Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
2. Paxtachilikda zaharli ximikatlarning keng ishlatilishi va buning salbiy oqibatlari. Paxtachilikni rivojlantirish maqsadida respublikaga beriladigan mineral o'g'itlar va zaharli ximikatlar yildan yilga ko'payib bordi. 1951 yili mineral o'g'itlar 0,9 mln tonnani tashkil etgan bo'lsa, 1970 yili ularning miqdori 3,5 mln tonnaga yetdi. Holbuki, ko'pgina xo'jaliklarda mineral o'g'itlar ham xuddi texnika singari mahalliy shart-sharoitlar: iqlim, tuproq strukturasi, yer osti suvlari sathi va minerallanish darajasi va boshqa omillarni yetarlicha hisobga olinmay ishlatib kelindiki, bu tabiiy tuproq unumdorligiga katta ziyon yetkazdi. Ayniqsa, paxta dalalarida zaharli ximikatlarning ishlatilishi qishloq aholisi uchun fojiali bo'ldi. Bu o'ta zaharli ximikatlar g'o'za zararkunandalariga qarshi kurashda va paxtani mashinada terishga tayyorlash uchun g'o'za barglarini sun'iy to'kishga ishlatilardi. Fan-texnika yutuqlarining paxtachilikka joriy etilishi, umu-man olganda, ijobiy hodisa edi. Biroq merkaptafos, butifos va boshqa zaharli ximikatlardan haddan ortiq ko'p foydalanish salbiy oqibatlarga olib keldi. 1964 yili respublika dalalarida 150 ming tonnaga yaqin 30 xildan ortiq zaharli ximikatlar qo'llandi. Bundan tashqari, ularni saqlash va ishlatishda qo'pol xatolarga yo'l qo'yildi. Markaz ko'rsatmasi bilan paxta dalalariga aviatsiya yordamida zaharli ximikatlarni sepish yildan yilga kengayib bordi. 1964 yili paxta maydonlarining 66,5 foiziga aviatsiya yordamida zaharli moddalar bilan ishlov berildi. O'sha yili 659 kishi zaharlandi, ularning ko'pchiligi hayotdan ko'z yumdi. Odamlar zaharli ximikatlardan yoppasiga zaharlana boshladilar. Markaz O'zbekistonni mamlakatning asosiy paxta bazasi hisoblar, qanday bo'lmasin ko'proq paxta olishni o'ylar, o'zbek xalqining manfaatlari bilan hisoblashmasdi. O'ta zaharli ximikatlarning paxtachilikda keng qo'llanishi tufayli o'lim hollari, og'ir kasb kasalliklarining ko'payishi respublika jamoatchiligini tashvishga soldi. Deputatlar, vrachlar, olimlar paxta dalalarida o'tkir zaharli ximikatlar ishlatilishiga asosli e'tiroz bildirdilar. Shuni hisobga olib respublika rahbarlari Sharof Rashidov va Rahmonqul Qurbonov Ittifoq hukumatiga kuchli ta'sir qiluvchi zaharli ximikatlar o'rniga boshqa ximikatlar jo'natishni so'rab 1969-1970 yillarda bir necha bor murojaat qildilar. Xatlarda ko'rsatilishicha, paxta zararkunandalariga qarshi kurashda uzoq yillar davomida o'ta zaharli moddalarning qo'llanishi tufayli ariq suvlari, tuproq, atmosfera me'yordan bir necha baravar ortiq zaharlangan. Bu inson va hayvonot dunyosi, umuman, tabiatga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Ittifoq rahbar tashkilotlari kam ta'sirli ximikatlar chet eldan olinadi, bunga valyuta yo'q, deb bahona qildilar. Vaholanki, Ittifoq valyutasining salmoqli qismi paxta eksporti evaziga olinardi. Zaharli ximikatlardan paxtachilikda keng foydalanish biologik va ekologik oqibatlardan tashqari, jiddiy ijtimoiy oqibatlarga ham olib keldi. Respublikada kasalliklar soni ortib, ayniqsa, bolalar o'rtasida o'lim hollari ko'paydi, farzand ko'radigan yoshdagi ayollarning salomatligi yomonlashdi. 