2 - AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Avtomobilsozlikda ishlatiladigan rezinalarni sinash usullarini o’rganish.
Rezinaning mustahkamligi va elastiklik xossalarini statik usulda sinash.
Rezinaning mustahkamligi: Rezinadan tayyorlangan buyum va materiallarda
cho’zuvchi kuchlar eng xavfli bo’lgani uchun ularni mustahkamligini cho’zish orqali
xarakterlanadi. Bunda cho’zishni astag’sekin ortib boruvchi kuch tahsirida
namunaning uzilishigacha davom ettriladi. Aslida rezina
buyumlar ularni ishlash
vaqtida normada ko’rsatilgandan ancha kam yuklanish ostida ishlaydi.
Shunday bo’lsa ham rezina buyumlar vaqt o’tishi bilan o’z mustahkamligini
yo’qotib boradi. Namunaga o’zgarmas kuchlanish
tahsir etishdan boshlab
namunaning yaroqsiz bo’lishgacha ketgan vaqt uning shu vaqt ishdagi mustahkamligi
yoki uzoqqa chidamliligi deyiladi. Kuchlanish miqdori ortib borishi bilan uzoqqa
chidamlilik keskin kamayada. Rezina cho’zilgan vaqtida uning o’z
shaklini saqlab
qolish qobiliyati diformatsiya tezligi harorat, rezina tarkibi
va uning tuzilishiga
bog’liq. Cho’zish tezligi qancha yuqori bo’lsa, namunani buzish uchun shunchalik
kam kuch talab etiladi. Chunki bunda molekula zanjirlari kam
darajada orientatsiya
bo’ladi. Deformatsiya vaqtida haroratni o’zgarishi mustahkamlik ko’rsatgichiga
tahsir qiladi. Odatda harorat ortishi bilan rezina mustahkamligi kamayadi va
aksincha. Sinash ishlari solishtirish mumkin bo’lgan
namunalar olish uchun GOST
yoki texnikaviy shartlarda keltirilgan mahlum tezlik va haroratda o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: