Sun’iy tizim - bu asosiy funktsiyani bajarishga moʻljallangan elementlarning birlashmasi va uning birlashuvi orqali yangi tizim xususiyatini yaratish.
|
2
|
3
|
1
|
Tizimlarni tashkil etuvchi qismlarga tushuncha bering.
Tizimni har xil mezonlarga koʻra sinflash mumkin. Uni qat’iy ravishda amalga oshirish mumkin emas, u maqsad va resurslarga bogʻliq. Sinflashning asosiy usullarini (tizimlarni sinflashning boshqa mezonlari ham boʻlishi mumkin) keltiramiz:
• Tizimning atrof-muhitga munosabatiga koʻra;
• Tizimning kelib chiqishiga (elementlariga, aloqalariga, ichki tizimlariga) koʻra;
• Tizim oʻzgaruvchilarining bayoniga koʻra;
• Tizim ishlash qonuni (qonunlarining) bayoniga koʻra;
•Kombinir boshqarish (avtomatik, yarim avtomatik, avtomatlashtirilgan, tashkiliy) bilan tizimni (tizim ichida) boshqarish usuliga koʻra.
Agar tizimni tadqiq qilish yoki modellash uning katta oʻlchamiga (ya’ni tizim holatlari toʻplami S katta oʻlchamga ega) koʻra qiyin boʻlsa, bunday tizim katta deyiladi.
Agar tizimda holatlarni, ish bajarish qonuniyatlarini samarali bayon etish, tizimni boshqarish (aniqlash, boshqaruvchi parametrlarni bayon etish) yoki bunday tizimlarda qarorlar qabul qilish (ularda hamma vaqt qaror qabul qilish ichki tizimi boʻlishi kerak) uchun resurslar (asosan informasion) yetarli boʻlmasa, bunday tizim murakkab tizim deyiladi.
Tarkib jihatdan tizimlarning quyidagi turlari mavjud:
oddiy – ishlashi (ma'lum bir vazifa doirasida), kichikroq quyi tizimlarga boʻlinmasdan, bir butun sifatida oʻrganilishi mumkin boʻlgan tizimlardir;
katta – oddiy quyi tizimlarga ajratmasdan tekshirish qiyin boʻlgan tizimlar. murakkab – shunday tizimlarki, ularning tarkibiy qismlari oʻzaro bogʻliq boʻlib, ularning ishlash jarayonlarini alohida koʻrib chiqish mumkin emas yoki notoʻgʻri xulosalarga olib keladi;
murakkab – shunday tizimlarki, ularning tarkibiy qismlari oʻzaro bogʻliq boʻlib, ularning ishlash jarayonlarini alohida koʻrib chiqish mumkin emas yoki notoʻgʻri xulosalarga olib keladi.
Tizimlarning boshqa turlari va tasnifi keying mavzuda batafsil qarab chiqiladi.
Murakkab tizim xossalari:
Tashkil etilishning iyerarxiyaligi;
Oʻz-oʻzini tashkil qila olishi – tashqi muhit haqida xabarlarga asoslanib, tizimning oʻz strukturasini va parametrlarini ketma-ket maqsadiga muvofiq ravishda oʻzgartirishi (kibernetik tizim); butunlik – sistemaning biron elementidagi oʻzgarishlar uning boshqa elementlariga ham, butun tizim faoliyatiga ham ta’sir qiladi.
|
|
2
|
3
|
2
|
Jamiyatning asosiy tizim resurslari qanday bo’ladi ?
Oʻtgan asrning oxirlaridan boshlab jamiyat taraqqiyoti bir tomondan juda koʻp yangi faktlar, turli sohalarga oid ma’lumotlarning ochilishi va toʻplanishiga olib keldi, boshqa tomondan insoniyat oldiga ulardan foydalanishni tartibga solish, tizimlashtirish vazifasini qoʻydi. Buning natijasida, tizimli tahlil muammoni hal qilish metodologiyasi sifatida barcha zaruriy uslublarni, bilimlarni va muammolarni yechish uchun lozim boʻlgan harakatlarni umumlashtiruvchi ustun vazifasini bajaruvchi fan sifatida shakllandi. Shu maqsadda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi mutaxassislarining ushbu fanni asoslarini uzlashtirishlari ularning oʻz faoliyatida karorlar kabul kilishlariga katta yordam beradi. Tizimli tahlil asoslarining tugʻilish davri koʻpincha fizik yoki falsafiy (gnoseologik) kelib chiqishga ega tizimlarni koʻrib chiqish bilan xarakterlangan.
|
|
2
|
3
|
3
|
Tizimli tahlil nima? Tizimli tahlilning predmet sohasiga nima kiradi?
|
Do'stlaringiz bilan baham: |