3. Paxta yakkaxokimligining kengayishi. Paxtachilik moddiy-texnik bazasining Markaz tomonidan mustahkamlanishi paxta xom ashyosi yetishtirishning ko'payishiga olib keldi. O'zbekistonda paxtachilikni rivojlantirishni bir qadar rag'batlantirish maqsadida paxta xom ashyosining xarid narxlari oshirildi, mineral o'g'itlarga imtiyozli narxlar saqlab qolindi. Ko'rilgan choralar natijasida paxta tayyorlash rejalari bajariladigan va oshirib bajariladigan bo'ldi. Markaz paxta xom ashyosi ishlab chiqarish yuzasidan O'zbekiston uchun belgilangan rejani bajarishga doir respublika ishlarini qattiq nazorat qilib bordi. Paxta bo'yicha topshiriqlarning bajarilmasligi jiddiy choralar ko'rilishiga-oliy hokimiyat doiralarida muhokama qi-lishdan tortib jinoiy javobgarlikka tortilishgacha sabab bo'ldi. Chunonchi, 1947 yilda paxta topshirish rejalarining bajarilmaganligi Markazda muhokama qilindi. Respublika rahbariyati "mahalliy vazifalarni deb umumdavlat manfaatlarini unutib qo'yganlikda" ayblanib, O'zbekiston rahbari Usmon Yusupovga hayfsan e'lon qilindi. Urushdan keyingi yillarda O'zbekistonda paxtachilikni har tomonlama rivojlantirish yo'liga o'tilishi yangi yerlarni o'zlashtirish, paxta ekin maydonlarini kengaytirishni talab qildi. 50 yillarning o'rtalaridan boshlab yangi paxtachilik rayonlarini barpo etish maqsadida qo'riq yerlarni o'zlashtirish boshlandi. Mirzacho'l va Qarshi dashtlarini, Surxon-Sherobod vodiysi va boshqa qo'riq yerlarni sug'orish va o'zlashtirish ishlari avj oldi. Yerlarni o'zlashtirish asosan paxta ekishga mo'ljallangan edi. 1965 yili suv chiqarilgan yangi mintaqada bitta bog'dorchilik-uzumchilik va 16 ta paxtakor xo'jaliklar faoliyat ko'rsatdi. Respublika irrigator, meliorator va cho'lquvarlarining fidokorona mehnati bilan yangi yerlar o'zlashtirilib, g'o'za ekiladigan maydonlar kengayib bordi. Paxta maydoni 1960-1970 yillarda 1386 ming gektardan 1709 ming gektarga, ya'ni 323 ming gektarga ortdi. Shu davrda respublikada sug'oriladigan yerlar maydoni atigi 253 ming gektarga ortgan edi. Ko'rinib turibdiki, paxta maydoni yangi sug'oriladigan yerlardan tashqari, poliz va bog'dorchilik ekinlari yerlari hisobiga ham ko'paydi. Markazning zo'rlik siyosati bilan paxta uchun hamma narsa qurbon qilindi. Tomorqa yerlari yo'qqa chiqarildi. O'zbek dehqonlarining mehnatsevarligi, yerni, paxtani ardoqlashi natijasida respublikada paxta yetishtirish yildan yilga ortib bordi. Yalpi hosil 1945-1970 yillarda 850 ming tonnadan 4 mln. 495 ming tonnaga, ya'ni 5,3 baravar ko'paydi. Paxtachilikdagi bu yutuqlar o'z-o'zidan qo'lga kiritilmadi. Ular paxtakorlarning dalalarda Vatanim, o'zbegim deb yonib qilgan mehnati natijasi bo'ldi. "Sharq yulduzi" jamoa xo'jaligidan H. Tursunqulov, Andijon tumanidan I. Bakirov, Bog'ot tumanidan I. Do'stov va 50 yillarda har gektar yerdan 30-40 sentnerdan paxta yetishtirgan boshqa ko'pgina paxtakorlarning nomlari O'zbekistonda mashhur bo'ldi. Ko'pgina paxtachilik brigadalari boshliqlari (R. Odilboyev, Sh. Voisxonov, P. Yo'ldoshev va boshqalar), paxta terish mashinalarida mavsumda 70-80 tonna va undan oshirib paxta tergan mexanik haydovchilar (N. Bakirov, A. O'roqboyev, I. Tursunov va boshqalar) munosib ravishda shuhrat topdilar. Lekin o'zbek xaiqi mehnati bilan yaratilgan boylikning foydasini Markaz ko'rdi. O'zbek xalqi lining salbiy oqibatlari natijasida azob-uqubatlar tortdi. Ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida urushdan keyingi yillarda respublikada paxta yakkahokimligi yana qaror topdi. 1970 yilga kelib paxta maydonlarining salmog'i respublika bo'yicha uchdan ikki qismdan ko'proqni, ayrim viloyatlarda esa bundan ham oshiqni tashkil qildi. Chunonchi, 1970 yili Andijon viloyatida 244 ming gektar sug'oriladigan yerlardan 192 ming gektariga, Farg'ona viloyatida 277 ming gektardan 209 ming gektariga paxta ekilardi. Bu rasmiy raqamlar. Amalda g'o'za ekiladigan maydonlar bundan ham ko'proq bo'lgan. Vaholanki, madaniylashgan mamlakatlarning qishloq xo'jaltgida g'o'za ekinlari maydoni 60 foizdan oshmasli-gi lozim, bu ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Ana shu nisbat saqlangandagina tuproq unumdorligini qayta tiklash, almashlab ekish mumkin bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, paxtachilikka zo'r berish o'zbek xalqining manfaatlariga zid edi. Paxta monokulturasining shakllanishi yuqorida aytilgan salbiy ekologik oqibatlardan tashqari, respublikada oziq-ovqat mahsulotlari muammosini ham keltirib chiqardi. O'zbekistonda go'sht va boshqa mahsulotlarni iste'mol qilish normalari boshqa respublikalardagiga qaraganda ancha past edi. Bundan tashqari, paxta yetishtirgan dehqonlar mehnatiga yarasha haq olmasdilar. Paxtaga qo'yiladigan narxlar juda past bo'lib, ular respublikadan uzoqda belgilanar edi. Paxta xom ashyosini ishlab chiqarish kengaygani sari O'zbekiston metropoliyaning xom ashyo bazasiga aylanib bordi. Xo'jaliklar foyda olish u yoqda tursin, xarajatlarni ham qoplashga qiynalardilar. Natijada paxta yetishtiravchi xo'jaliklarning davlatdan qarzlari tobora ko'payib bordi. Shu bilan bir vaqtda qishloq mehnatkashlarining daromadlari, turmush darajasi ham pasayaverdi. Paxtakor xo'jaliklarning dehqonlari dam olish va bayram kunlari nimaligini bilmay, erta tongdan quyosh botguncha jaziramada mehnat qilib, haddan tashqari oz ish haqi olardi. Har bir qishloq oilasi a'zosiga to'g'ri keladigan oylik daromad, masalan, Rossiyada 98,1 so'mni tashkil etgan bo'lsa, O'zbekistonda u 58,8 so'mga teng bo'ldi. Quvayt, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar xalqlari "qora oltin"-neft hisobiga badavlat yashaganlari holda, o'zbek xalqi "oq oltin"-paxta hisobiga kambag'allik darajasidan past sharoitda yashab keldi. Bunga xalq xo'jaligini boshqarishning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va respublika, uning tub xalqi manfaatlari bilan hisoblashmaydigan mustamlakachilik siyosati sababchi edi. 44-§. Qishloq xo'jaligining ahvoli 1. Sug'orish inshoatlarining barpo etilishi. Respublika dehqonchiligi qadimdan sun'iy sug'orishga asoslangan. O'zbek xalqi suvni obi hayot deb ardoqlaydi. Kanallar qurish, eskilarini ta'mirlash, ariqlarni tozalash ishlari doimo hashar yo'li bilan amalga oshirilgan. Bu an'ana hozirgacha davom etadi. Urushdan keyingi ikki o'n yillikda respublika hududida ko'plab yirik kanallar, suv omborlari, kollektorlar qurildi. Ularning barchasi mehnatsevar o'zbek xalqining qo'li bilan bunyod etildi. 50 yillarning o'rtalariga qadar Sirdaryoda Boyovut kanali, Farg'ona va Namangan viloyatlari orqali o'tuvchi Oxunboboyev nomli kanal, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida Eski Angor kanali qurildi. 1954 yili Namangan viloyatida Kosonsoy suv ombori ishga tushirildi. Ittifoq hukumatining ko'rsatmasi bilan 1956 yili paxta yetishtirishni ko'paytirish maqsadida Mirzacho'ldagi 300 ming gektar unumdor qo'riq yeriarni sug'orish va o'zlashtirishga qaror qilindi. Shu munosabat bilan 1961 yili 127 km uzunlikdagi eng yirik Janubiy Mirzacho'l kanali qurib bitkazildi. U 350 ming gektardan ortiq yerni sug'orishga mo'ljallandi. Shuningdek, 1968 yili 63 km uzunlikdagi Markaziy Mirzacho'l kollektori qurildi. Bu sug'orish inshootlari Mirzacho'lni o'zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Respublikaning boshqa mintaqalarida ham muhim inshootlar barpo etildi. Jumladan, Amudaryodan Buxoro viloyatiga suv yetkazish maqsadida 1965 yili uzunligi 200 km bo'lgan Amu-Buxoro kanali qurildi. Uriing suvini 67 m balandlikka tortib beruvchi yirik nasos stansiyalari bunyod etildi. Kanal ishga tushishi bilan Buxoro viloyatida 90 ming gektar yer, shu jumladan, 26 ming gektar yangi yerlar sug'oriladigan bo'ldi. Bundan tashqari, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq bo'lgan yaylovlar suv bilan ta'minlandi. Qarshi dashti, Surxon-Sherobod vodiysini o'zlashtirish boshlanishi munosabati bilan u joylarda ham katta sug'orish inshootlari qurilishi boshlandi. Janubiy Surxon suv ombori, Zang, Sherobod va Amu-Zang kanallarining qurilishi Surxon-Sherobod vodiysini sug'orishga imkon berdi. O'zbek xalqining qahramonona mehnati natijasida yangi yerlarni o'zlashtirish bilan birga, ularda yangi tumanlar, shaharlar, sovxoz va kobcozlar bunyod etildi. Mirzacho'lning yangi o'zlashtirilgan joylarida Guliston, Zarbdor, Zafarobod, Mehnatobod, Mirzacho'l, Mirzaobod, Oqoltin, Paxtakor, Sayxunobod, Sharof Rashidov tumanlari, Baxt, Guliston, Do'stlik, Paxtakor, Yangiyer shaharlari, yuzga yaqin sovxoz va kolxozlar, cho'lquvarlar uchun turar joylar qurildi. Shuningdek, Surxon-Sherobod, Qarshi dashtlarini o'zlashtirishda ham katta qurilish ishlari olib borildi, ko'plab tumanlar, shaharlar, sovxozlar tashkil qilindi. Respublikada yirik suv omborlari ham bunyod etildi. Urushdan keyingi ikki o'n yillikda 10 ta suv ombori qurildi. Jumladan, Buxoro viloyatida Quyimozor, Qashqadaryo viloyatida Chimqo'rg'on, Toshkent viloyatida Toshkent suv omborlari ishga tushirildi. Paxta maydonlarini kengaytirish maqsadida sovet hukumati tomonidan sug'orish inshootlari tarmog'ining shiddat bilan kengaytirilishi respublika uchun katta salbiy oqibatlarga olib keldi. Kanallar, suv omborlari va boshqa suv inshootlari qo'riq yerlarni o'zlashtirish imkonini berdi. Shu bilan birga, bu inshootlar yaqin atrofidagi joylarga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Bu irrigatsiya qurilishlari natijasida yer osti suvlari sathi yuqoriga ko'tarilib, haydaladigan yerlarni sho'r va botqoq bosdi, bog'-rog'lar, tokzorlar qurib qoldi. Yangi paxta ekinzorlarini barpo etish maqsadida puxta o'ylanmagan sug'orish inshootlarini qurish, Sirdaryo va Amudaryodan ko'p suv olish Orol dengizining qurishiga sabab bo'ldi. Bu esa Orol fojiasini keltirib chiqardi, Orolbo'yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni mushkullashtirib qo'ydi. 2. Qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishning ahvoli. Markaz ko'rsatmasiga ko'ra respublika qishloq xo'jaligining asosiy vazifasi paxtachilikni har tomonlama rivojlantirishdan iborat edi. Undan kelib chiqib oziq-ovqat yetkazib beruvchi tarmoqlarga yetarli e'tibor berilmasdi. G'alla, chorvachilik, poliz-sabzavot mahsulotlari, kartoshka yetishtirish talab darajasida emas edi. 1970 yilga qadar qishloq xo'jaligining bu tarmoqlari past sur'atlar bilan rivojlanib keldi. 1970 yilda g'alla, kartoshka yetishtirish urushdan oldingi darajadan past edi. Umuman olganda, 1970 yili oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish darajasi respublikada urushdan oldingi darajada edi. Holbuki, paxta yetishtirish uch baravardan ziyod (1,3 mln t dan 4,5 mm t ga) ko'paydi. Oziq-ovqat yetishtiruvchi qishloq xo'jaligi tarmoqlarini mexanizatsiyalashtirish darajasi juda past edi. Buning natijasida oziq-ovqat ekinlarini ekish va hosilni o'rib-terib olish muddatlari cho'zilib ketardi. Ularga so-lish uchun mineral o'g'itlar kam ajratilardi. Eng unumdor ekin maydonlari g'o'za ekish uchun berildi. G'o'za oziq-ovqat ekinlarini yaroqsiz yerlarga, tog' oldi joylariga, o'zlashtirish mushkul bo'lgan zarang yer va to'qaylarga siqib chiqardi. Shaxsiy tomorqa xo'jaliklarining cheklanishi qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining pasayishiga, aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishi yomonlashishiga olib keldi. Tomorqa uchastkalari normalari 1950 yilgacha sug'oriladigan yerlarda 0,15 gektardan 0,25 gektargacha deb belgilangan bo'lsa, 1950 yilning yanvar oyidan boshlab tomorqa yerlari va chorva tuyoqlari qisqartirildi. Tomorqa uchastkalarining maydoni qisqartirilib, 0,12-0,15 gektarga tushirildi. "Normadan yuqori" degan bahona bilan sug'oriladigan yerlar olib qo'yildi, bog'lar, tokzorlar kesib tashlandi, chorva tortib olindi. Dehqonlarning tomorqa maydonlarini kamaytirish keyingi yillarda ham davom etdi. Chunonchi, 1956 yildayoq dehqon tomorqasining o'rtacha maydoni 0,1 gektarni tashkil qildi. Shaxsiy xo'jalikda, odatda, bitta ona-bola sigir, ikki yashargacha bo'lgan bir bosh qoramol, 4-6 bosh qo'y, echki boqishga ruxsat berilar edi. Shaxsiy tomorqa xo'jaligiga nisbatan bunday munosabat bu qishloqda sotsialistik ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, degan qoidadan kelib chiqqan edi. Shu sababli "jamoat chorvachiligining ziyoniga, aholida chorva ko'payishiga" yo'l qo'ygan xo'jaliklar tanqid ostiga olindi. Qishloq xo'jaligi oziq-ovqat mahsulotlari bilan respublika aholisi ehtiyojini qondira olmadi. O'zbekistonda aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan fiziologik normalardan ancha kam edi. O'zbekistonning iqlimi va tuproq sharoitlari oziq-ovqat mahsulotlarini zarur miqdorda ishlab chiqarish imkonini berardi. Lekin yalpi paxta hosilini oshirish ketidan quvish respublikada oziq-ovqat muammosini hal qilish imkoniyatlarini cheklab qo'ydi. 3. Qishloq xo'jalik kadrlari. Urush yillari respublikadagi erkaklarning katta qismi frontga jo'nab ketishi munosabati bilan qishloq xo'jaligida barcha toifadagi kadrlar soni keskin kamaydi. Qishloq xo'jalik mutaxassislarini tayyorlash muhim vazifa bo'lib qoldi. Qishloqda asosiy xodimlar mexanizatorlar edi. Mexanizator kadrlarni tayyorlash MTSlar qoshidagi qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash maktablari va kurslari orqali olib borildi. 1944-1950 yillarda turli sohalar bo'yicha 50 ming nafar mexanizatorlar tayyorlashga muvaffaq bo'lindi. 60 yillarda mexanizatorlar tayyorlashning eng samarali shakli qishloq hunar-texnika bilim yurtlari bo'lib qoldi. Qishloq hunar-texnika bilim yurtlari qishloq xo'jaligining barcha sohalari uchun mexanizatorlar: tokarlar, elektrchilar, traktorchilar, kombaynchilar, mashinada sut sog'ish operatorlari, parrandaboqarlar va boshqalarni tayyorlab berardi. Ularda o'quvchilar kasb bilan birga o'rta ma'lumot ham olardilar. Qishloq hunar-texnika bilim yurtiga 8-sinfni tamomlagan yoshlar qabul qilinardi. Bunda noto'g'ri tartib belgilandi: o'zlashtiruvchi o'quvchilar o'qishni davom ettirish uchun maktabda qoldirilar, o'zlashtirishi past o'quvchilar majburiy ravishda qishloq hunar-texnika o'quv yurtlariga yuborilar edilar. Qishloq yoshlari bunday o'quv yurtlarida o'qishni istamasdilar, chunki xo'jaliklardagi mehnat rag'batlantirilmas edi. Buning natijasida qishloq hunar-texnika bilim yurtlaridan kasb-korni yetarlicha egallamagan mutaxassislar yetishib chiqardi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda respublikada qishloq xo'jalik oliy o'quv yurti va 12 ta texnikum ishlab turdi. Urushdan keyingi davr qiyinchiliklari ularning faoliyatiga ham ta'sir qildi. Ularning moddiy ta'minot bazasi juda qashshoq edi. O'quv xonalari, amaliy mashg'ulotlar uchun qishloq xo'jalik texnikasi, laboratoriyalar, darsliklar, ayniqsa, o'zbek tilidagi darsliklar yetishmasdi. Shunga qaramay, respublikadagi qishloq xo'jalik o'rta maxsus o'quv yurtlari urushdan keyingi yillarda 4 mingdan ortiq agronom, zooveterinar, texnik va boshqa mutaxassislarni tayyorlab berdi. 1944-1953 yillarda qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtlari 4 ming nafarga yaqin turli kasbdagi mutaxassislarni tayyorlab chiqardi. Shunday bo'lsa-da, 50 yillar o'rtalarida qishloq xo'jalik rahbar xodimlari orasida oliy, o'rta va yetti yillik ma'lumotga ega bo'lganlar 4 kishiga faqat bittadan to'g'ri kelardi. Xo'jaliklarning mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoji ortib bordi. 1953-1958 yillarda respublika texnikumlarida mutaxassislar yetishtirish 3 baravar ortdi. 1965 yilda esa qishloq xo'jaligi mutaxassislari-agronomlar, zootexniklar va veterinarlar soni bir yarim baravar ko'paydi. Lekin oliy va o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash son va sifat jihatidan davr talablariga mos kelmas edi. Ayrim mutaxassisliklar bo'yicha va mahalliy xotin-qizlardan mutaxassislar kam tayyorlanardi. Moddiy manfaatdorlik yo'qligidan o'quv yurtlarini bitirib chiqqanlar tayinlangan joylarga bormas, mutaxassisligi bo'yicha ishlamas edi. Burring natijasida xo'jaliklarda kadrlar masalasi dolzarb bo'lib qoldi. 45-§. Aholi turmush darajasidagi o'zgarish va muammolar 1. Ijtimoiy himoya. Urushdan keyingi yillarda Markaz asosiy e'tiborni mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga qaratdi. Aholining turmush darajasini yaxshilash masalalariga byudjet mablag'larini ajratishda qoldiq prinsipi qo'llandi. Uning mohiyati shundan iborat ediki, ishlab chiqarish uchun sarf qilinishi zarur bo'lgan xarajatlardan qolgan mablag'lar ijtimoiy dasturlarga ajratilardi. Bu siyosat ma'muriy-buyruqbozlik, totalitar tartibotning salbiy oqibati edi. Urushdan keyingi yillardan boshlab ijtimoiy o'sishda sustlashish yuz berdi, keladigan haqiqiy daromadlar, davlat va kooperativ savdosida chakana mol almashinuvi, maishiy xizmat ko'rsatish hajmining o'sish sur'atlari pasayib bordi. Xalq xo'jaligini tiklash va rivojlantirish yillarida ijtimoiy sohaning rivojlanishiga qilinadigan sarf-xarajatlar sezilarli darajada cheklangan edi. Chunki respublikaning iqtisodiy va mudofaa imkoniyatlarini mustahkamlash talab qilinardi. Rahbar organlar va xo'jalik xodimlarining asosan ishlab chiqarish vazifalarini hal qilishga qaratilgan pozitsiyasi ijtimoiy muammolarni orqa o'ringa surib qo'ygan edi. Kapital mablag'laming asosiy qismi og'ir sanoatni rivojlantirishga va juda arzimas qismi yengil va oziq-ovqat sanoatini taraqqiy ettirishga berilardi. O'sha yillarda respublikada aholini oziq-ovqat va sanoat mollari bilan ta'minlash og'ir ahvolda edi. Urushdan keyingi yillarda xalq xo'jaligining bu sohalarini rivojlantirishga yetarli e'tibor berilmadi. 1963 yili 1940 yilga nisbatan respublika sanoati 5 baravar, mashinasozlik 164 foiz o'sgan bo'lsa, oziq-ovqat sanoati ikki, sanoat ikki yarim baravar o'sdi, xolos. Hatto ayrim muhim iste'mol mollari ishlab chiqarish orqaga ketdi. 1960 yili 1940 yilga nisbatan davlatga g'alla topshirish ikki baravar, sholi topshirish 4,5 baravar kamaydi. 1960-1970 yillarda go'sht (97 ming tonnadan 94 ming tonnaga), mol yog'i ishlab chiqarish (8 mingdan 6 mingga) ozaydi. Respublika aholisining boshqa respublikalar aholisiga nisbatan go'sht, sut, baliq, tuxum, kartoshka va boshqa mahsulotlar iste'mol qilishi bir necha baravar kam bo'ldi. Aholini ijtimoiy himoyalash cheklangan edi. 1956 yilga qadar kolxozchilar davlat pensiyasi va nafaqalaridan foydalanish huquqidan mahrum bo'ldilar. Nafaqaxo'r va faxriylarga beriladigan pensiya va nafaqalar miqdori juda kam edi. Shu bilan birga, 50-60 yillarda inflyatsiya va narx-navoning oshishi tufayli pensiya va nafaqalar miqdori oylikka nisbatan kam ortdi. Faxriylar, nafaqaxo'rlar, nogironlar, bolali ayollarning moddiy ahvoli o'ta og'ir edi. Ijtimoiy sohaga byudjetdan qilinadigan sarf-xarajatlar salmog'i kamayishda davom etdi. Ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarga respublika byudjetidan qilingan sarf-xarajatlar miqdori 1970 yili 1940 yildagiga nisbatan ancha kam edi. Shu bilan birga, dehqon va hunarmandlarga yakka mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, qo'shimcha daromad olish taqiqlangan edi. Bu hol respublika aholisining qashshoqlashishiga olib keldi. Ijtimoiy-maishiy infrastruktura sohalari-turar joy, kommunal xo'jaligi, maishiy xizmat ko'rsatish, sog'liqni saqlash mushkul ahvolga tushib qoldi. 2. Turar joy muammosi. O'zbekiston aholisi juda zich joylashgan, aholining yillik o'sishi yuqori (o'rtacha yarim million kishi) bo'lgan davlatlardan. Tabiiyki, turar joy muammosi bu yerda hamisha dolzarb bo'lib kelgari. Bu masalaga e'tibor berilmadi, deb bo'lmaydi. 1946 yildan 1955 yiigacha respublikada 17,5 mln m2 turar joy qurildi. Shu jumladan, davlat Barpo etgan uylar faqat 2,5 mln m2 ni tashkil qildi xolos. Qolgan uylarni qishloq va shahar aholisi o'zining shaxsiy mablag'iga qurdi. 60 yillarda respublikada turar joy qurilishi urushdan keyingi o'n yillikka nisbatan ikki yarim baravar o'sdi. Biroq bu uylarning yarmidan ortig'i aholi tomonidari qurilgan bo'lib, davr talabiga javob bermasdi. 1966 yilda Toshkentda sodir bo'lgan zilzila oqibatida shahar uy-joy fondiga katta zarar yetdi. Ittifoq xalqlari yordami bilan Toshkentda uy-joy qurilishi gurkirab o'sdi. Chilonzor, Markaz, Qoraqamish va boshqa massivlar qurildi. Yangi Toshkent bunyod etila boshlandi. Yangi turar joylar qurilishi riatijasida viloyatlardagi shaharlarda ko'p qavatli turar joy uylari bunyod etilgan butun-butun mikrorayonlar vujudga keldi. Biroq turar joy qurilishi ko'lami ancha kengayishiga qaramay, turar joy bilan o'rtacha ta'minlanganlik darajasi hatto shaharlarda ham juda sust o'sdi. Qishloqda turar joy masalasi yanada mushkul ahvolda edi. Bu yerda xususiy imoratlarning asosiy qismi xom g'isht va paxsa urib bunyod etilar, ularda hech qanday qulaylik mavjud emasdi. 3. Kommunal xo'jalik. Turar joy binolarini talay chala ishlari bo'lgani holda foydalanishga topshirish ommaviy hodisaga aylandi. Bu binolarning tez eskirishi va ta'mirlash ishlariga qo'shimcha xarajatlar sarflanishiga olib keldi. Aholi turmush darajasining muhim ko'rsatkichi suv ta'minoti hisoblanadi. 50 yillarning boshlarida O'zbekistonning faqat 15 ta shaharida vodoprovod tizimi bor edi. Aholining ichimlik suviga bo'lgan ehtiyoji atigi 25-30 foiz atrofida ta'minlanardi. Tumanga bo'ysunadigan 11 ta shahar va 140 ta tuman markazida vodoprovod tizimi umuman yo'q edi. 1955-1960 yillarda respublikaning 7 shahar va 24 tuman markazlarida vodoprovod tizimlari bunyod etildi. Biroq bu O'zbekiston aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasini hal qilmadi. Yangi yerlarning yuksak sur'at bilan o'zlashtirilishi, yangi xo'jaliklarning Barpo etilishi, aholining tez o'sib borishi ahvolni yanada keskinlashtirdi. Vodoprovodi bo'lgan shahar va tuman markazlari aholisining talay qismi suv beruvchi vodoprovod tarmoqlari sust rivojlangani tufayli suv ta'minotidan chetda qoldi. Qishloq aholisining yarmi xo'jalik ehtiyojlari va iste'mol qilish uchun suvni ariqlar, kanallar, hovuz va quduqlardan olardi. Bu aholi o'rtasida turli kasalliklarni keltirib chiqarar edi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling