Узбекистон олий ва урта махс
Kurgazmali metod va urgatish usullari
Download 2.66 Mb.
|
НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА tasviriy faoliayt 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Naturadan foydalanish
Kurgazmali metod va urgatish usullari. Kuzatish metodi tasviriy faoliyatga urgatish tizimining umumiy asosini tashkil kiladi. CHunki, u atrof-muxitni urganishda, bilish xamda uni aks ettirishda muxim omil sifatida xizmat kiladi. Bolalarda kanchalik kuzatish, atrof-olam kurinishi bilan aloka urnatish, umumiylik va yakkalikni ajratish malakasi rivojlangan bulsa, shuncha bolalar ijodiy kobiliyatining rivojlanishi boglik buladi. Lekin kuzatishning uzi kurganni tasvirlab berishga tula imkon bermaydi. Bolalarni tasvirlashning muxim usullariga, turli tasvirlash materiallaridan foydalanish yullariga urgatish zarur. Kurgazmali metod va urgatish usullariga naturadan, rasm reproduksiyalaridan, namunadan, boshka kurgazmali kullanmalardan foydalanish, aloxida predmetlarni kurib chikish, tarbiyachi tomonidan tasvirlash usullarini kursatib berish, bolalarning bajargan ishlarini mashgulot yakunida kursatish, ularni baxolash kiradi.
Naturadan foydalanish. Tasviriy san’atda naturadan foydalanish deganda, kuzatish asosida predmet yoki kurinishni tasvirlash tushuniladi. Naturadan foydalanib ishlanganda chizayotgan kishining kuziga nisbatan naturaning kay xolatda turganini xisobga olgan xolda ma’lum bir nuktai nazardan turib, predmet kurinishi tasvirlanadi. Bu naturadan olib tasvirlash xususiyati mashgulot mobaynida uzgacha idrokning rivojlanishiga kumak beradi. Bunda asosiysi bolaning idroki bulib, tekislikda tasvirlangan predmet (rasm, applikatsiya) fakat bir tomondan idrok kilinadi; loydan buyum yasaganda va kurish-yasashda bolalarda naturani ugirib kurish xamda xajm-shaklni turli xil burilishda taxlil kilish imkoni bulishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda naturadan foydalanishning ayrim xususiyatlarini kurib chikamiz. Natura xotira ishini engillashtiradi, negaki tasvirlash jarayoni idrok bilan birlashadi, predmetning shaklini, tuzilishini, rangini tugri tushunib, etkazib bera olishga yordam beradi. 4-5 yoshdagi maktabgacha ta’lim bolalarining kobiliyatlaridan kat’iy nazar, maktab ta’lim oluvchisi yoki rassomning natura bilan ishlashiga nisbatan karaganda, bolalarning tasvirlangan ob’ektni taxlil kilishlari, shu natura bilan ishlashlarining uziga xos farki bor. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun sodda shaklli, anik chizmali bulishi kerak. Masalan: bolalar mashinani yon tomonidan, kugirchokni oldidan chizadilar va bunda xajmini etkazib berolmaydilar. Agar guruxda bolalar soni kup bulsa, barchasiga teng kurinishi uchun 2-3 ta bir xil predmet kuyiladi. Tarbiyachi naturani bolalar bilan birgalikda kismlarga ajratib kurib chikadi, bunda u taxlil jarayonini osonlashtirib, uz suzlari, xarakatlari bilan yunaltiradi. Bu jarayoni ma’lum bir idrok madaniyatini, rivojlangan analitik fikr yuritishni talab kiladi. Bunday kunikmalar bolalarda 5-6 yoshda rivojlana boshlaydi. Bu yoshda bolalar tasvirlayotgan ishlarini naturaga nisbatan takkoslashga urinadilar. Masalan: katta gurukda naturadagi archa shoxlarini tasvirlayotganda, bolalar shoxni fazoda joylashtiradilar (vertikal yoki kiya kolatda) va shoxdagi shoxchalarning sonini, ulchamlarini chap va ung tomondan, tuk yoki och rang bilan chizadilar. Natura sifatida tirik kushlar, kayvonlardan foydalanish mumkin emas. Ularning xarakatlari, tovushlari bolalarni rasm chizishdan chalgitadi, bolalarning predmetni kerakli kolatda idrok kilishlariga, dikkatlarini bir nuktaga karatishga kalakit beradi. SHunday kilib, urgatish metodi sifatida naturadan foydalanish tasvirlashning butun jarayonini uz ichiga mujassamlashtiradi: predmetining birlamchi taklili; tasvirni naturaga nisbatan takkoslash; natijaning shaklini, kolatini, rangini takkoslash; natijadagi rasm va naturani takkoslash yuli bilan bakolash. Download 2.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling