Toshkent moliya instituti


Qo’shilgan qiymat solig’i(QQS)


Download 5.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana29.07.2017
Hajmi5.16 Kb.
#12286
1   2   3   4   5   6   7   8

Qo’shilgan qiymat solig’i(QQS) 

 
xorijiy valyuta hamda qimmatbaho qog’ozlar harakatiga tegishli bo’lgan sug’urta va ssuda 
berish operatsiyalari; 

 
o’zi yetishtirgan qishloq mahsulotlarini sotish; 

 
geologik va topografik ishlar; 

 
respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari; 

 
eksport qilinayotgan tovarlarni hamda xorijiy tovarlarni ortish va tashish bo’yicha 
ko’rastilgan hizmatlar. 
Yer solig’i 

 
xorijiy investitsiyali ishlab chiqrish korxonalari yer solig’ini to’lashdan 2 yilga ozod qilinadi. 
Aksiz solig’i 

 
nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar aksiz solig’ini to’lashdan 
ozod qilinadi. Tamaki mahsulotlari, zargarlik buyumlari, sovun va benzin ishlab chiqaruvchi 
korxonalar bundan mustasno. 
Bojxona to’lovlari 

 
O’zbekiston Respublikasida 50 mln.$dan ortiq to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya kiritgan 
yuridik shaxslarning chegaradan olib o’tadigan tovarlaridan import boji undirilmaydi; 

 
xorijiy investor o’z zimmasiga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash majburiyatini olganida 
chegaradan olib o’tilayotgan texnologik uskunalar ucun zarur detallar va ehtiyot qismlar bojxona 
to’lovlaridan ozod qilinadi.  
 
19
 
A.V.Vahobov, Sh.X.Xajibakiyev, N.G. Mo’minov. Xorijiy investitsiylar. O’quv qo’llanma.-T.: “Moliya”, 
2010. 
 

 
 
35 
                                                                                                                                                                                         
Boshqa turdagi soliqlar va majburiy to’lovlar 

 
neft va gaz konlarini aniqlash ishlarini olib boruvchi xorijiy korxonalar hamma turdagi soliq 
hamda to’lovlardan ozod qilinadi. Ushbu korxonalar uskunalar, moddiy-texnik resurslar, 
hizmatlarni  import qiliganda bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi; 

 
neft va gaz ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalar xorijiy korxonalar yordamida tuzilgan 
bo’lsa, daromad solig’ini to’lashdan 7 yilga ozod qilinadi. Shuningdek, bu korxonalar mulk 
so’ligidan va xorijiy hamkorlar ulushidan undiriladigan daromad solig’idan ozod qilinadi.   
 
Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini tartibga solishdagi xalqaro 
tajribalarni hisobga olish, investorlarga investitsiyalashning barcha turlari va 
shakllarida milliy tartibotni berish yanada qulay investitsiya muhitini yaratadi va 
chet el  investitsiyalarining kirib kelishini tezlashtiradi.  
Davlatimiz rahbarining 2010-yil 15-dekabrda qabul qilingan va 
mamlakatimiz sanoatini barqaror, jadal hamda muvozanatli rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Qarori mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik yangilash jarayonining mantiqiy davomi bo‘ldi. 
Mazkur qarorga ko‘ra, sanoat korxonalarini keng miqyosda isloh etish, eng 
zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash, ularda ilg‘or ilm-fan 
yutuqlari va innovatsiya texnologiyalarini jadal tatbiq etish, yuqori malakali 
kadrlar tayyorlashni kengaytirish va shu orqali mamlakatimiz sanoat 
mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, bozor konyunkturasi 
o‘zgarishlariga bog‘liqligini kamaytirish ko‘zda tutilgan. Qabul qilingan ushbu 
hujjat ichki sanoat kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoat 
tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun 
shart-sharoitlar yaratish, sanoat korxonalarini mamlakatimizning barcha 
hududlarida maqbul ravishda joylashtirishga hizmat qiladi. Bu esa, o‘z 
navbatida, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi ish 
o‘rinlarini yaratish, aholining ish bilan bandligini hamda odamlarning 
daromadlari va turmush darajasini oshirish imkonini beradi. 
 
 
 

 
 
36 
Hujjatda ko‘zda tutilgan mamlakatimiz sanoatini rivojlantirishning 
maqsadli ko‘rsatkichlari moliyalashtirish manbalari belgilangan bo‘lib bu 
sanoatda amalga oshiriladigan hamda amalga oshirishga tayyorlab qo‘yilgan 
investitsiya loyihalari ro‘yxati, ishlab chiqish bosqichida bo‘lgan yangi 
investitsiya loyihalari, oldindan ishlab chiqilayotgan sanoatdagi istiqbolli 
investitsiya loyihalarini o‘z ichiga oladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya 
institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik, yirik va strategik 
muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo 
kengashga bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va investitsiya loyihalarini 
tayyorlash hamda amalga oshirishni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni 
tezkorlik bilan hal etish, zarur hollarda esa investitsiya loyihalari ro‘yxatiga va 
asosiy parametrlarga aniqlik kiritish vazifasi yuklatildi. 
Muhtasar aytganda, “2011-2015-yillarda O‘zbekiston sanoatini 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarorda sanoat sohasida 
umumiy qiymati qariyb 50 milliard dollarni tashkil etadigan 500 dan ortiq yirik 
investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
Yaqin besh yil ichida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 
kamida 60 foizga oshirish, yalpi ichki mahsulotda uning ulushini hozirgi 
davrdagi 24 foizdan 2015-yilda 28 foizga ko‘paytirish zarur. Bu borada 
mashinasozlik, avtomobilsozlik, kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish 
materiallari sanoati va boshqa sohalarni jadal rivojlantirish hisobidan ushbu 
tarmoqlarda ikki barobardan ziyod o‘sishga erishiladi. 
Sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni tashkil qilish, polietilen va 
polipropilen mahsulotlar, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish 
bo‘yicha yangi, zamonaviy gaz-kimyo komplekslarini barpo etish, energiyani 
tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida mineral o‘g‘itlar hamda yangi 
turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, eskirgan uskunalarni zamonaviy 
bug‘-gaz qurilmalari bilan almashtirish hisobidan energetika tarmog‘ini jadal 
 

 
 
37 
rivojlantirish kabi yuksak texnologiyalar sohasidagi loyihalarni amalga 
oshirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. 
Sanoatda tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish uning asosiy tarmoqlarini 
diversifikatsiya qilish va eksport salohiyatini oshirish, iqtisodiyotimiz sanoat 
sohasi tarmoqlari, komplekslari hamda korxonalari samaradorligi
raqobatbardoshligini yanada oshirishga yo‘naltirilgan. 
Ma'lumki, investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, 
ijtimoiy,  iste'mol va  boshqa investitsiyalarning hamma turlari bilan  bog’liq 
bo’lib, odatda, soliqlarning  fiskal (xazinani to’ldirish) va tartibga solish 
funksiyalaridan foydalanish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu faoliyat, 
shuningdek, amortizatsiya siyosatini, dotatsiyalar, subsidiyalar tizimini, kredit, 
narx siyosatini, davlat kafolatlari tizimini, imtiyozlar yaratishni, chet el 
investorlarining  huquqlarini himoya qilishni va boshqalarni ham qamrab oladi. 
Davlat  xarajatlarini moliyalashtirish uchun turli darajadagi budjetlarga  zarur  
mablag’lar tushumlarini ta'minlashga qaratilgan fiskal vazifaning bajarilishi, 
milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasiga bog’liq. Tartibga solish funksiyasini 
ishlatilishi davlatning takror ishlab chiqarish  jarayonida ayrim tarmoqlarga 
investitsiyalar oqimlarini boshqarishi bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 
iqtisodiyotning turli sohalarida kapital jamg'arilishi  jarayonlarini kuchaytirish 
yoki susaytirish, aholining to’lovga qobil talabini kengaytirish yoki qisqartirish 
yo’llari bilan tartibga solish funksiyasi foydalaniladi. Soliqlarni tartibga solish 
makroiqtisodiy jarayon va proporsiyalarga ta'sir etishiga qaratiladi. Soliqqa 
tortishda imtiyozlar, asosan, mikroiqtisodiyotga qaratilgan va iqtisodiy 
sub'ektlar manfaatlarini hisobga oladi.  
Chet el invetitsiyali korxonalarga taqdim etiladigan soliq imtiyozlari 
korxonaning asosiy faoliyatiga nisbatan beriladi, ya’ni mahsulot ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan va imtiyoz beriladigan iqtisodiyot tarmoqlariga 
aloqador bo’lgan korxonalarga beriladi. Bunda, agar korxona savdo faoliyati 
bilan shug’ullansa, unda mavjud qonunchilikka binoan, korxona ushbu faoliyat 
 

 
 
38 
bo’yicha alohida hisob yuritishi va umuman o’rnatilgan tartibda umumiy 
tushumdan soliq to’lashi lozim
20

Umuman olganda yurtimizda qabul qilingan investitsiya va investorlariga 
tegishli barcha qonun va ularga oid qonun hujjatlari ularni faoliyatini 
rivojlantirishda, kengaytirishda, ularni huquqlarini kafolatlashda va eng muhimi 
tartibga solishda beqiyos o’rin egallaydi. 
I bob bo’yicha xulosa: 
Tadqiqot ishining 1-bobida yuritilgan fikr-mulohazalar yuzasidan 
quyidagi xulosalarga kelindi: 
1.
 
Har qanday mamlakatning investitsion faoliyatini yuksaltirishda 
investitsion muhit va investitsion siyosat muhim ijtimoiy hamda iqtisodiy 
ahamiyat kasb etadi. Shu bois, biz investorlar uchun investitsion muhitni 
qanchalik qulay qiladigan bo’lsak, mamlakatda yaratilayotgan YaIM shunchalik 
ko’p yuksalishiga qulay zamin yaratiladi. Bu o’z navbatida, mamlakatimizni 
jahon iqtisodiy integratsiyasiga izchil kirib borishini jadallashtiradi. 
2.
 
Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishning asosiy 
yo’nalishlarini aniqlashda investitsion siyosat hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu 
siyosat investitsion faoliyatni moliyalashtirish tartibi, manbalari, tarkibi, tarkibiy 
tuzilmasi, miqdori yoki hajmi (ko’lami) bilan bog’liq masalalarga o’z ta`sirini 
ko’rsatadi. 
3.
 
Investitsiyalar va ularga xos xarakterli belgilar investitsion faoliyatni 
moliyalashtirishni takomillashtirishda birinchi navbatda e`tiborga olinishi kerak 
va ular o’ziga xos tayanch nuqta hisoblanadi. Foyda olishga qaratilganlik, turli 
ko’rinishlarga ega mablag’lardan iborat ekanlik, bu mablag’larning sarflanishni 
taqozo etishi, ularning xarajatlar ko’rinishiga egaligi, nisbatan uzoqroq 
muddatga joylashtirishni talab qilishi va yuqoridagilarning bir
 
vaqtning o’zida 
namoyon bo’lishi investitsiyalarning harakterli belgilaridir. 
                                                            
20
 O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun 
soliq imtiyozlarini qo’llash tartibi to’g’risida”gi Nizomi. 2005-yil, 3-avgust.
 
 

 
 
39 
4.
 
Investitsiyalar – bu bo’sh turgan kapitalni  iqtisodiy-ijtimoiy daromad  
olish maqsadida harakatga keltirishdir.  
5.
 
Sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni 
takomillashtirishda investitsion faoliyat va uning o’ziga xos xususiyatlaridan 
kelib chiqish maqsadga muvofiq. Investitsion faoliyat faqat investitsiyalarni 
amalga oshirish va investitsiya jarayonlari bilan bog’liq faoliyat hisoblanadi. 
Investitsion faoliyat uchun nisbatan uzoq vaqt davom etish, nisbatan katta 
miqdordagi mablag’larni sarflash, foydaga ega bo’lish yoki boshqa foydali 
samaraga erishish maqsadi xos. 
6.
 
Investitsion faoliyat - bu g’oyalarni ishlab chiqish va investitsiya 
loyihalarini asoslash, ularni moddiy-texnik va moliyaviy ta`minlash, buning 
natijasida barpo etilayotgan ob`ekt faoliyatini boshqarish va investorlarning o’z 
oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish imkoniyatlarini ham aks ettiradi. 
7.
 
O’zbekiston iqtisodiyotining taraqqiyotini ta`minlashda investitsiyalarning 
roli benihoya katta bo’lib, u, eng avvalo, iqtisodiyotni intensiv rivojlantirish 
asosida hamda yangi texnika-texnologiyalar jalb qilish va o’zlashtirish negizida 
rivojlantirishi bilan izohlanadi. 
8.
 
 Hozirgi sharoitda investitsion faoliyat davlat tomonidan tartibga solinishni 
taqozo etadi. Chunki iqtisodiyotning o’zi singari u ham islohotga muhtojdir. Uni 
isloh qilish investitsion faoliyatning alohida yo’nalishlari bo’yicha 
erkinlashtirish va investitsion faoliyatidagi davlatning monopol mavqeiga 
barham berish yo’llari orqali amalga oshirilishi lozim. 
9.
 
Sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini boshqarish va tartibga 
solishni huquqiy sharoitlar yaratish, ushbu faoliyatni yuritish uchun kafolatlar 
berish, u faoliyat sub'ektlarini sug’urtalash va boshqa vositalar orqali ijtimoiy 
yoki davlat manfaatlarini amalga oshirish yo’lida tashkil etiladi.  
10.
 
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo’naltirilgan 
investitsiyalar o’zining yuqori o’sish sur`atlariga egaligi bilan ajralib turmoqda. 
Shuningdek, investitsiyalarni moliyalashtirish markazlashmagan manbalarining 
tarkibida keskin o’zgarishlar sodir bo’lgan.  
 

 
 
40 
II BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 
SANOAT KORXONALARIDA INVESTITSIYA FAOLIYATINI 
MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI 
 
2.1.
 
Sanoat tarmog’ining iqtisodiy mohiyati va uning O’zbekiston 
iqtisodiyotida tutgan o’rni 
Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik yetakchi tarmog’i bo’lib, 
unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste`mol 
tovarlarining ko’pchilik qismi yaratiladi. Unda mashina va mehanizmlarning 
barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi, 
yer osti boyliklarini qazib olish amalga oshiriladi, mineral, o’simlik va hayvon 
xomashyosiga ishlov beriladi hamda keng iste`mol mollari tayyorlanadi. 
Sanoat jamiyatning yetakchi kuchi bo’lgan ishchilar sinfini o’zida 
birlashtiradi. Sanoat rivoji tufayli unda band bo’lgan xodimlarning soni 
ko’payadi, ularning bilim va ilmi, mahorati ortadi, kadrlar salohiyati yuqori 
darajaga ko’tariladi. 
Sanoat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini qayta qurishning negizi 
hisoblanadi. Uni yangi texnika bilan ta`minlash orqali sanoat dehqon xo’jaligini 
iqtisodiy va madaniy jihatdan yuqori darajaga ko’tarishga, shahar bilan qishloq 
o’rtasidagi muhim tafovutni yo’qotishga, dehqon mehnatini industrial mehnatga 
aylantirishga yordam beradi. 
Sanoat uchun uzluksiz fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish ilm-fan 
yutuqlari bilan qurollanishining o’sishi xarakterlidir. Unda elektrlashtirish va 
elektronizatsiyalash, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish 
hamda  kimyolashtirish sohasidagi ilg’or yutuqlardan keng foydalaniladi va 
ularning yutuqlarini tinchlik maqsadida qo’llaniladi. 
Sanoat, ayniqsa uning ustuvor sohalari butun ishlab chiqarishni 
globallashtirish muammolarini hal etishning kalitidir. 
Sanoat moddiy ishlab chiqarishniing bosh tarmog’i, iqtisodiyotning 
poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta qurishga qodir 
 

 
 
41 
bo’lgan yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan bir moddiy 
negizi bo’lishi mumkin. 
Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va 
tayyorlashni, ularni va qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta 
ishlashni o’z ichiga qamrab oladi. U barcha xalq xo’jaligi  tarmoqlari uchun 
ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning 
tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttiradigan, fan-texnika taraqqiyotini 
belgilaydigan, inson mehnatining unumdorligini oshirishga imkon beradigan, 
mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir. 
Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama 
rivojlanishiga xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo’lmish 
viloyatlarning tabiiy boyliklaridan, xom-ashyo va mehnat resurslaridan kengroq  
hamda har tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. 
O’zbekiston sanoatining hozirgi taraqqiyoti katta dinamiklik bilan ajralib 
turadi, chunki u mustaqillik yillarida, ayniqsa XX asrning oxiri va XXI asr 
boshlarida yuqori sur`atlar bilan rivojlana bordi. Ayni vaqtda ishlab 
chiqarishning yuqori darajada o’sish bilan bir qatorda, uning tuzilmasida ham 
uzluksiz tarkibiy o’zgarishlar ro’y berdi. Sanoatning uzoq istiqbolga 
mo’ljallangan rivojini aniqlash, turli iqtisodiy mutanosibliklarni belgilash va 
ularga e`tibor qilish zarurligini talab qiladi. 
Hozirgi zamon sanoati bir-biri bilan chambarchars bog’liq bo’lgan 
ko’pgina tarmoqlar va ishlab chiqarishlardan tashkil topadi. Bugungi kunda 
Respublika sanoatida 175 tarmoq, 25000 dan ortiq yirik va o’rta sanoat 
korxonalari mavjud. 
Umuman olganda, tarmoqlar bo’yicha ishlab chiqarish tarkibida og’ir 
sanoat (yonilg’i-energetika majmuasi, mashinasozlik, metallurgiya) 
salmog’ining oshishi yengil sanoat ulushi hisobiga bo’lmoqda. Ishlab 
chiqarishni diversifikatsiyalash va qo’shimcha qiymat yaratuvchi sanoat 
tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy strategiya respublikaga yaxshi 
natijalar keltirmoqda. 
 

 
 
42 
O’zbekiston o’zining oltini, paxta tolasi va ipagi, nefti va gazi, samolyot va 
avtomobillari, paxta terish va paxtani qayta ishlash mashinalari bilan, 
ekskovator va kompressorlari, vino va konservalari hamda bir qator boshqa 
sanoat mahsulotlari bilan dunyoga mashhurdir. 
O’zbekiston Respublikasining industrial qiyofasini energetika, kon-ruda, 
oltin qazib oluvchi, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari, elekrtotexnika 
va elektron sanoatlari, ko’p tarmoqli mashinasozlik va qurilish materiallari 
sanoati  belgilab bermoqda. 
Sanoat tarmog’i barcha rivojlangan mamlakatlar kabi bizning 
respublikamizda ham, davlat budjetiga tushadigan asosiy daromadlar manbaidan 
biri hisoblanadi. Sanoat keng ko’lamli va sertarmoq sohadir. U o’z ichiga og’ir 
va yengil sanoat tarmog’ini qamrab oladi. Og’ir sanoat tarmog’i tarkibiga 
elektroenergetika, yoqilg’i, metallurgiya, mashinasozlik va metalni qayta 
ishlash, qurilish materiallari hamda kimyo-neft sohalari kirsa, yengil sanoat 
tarmog’i to’qimachilik, tikuvchilik, charm-poyafzal va oziq-ovqat sohalarini o’z 
ichiga oladi. O’zbekiston sanoati to’qimachilik va qurilish materiallarini ishlab 
chiqarish borasida ko’p asrlik an’analariga egadir. O’zbek hunarmandlarining 
mahsulotlari dunyoga mashhur hisblanadi. Qurilish sohasida ham qadimdan 
yetakchi sanaladi. Bunga  Buhoro, Samarqand, Xiva va Toshkentda joylashgan 
qadimiy bino-inshootlar misol bo’ladi. Bundan tashqari “Buyuk ipak yo’li” 
markazida O’zbekistonni joylashishi to’qimachilik va tikuvchilik shohasini 
rivojlanishiga sabab bo’lgan. Milliy iqtisodiyotimizda sanoat tarmog’i muhim 
ahamiyatga ega bo’lib, u quydagi xususiyatlariga ko’ra iqtisodiyotimiz 
tarmoqlari orasida yetakchi o’rinda turadi: 

 
ushbu tarmoq bozorning katta qismini egallab, aholi is’temol tovarlarini 
ishlab chiqaradi; 

 
mamlakatning asosiy eksport mahsulotlarini yetkazib beradi; 

 
respublika aholisining katta qismini ish bilan ta’minlaydi; 

 
mamlakatni iqtisodiy qudratini oshiradi. 
 

 
 
43 
Keying davrlarda O’zbekiston Respublikasi sanoatida sifat va miqdor 
jihatidan jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bu o’zgarishlar respublika ichki 
bozorini sifatli mollari bilan to’ldirish, ularni eksportga sotish uchun ishlab 
chiqarish hajmini yuksaltirish, mahsulot turlarini ko’paytirish va sifat borasidagi 
ishlar orqali yaqqol nomoyon bo’lmoqda. Biroq tarmoqdagi korxonalar 
investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni rivojlantirishni asosiy omili sifatida 
jalb etiladigan mahalliy va xorijiy sarmoyalar asosiy ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi kunda sanoat tarmog’i tarkibiga kiruvchi korxonalarni investitsiya 
faoliyatini rivojlantirishga borasida korxonalarni tomonidan olib borilyotgan 
chora-tadbirlar diqqatga molikdir.  
Sanoat korxonalari ichki va tashqi bozorni turli hildagi rangli va qora 
metallar, avtomobillar, qurilish materiallari, gazlamalar, kiyimlar, oziq-ovqatlar, 
har xil sohalar uchun maxsus kiyim va asbob-uskunlar bilan ta’minlaydi. 
Shuningdek, ushbu tarmoq korxonalari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari 
(qishloq xo’jaligi, transport, aloqa va boshqalar)  uchun ham mahsulotlar 
tayyorlab berishga hizmat qiladi. 
Sanoatning yirik tarmoqlaridan biri bo’lgan metallurgiya sanoatida qora va 
rangli metallurgiya xom ashyolar qazib olinadi va qayta ishlanadi, shuningdek, 
po’lat, cho’yan va boshqa birikmalar ishlab chiqariladi (4-jadval). Metallurgiya 
4-jadval 
Metallurgiya tarmoqlari bo’yicha umumiy mahsulot hajmining o’sish 
sur'atlari (o’tgan yilga nisbatan foiz hisobida)
21
 
 
2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 
Jami 
98,5 100,4 102,8 96,4 103,3 100,4 101,6 100,8 
Qora 
metallurgiya 
105,3 111,6 111,9 105,4 106,7 107,7 106,3 107,7 
Rangli 
metallurgiya 
97,6  99,2 101,4 94,9 102,6 99,1 100,2 99,5 
 
                                                            
21
 O’zbekiston Respublikasi yillik statistik to’plami ma’lumotlari asosida hisoblangan
 
 

 
 
44 
sanoatining salmog’i sanoat tarmoqlari ichida katta ulushni tashkil qiladi. 
Statistik ma’lumotlaridan ko’rinadiki, hozirgi kunda sanoat korxonalarida ishlab 
chiqariladigan mahsulotlarini 13,7 %  ni metallurgiya korxonalari hissasiga 
to’g’ri keladi.  
Mustaqillik yillarida sanoatning yirik tarmog’laridan yana biri 
to’qimachilik sanoati rivojlana boshladi. Bu tarmoqda paxta, jun, kanop va 
boshqa xom ashyolar qayta ishlanadi, turli gazlamalar tayyorlanadi, trikotaj va 
to’quv buyumlari ishlab chiqariladi. To’qimachilik sanoatining salmog’i 
sanoatning yengil sanoat tarmoqlari ichida eng yuqori 88,7 % ni tashkil etadi. 
Lekin to’qimachilik sohasining sanoat tarmog’i tarkibidagi ulushi yildan-yilga 
pasayish tendensiyasiga ega (1-ilova). 
Oxirgi yillarda sanoat mahsulotlari ichida paxta tolasi eksporti hajmi 
yildan-yilga oshib bormoqda (5-rasm).  2009-yilda 1012,7 mln.AQSH.dollari 
qiymatidagi paxta tolasi eksport qilingan bo’sa, 2010-yilda bu ko’rsatkich 560 
mln.AQSH.dollarga oshib, 1572,7 mln.AQSH.dollariga yetdi.  
 
Download 5.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling