Toshkent islom universiteti


XIX asrda Germaniya iqtisodiyotining o’ziga xos


Download 307.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana31.01.2024
Hajmi307.38 Kb.
#1830840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Germaniya iqtisodiyoti

XIX asrda Germaniya iqtisodiyotining o’ziga xos 
tendensiyalari.
 
 
I Jahon urushigacha va urushdan keyingi Germaniya iqtisodiyoti. 
Germaniya iqtisodiyoti uchun davlatning yetakchilik roli xosdir. U milliy 
dаvlаt yarаtish yo’ligа аnchа kеch kirishgаn – 1871-yilgi Frаnk-Prussiya 
urushidаn so’ngginа kоnstitutsiyadа Gеrmаniya impеriyasi fеdеrаl dаvlаt dеb 
e’lоn qilingаn, shundаy bo’lsа-dа, fеdеrаtsiya sub’еktlаri kuchli kоnstitutsiyaviy 
vа siyosiy huquqlаrini sаqlаb qоlgаnlаr. 
Yangi Germaniya iqtisodiyoti dastlabki yillarda asosan sanoatga 
bog’langan edi. 1898-yili sanoat ishlab chiqarishi 7.1%gacha o’sdi hamda
1901-yili -0% va 1904-yili 6.8%gacha o’zgarish kuzatildi. 1895-yildan 1913-
yilgacha sanoat ishlab chiqarishi ikki martaga ko’paydi, sof milliy mahsulot esa 
1.7 martaga oshdi.
8
Ma’lumki o’tgan asr boshlaridagi o’sish sohalarda bir xil bo’lmadi, 
chuqur strukturaviy o’zgarishlar ro’y berdi. Metallurgiya va metalni qayta 
ishlash sohasida band bo’lganlar 1850-yilda 9.4%ni tashkil etgan bo’lsa, 1913-
yilga kelib bu ko’rsatkich sanoat va qurilish tarmog’idagilar bilan birgalikda 
20%gacha oshdi.
9
Shu bilan birgalikda XIX asr mobaynida bo’lgani kabi 1913-
yilda ham asosiy ishchilar sanoat tarmoqlarida band hisoblanardi. 
To’qimachilik va teriga ishlov berish sohalarida bandlik ulushi 1850-yilda 
16%dan biroz ko’proq bo’lgan bo’lsada, 1913-yilga kelib 23.3%ga oshdi. 
Bunday holat o’sha davr uchun xos hisoblanardi. Chunki hali texnika-
texnologiya kuchli darajada rivojlanmagan edi. 
Mehnat unumdorligida o’sish kuzatildi.1873-1913-yillar davomida 
metallurgiya va metalni qayta ishlashda bu unumdorlik 270%ni tashkil etgan 
bo’lsa, to’qimachilik sohasida 115%ni, oziq-ovqat ishlab chiqarishda esa 
8
И.С.Королев. “Мировая экономика глобальные тенденции за 100 лет”. Москва.: экономисть. 2003.
9
И.С.Королев. “Мировая экономика глобальные тенденции за 100 лет”. Москва.: экономисть. 2003. 



hammasi bo’lib 30%ni tashkil etdi. Bu sohalarda sanoatlashish darajasining har 
xilligi va yangi texnika yutuqlaridan foydalanishdagi tengsizlikni ko’rsatib berdi. 
Birinchi jahon urushigacha Germaniya dunyodagi eng kuchli “metallurgiya” 
sohasiga ega edi. 
1914 – 1918-yillardagi harbiy iqtisodiyot ishlab chiqarish tizimidagi keskin 
o’zgarishlarga olib keldi. Armiya uchun qurol-yaroq, texnika, transport va 
boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish katta miqdorda oshdi (bu urush yillarida 
YIMning o’rtacha ½ qismini tashkil etdi) va bu o’z navbatida aholi uchun zaruriy 
bo’lgan tovarlar ishlab chiqarishdagi katta qisqarishlarga sabab bo’ldi. 
Birinchi Jahon urushi Germaniyadagi uzoq davom etib kelayotgan 
rivojlanish tendensiyasiga katta zarar ko’rsatdi va potensial ishlab chiqarish 
sohalarining vayron bo’lishiga, sanoatning qurolsizlanishiga olib keldi. Elzas 
va Lotaringaning bosib olinishi va sanoat riojlangan Reyn viloyatining xalqaro 
nazorat ostiga o’tishi iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi. 
(Germaniya hududining 13%ini, temir rudasini qazib olishning 75%ini va 
toshko’mir qazib olishning 26%ini yo’qotdi, shu bilan birga savdo flotining 
90%i tortib olindi).
10
Katta miqdordagi reparatsiya (tovon puli) to’lanishi va 
1919-yil o’rtalarigacha savdo-sotiq cheklanishining davom etishi mamlakat 
iqtisodiyotini og’irlashtirib qo’ydi. 
Birinchi jahon urushi bilan bog’liq ulkan sarf xarajatlar, urushdan keyingi 
iqtisodiy inqiroz, shunungdek, davlat xarajatlarining bir necha bor o’sishi 
narxlarning oshishiga va nemis markasi kursining pasayishiga olib keldi. 
Germaniya hukumati va ommaviy axborot vositalari pulning qadrsizlanishi 
bilan tovon to’lashni bir biriga bog’lab, inflyatsiyaga asosiy sabab tovon to’lash 
ekanligini uqtirishga urindilar.1920-yilga kelibgina ma’lum darajada o’sishga, 
1923-yilda esa inqirozni to’xtatishga erishildi va pul islohotlaridan keyin 
iqtisodiyot tiklandi (1921-yil iyun oyida 1 dollar 65 markaga teng bo’lgan 
bo’lsa, 1922-yil iyulda 420 markaga , 1923-yil yanvar boshlarida 7260 
markaga, 1923-yil iyunda 100000 markaga, oktyabrda 25 mlrd markaga, 
noyabrda esa 4.2 trln markaga teng bo’ldi).
11
Markaning qadrsizlanishi 
(inflatsiya) 1922-yilda 2.4 ming %ni, 1923-yilda esa 1.87 mlrd %ni tashkil etdi. 
Inflyatsiya Versal shartnomasiga qadar boshlangan, tovon pulining miqdori esa 
belgilanmagan va muntazam to’lanmas edi. Tovon pulining birinchi hissasi 1921-
yilning yozida to’landi. 1922-yilning iyul oyigacha yana bir necha bor arzimas 
miqdorda hissalar to’landi. Shundan so’ng tovon to’lanmay qo’yildi.
12
Germaniya 
10
Булатов А.С. Мировая экономика. Учебник. Юристъ. 2003 г. 
11
И.С.Королев. “Мировая экономика глобальные тенденции за 100 лет”. Москва.: экономисть. 2003. 
12
И.С.Королев. “Мировая экономика глобальные тенденции за 100 лет”. Москва.: экономисть. 2003. 



rahbarlari qaysarlik bilan “marka kursi barqarorlashganidan keyingina tovon puli 
to’lanishi mumkin ”, deb ta’kidlab keldilar. Markani barqarorlashtirish uchun esa 
Germaniyaga zayom berilishi va tovon puliga moratoriya (xalqaro huquqda 
qaysidir harakatni ma’lum muddat amalga oshirmaslik yoki uni keyinga surish 
borasida davlatlar o’rtasidagi ahdlashuv) e’lon qilinishi zarurligini aytdilar. 
Fransiya 
hukumati 
Germaniya 
Versal 
konferensiyasi 
qarorlarini 
bajarmayotganligini e’lon qildi va 1923-yil yanvarida Reyn viloyatini bosib oldi. 
Bunga javoban Germaniya hukumati tinch qarshilik qilish yo’lini e’lon qilib, 
ko’mir qazib olish va jo’natishni to’xtatib qo’ydi. Korxona egalari va ishchilarga 
yetkazilgan zarar uchun yordam puli berib turildi. Bu esa, o’z navbatida
inflyatsiyani yanada kuchaytirdi. Ommaviy ishsizlik Rurdan boshlanib butun 
mamlakatga yoyildi, davlat xazinasi bo’shab, soliq tushumlari keskin kamayib 
ketdi. Rurdagi nizo Germaniya iqtisodiyotini og’ir ahvolga solib qo’ydi. 
Mamlakatda valyuta chayqovchiligi, yalpi ishsizlik, ochlik va faqirlik avj oldi, 
ishlab chiqarish izdan chiqdi. 
Germaniya iqtisodiyotini izdan chiqarish AQSH rejasida yo’q edi. Shu sababli 
Amerika hukumati vaziyatni o’zgartirishga qaror qildi. AQSHning taklifi bilan 
amerikalik bankir, general Daues boshchiligida ekspertlar komissiyasi tashkil 
etildi. Komissiya Germaniyaniy tovon to’lovlarini tartibga solish rejasi ishlab 
chiqdi. Uning takliflari 1924-yil 16-iyulda Londonda bo’lib o’tgan malakatlar 
koferensiyasida qabul qilindi. 
Daues rejasiga ko’ra Germaniya sanoati chet el zayomlari va kreditlari 
yordamida, shunungdek, Germaniya va Rossiya o’rtasidagi savdoni rivojlantirish 
yo’li bilan tiklash ko’zda tutilgan. Reja bo’yicha Germaniya 1924-1925 byudjet 
yilida g’olib davlatlarga oltin bilan 1 mlrd marka tovon to’lashi kerak edi. Keyingi 
yillarda to’lov miqdori yiliga 2,5 mlrd gacha ko’payishi ko’zda tutilgandi.
13
Asta-
sekin to’lovlar kamaytirilib, Germaniya iqtisodiyotining ahvoliga ko’ra amalga 
oshirilishi mo’ljallangan edi. Bu shart qabul qilingan taqdirda AQSH Fransiyaning 
qarzlaridan voz kechishini bildirdi 
Daues rejasi qabul qilingach, Germaniyaga AQSH sarmoyasi to’xto’vsiz 
oqib kela boshladi. AQSHda Germaniya sanoatini zaruriy xom ashyo bilan 
ta’minlovchi qo’shma korxona tashkil etildi. Germaniyaning o’zida ham Amerika 
kompaniyalari o’z sho’balarini ochib, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqara 
boshladi. 1925-yildan 1930-yilgacha AQSH Germaniya iqtisodiyotiga 10 mlrd 
dollar sarmoya kiritdi.
14
Bu esa Germaniya iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan 
yuksalishi uchun zamin yaratdi. Pul islohotlari o’tkazish, mamlakat 
13
И.С.Королев. “Мировая экономика глобальные тенденции за 100 лет”. Москва.: экономисть. 2003. 
14
Булатов А.С. Мировая экономика. Учебник. Юристъ. 2003 г.


10 
iqtisodiyotiga xorij kapitali oqimi va Daues rejasi bo’yicha tovon puli 
(reparatsiya) muammosining oldindan xal etilishi rivojlanishga olib keldi va 
bu 1924-yildan 1929-yilgi krizisgacha davom etdi.Bu davr “oltin yigirmanchi 
yillar” nomini oldi.
15
Lekin o’sish notekis bo’ldi, milliy daromadning yillik 
o’sish tempi 14%dan 3% oralig’ida tebranib turdi
16

Download 307.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling