’i uchun 3 ta loyiha; 93,3 mln. AQSH dollari - kommunal sohada 3 ta loyiha; 65,9 mln. AQSH dollari - melioratsiya va irrigatsiya sohasida 3 ta loyiha; 64,1 mln. AQSH dollari - kimyo tarmog’i uchun 1 ta loyiha; 29,5 mln. AQSH dollari - elektrotexnika tarmog’i uchun 1 ta loyiha; 12.0 mln. AQSH dollari - telekommunikatsiya sohasiga 1 ta loyiha. O’zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatining tahlili shuni ko’rsatdiki, respublikamiz hududida Xitoy investitsiyalari ishtirokidagi 83 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Ularning 64 tasi qo’shma korxonalar, 19 tasi 100 foiz Xitoy investitsiyasi ishtirokidagi korxonalardir. Bu korxonalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloqxo’jaligi mahsulotlarini qaytaishlash, vositachilik xizmatlarini amalga oshirish va boshqalardir. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Xitoy kompaniyalarining 26 ta vakolatxonasi akkreditatsiyadan o’tgan. Akkreditasiyadan o’tgan vakolatxonalarning asosiy faoliyat sohasi eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish, to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, axborot texnologiyalari va boshqalarni o’z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida 1992-yil yanvarda imzolangan savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi kelishuvga muvofiq mamlakatlar o’rtasida eng qulay sharoit rejimi o’matilgan. Xitoy Xalq Respublikasi O’zbekiston Respublikasining savdo hamkorlari o’rtasida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2006 va 2007- yillar yakuni bo’yicha Xitoy bilan tovar aylanmasi mos ravishda 734,2 va 748.6 mln. AQSh dollarini, shu jumladan, export 356,6 va 314,4 mln. AQSh dollarini, import esa 377,6 va 434,2 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling