Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti koreyashunoslik fakulteti koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi


깨가 쏟아지다 - birgalikda baxtli yashamoq, baxtli hayot kechirmoq (bu ibora yosh oilalarga nisbatan ishlatiladi, ya'ni bir-biriga talpinish yuqori deb tarjima qilsa ham bo'ladi)


Download 78.64 Kb.
bet10/12
Sana11.03.2023
Hajmi78.64 Kb.
#1260070
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mirzohid frazeologizm (2)

깨가 쏟아지다 - birgalikda baxtli yashamoq, baxtli hayot kechirmoq (bu ibora yosh oilalarga nisbatan ishlatiladi, ya'ni bir-biriga talpinish yuqori deb tarjima qilsa ham bo'ladi)

가재는 게 편이다 – O‘ziniki bo‘lgani uchun o‘ziniki tomonda. (ya’ni o‘zinikining yonini olish yoki o‘sha tomonda bo'lish yoki, bir-biriga o‘xshash odamlarning doimo til topishib yurishi) haqiqiy ma’nosi: qisqichbaqa krivetka tomonda33.

Yozish(쓰기) bo‘limida insholarni yozishda ham shu kabi iboralarni to‘g‘ri kontekstda qo‘llash test topshiruvchini til bilish darajasi yuqori ekanligini ifodalaydi.


Iboralar tarjimasidagi eng katta qiyinchilik ularning milliy asosga egaligida − o‘zida u yoki bu xalqning ruhiyati, tabiati, e’tiqodi, madaniyati, qadriyati, urf-odat, rasm-rusum, an’analarini o‘zida aks ettirganidadir. Shuning uchun tarjimonlar iboralar tarjimasida turli usullarni tajriba qilib ko‘rgan bo‘lsalar-da, ularni hamisha ham muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Ayni ibora ba’zida bir necha xilda tarjima qilingan, ba’zida, bir iboraning muqobil nusxasini topguncha bir necha tarjimonlar izlanishlar olib borishlariga to‘g‘ri kelgan, ba’zida ibora ma’nosi noto‘g‘ri talqin etilgan yoki buzib tarjima qilingan, ba’zida tarjima tilidan unga muvofiq, ba’zida zid ekvivalent topib qo‘yilgan.
Iboralar milliylikka asoslanganligi uchun ham ularni tarjima qilish jarayonida ko‘pincha bir qator muammolar va qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunday hollarda mutarjimdan katta tajriba va mahorat talab qilinadi. Aks holda noto‘g‘ri qilingan tarjima asliyatda berilayotgan ma’no – mazmunni buzibgina qolmasdan uning badiiy qimmatiga ham putur yetkazishi turgan gap.


















XULOSA


Iboralar biror narsa – hodisani atash, nomlash vazifasinigina
bajarmaydi, balki shu predmet yoki hodisani aniqlashtirib, ularni emotsional va obrazli tarzda baholaydi. Frazeologik iboralar zamirida ma‘lum obraz, konkret hodisa, predmet tasavvuri yotadi. Bunday obrazlilik iboralarning uslubiy imkoniyatlarini oshiradi, ularni tilning kuchli ifoda vositalaridan biriga aylantiradi.
Iboralar xalq boyligi bo‘lganligi sababli ham uning manbalari u
yoki bu xalqning yashayotgan joyining tabiati, iqtisodiy tuzumi, tarixi, madaniyati, hayot tarzi, og‘zaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san‘ati, fani, urf-odati kabilar bilan chambarchas bog‘lanadi.
Koreys va o‘zbek xalqi necha asrlardan buyon shakllanib kelayotgan urf-odat va a’nanalarini o ‘z aksi sifatida iboralarni ko‘rsatish bejiz emas. Sababi xalq iboralarning shakllanishida har ikkala xalqning o‘ziga xos kundalik hayoti, madaniyati, urf-odatlari, an’analari va dunyoqarashi muhim o‘rin egallaydi. Bu, o‘z navbatida, koreys va o‘zbek xalqlarining ma’no va uslubiy vazifa jihatlaridan o‘zaro mos frazeologik birliklari obrazli asoslarining farq qilishlariga olib kelgan.
Bugungi kunda tarjimashunosligimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri o‘zbek tilidan koreys tiliga tarjima qilish jarayonida qo‘llaniladigan usullarni o‘rganish, aniqlash, ularni qiyosiy tahlil qilish va bevosita tarjimada matn pragmatikasiga qanday yondashish lozimligini aniqlash hisoblanadi.
Koreys tilida frazeologik birliklar o‘zbek tiliga turli-tuman usullar vositasida, xususan, to‘la ekvivalentlar, muqobil variantlar, tasviriy usul va kalka usulida tarjima qilinadi. Ba’zan tarjimada lingvomadaniy xususiyat tushirib qoldiriladi. Ayrim hollarda esa asliyatdagi milliylikka zor turg‘un va erkin birikmalar lingvomadaniyat aks etgan iboralar vositasida tarjima qilinadi.
Koreys va o‘zbek tillarining bir oilaga mansubligi, koreys va o‘zbek xalqlari turmush sharoitlarining o‘xshashligi ko‘pgina mushtarak frazeologik birliklarni yuzaga keltirgan. Tarjimda bunday mushtarak, ya’ni to‘liq ekvivalentga ega bo‘lgan frazeologik birliklar deyarli muammo tug‘dirmaydi.
Koreys tilida biz minglab iboralarni uchratishimiz mumkin, lekin TOPIK materiallari bilan ishlash davomida iboralarni qo‘llanilish doirasi cheklanganligini kuzatsak bo‘ladi. TOPIK uchun mo‘ljallangan kitoblarda ham faqat test materiallarida qo‘llaniladigan iboralar keltirilgan. Bularni tahlil qilish jarayonida o‘zbek tilidagi ekvivalentlari topildi. Tahlil natijasida aniqlandiki imtihon materiallarida uchraydigan iboralar o‘zbek tilida ham keng qo‘llaniladigan iboralar bilan mos keladi.
Umuman, frazeologik birliklar millatning ruhi, mentaliteti, turmush tarzini namoyon qiladi. Shunga muvofiq, asl nusxa va tarjima tillaridagi frazeologik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish, ular orasidagi mazmuniy-uslubiy muvofiqlik holatlarini aniqlash va tarjima jarayonida ularning birini ikkinchisi vositasida talqin etish yo‘llari va imkoniyatlarini belgilash to‘laqonli tarjima yaratish uchun zamindir.


Download 78.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling