Uzbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta`lim vazirligi


Donadorlangan va ammoniylangan superfosfatlar


Download 1.27 Mb.
bet29/45
Sana21.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1643803
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
Bog'liq
МУКТ маьруза матн

3.4.6. Donadorlangan va ammoniylangan superfosfatlar
Xozirgi vaktda donadorlangan shakldagi superfosfat xam ishlab chikarilmokda. Kuritilgan donador superfosfat yopibok emasligi, kotib kolmasligi, tarkibidagi R2O5.-, ning kupligi, namlikning ozligi va boshka xossalari buyicha kukunsimon superfosfatdan farklanadi. Uni xattoki urug bilan birgalikda ekish mumkin, buning natijasida o`git tuprokda bir tekisda taksimlanadi va samaradorligi yaxshilanadi. Donachalarning tuprok eritmasida sekin erishi tufayli, undagi suvda eruvchan R2O5,-) ning juda oz mikdorigina tuprokdagi temir va alyuminiy oksidlari bilan ta`sirlashib, kiyin eriydigan birikmalarga aylanadi. Natijada o`gitdan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi, ya`ni uritning foydali ta`sir koeffikenti (FTK) ortadi.
Donadorlangan superfosfat ishlab chikarish sxemasi 3.22 — rasmda tasvirlangan. Superfosfat va neytrallovchi ko`shimcha ostiga me`yorlashtirgich urnatilgan bunkerlar 1 va 2 dan lentali ta`minlagich 3 orkali ukli tegirmon 4 ga tushadi, u erda maylalanadi va aralashtiriladi. Sungra aralashma elevator 5 ga tushadi, u erga, shuningdek, donadorlangan superfosfatni elashdan kaytarilgan mayda frakkiya — retur muntazam ravishda kelib tushadi. Elevator da uzatilgan aralashma transportyor 6 orkali donadorlagi 7 ga kelib tushadi. Bu aylanuvchi barabanda namlangan kukunsimon material donadorlanadi. Materialni 16% gacha namlash uchun kerak buladigan suv sachratgich forsunka orkali donadorlagich ichiga purkab turiladi. Superfosfat diametri 1,4 m, uzunligi 7,5 m va 0,125 s'1 (7,5 ayl/min) chastotada aylanuvchi barabandan 7 minut vakt mobaynida o`tadi. ?^osil bulgan nam donador maxsulot diametri 2,2 m, uzunligi 14 m va 0,125 s'I (7,5 ayl/min) chastotada aylanuvchi kuritish barabani 8 ga tushadi, u erda 3-5% namlikkacha kuritiladi. Suvda yaxshi eriydigan monokal`tsiyfosfatning yomon eriydigan kal`tsiy di- va metafosfatlarga aylanishini oldini olish maksadida kuritish jarayonida maksulotning xaroratini 9 5° S dan oshirmaslik kerak. Shuning uchun superfosfat va kizdiruvchi gaz bir xil yunalishda beriladi, ya`ni kaynok gaz okimi kuprok. nam maxsulot bilan tuknashadi, natijada maksulotning kizib ketish xavfi kamaytiriladi. Kizdiruvchi gaz kuritgichga kirishda 600°S, undan chik.ishda esa 100-120°S xaroratda buladi.
Kuritishda ftor birikmalari (2NF + SiF44 ning taxminan ekvivalent aralashmasi tarzida) uchib chikadi. Superfosfat kuritilishdan oldin kanchalik chukur neytrallangan bulsa, ftorli birikmalarning ajralishi xam shunchalik kamayadi, chunki superfosfat suyuk fazasidagi erkin fosfat kislotasining kamayishi natijasida SiF4 ning partsial bosimi xam kamayadi. Odatda superfosfatda dolgan ftorning 10-17% i kuritishda ajraladi; ftorning ajralish darajasi xaroratning kutarilishi va kuritish davomiyligining uzayishi bilan ortadi. Donadorlangan sperfosfatdagi ftorning ulushi boshlangich superfosfatdagiga Karaganda 0,1-0,15% ga kamayadi. Nuritgichdan chikadigan gazlar tsiklonli changyututgich orkali utib, absorberlarda tozalanadi va atmosferaga chikariladi.

3.22 — ragm. Donadorlangap superfosfat shklab chikarpsh sxsmasi:
1 — superfosfat uchun bunker; 2 —neytrallovchi kushimcha uchun bunker; 3 — lentali ta`minlagich;
4 — val.sh tstrmop; 5,10 — elevatorlar; 6 — donadorlangan suferfosfatni uzatish transportyor; 7 — donalashtirgich|,
8 - kuritish barabapi; 9 —retur transportyor; 12 — tayor maxsulot transpartyori; 13 — tegirmon, 15 — tayor maxsulot uchui bunkirlar; 16 — tikuv maishnasi.
Absorber da xosil buladigan eritma superfosfat changi bilan ifloslangan buladi. Uni tozalash kiyinchilik tugdiradi. Shuning uchun eritma zararsizlantirishga (bur bilan neytrallashga) yuboriladi yoki uni granulyatorda superfosfatni namlashga kaytariladi.
Kuritilgan maxsulot elevator 10 orkali elak 11 ga kelib tushadi, u erda frakkiyalarga ajratiladi. 4 mm dan yirik bulaklar tegirmon 13 ga va maydalangandan sung, transportyor 14 da yana elakka kaytariladi. 2-4 mm ulchamli frakkiya transportyor 12 yordamida tayyor maxsulot bunkerlari 15 ga, mayda frakkiya esa (umumiy mikdorning 20-30% i) retur transportyori 9 yordamida superfosfatning donadorlashdan oldingi massasiga kushish ^^chun yuboriladi. Donadorlangan superfosfat tayyor maxsulot bunkerlaridan vagonlarga tukish orkali yuklanadi yoki koplarga joylanib, trasportyorlar yordamida va tikuv mashinasi 16 da koplarning ogzi maxkamlanadi. Koplangan superfosfat transportyor 17 orkali vagonlarga yuklanadi.
1 tonna Donadorlangan superfosfat ishlab chikarish uchun 1,015-1,025 t oddiy superfosfat sarflanadi.
Korator fosforitidan Donadorlangan superfosfat olish uning ammoniylashtirish jarayoni bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bu esa ishlab chikarish jarayonidan superfosfatni namlash va kuritish boskichlarini chikarib tashlaydi, shuningdek neytrallash uchun ishlatiladigan oxak sarfini kiskartiradi.
koratog fosforitidan olingan superfosfatni ammiak bilan rN = 4-4,5 gacha neytrallash uzlashadigan R2O5 ni kamaytirmaydi. Suvda eriydigan R2O5 mikdori esa 12-18% ga kamayadi va uzlashadigan R2O5.- ning
73-82% ini tashkil etadi. Ammoniylashtirishda ajraladigan issiklik x^isobiga maxsulot namligi 4-5% ga kamayadi. Koratog fosforitidan olingan superfosfatni ammiakli selitra yoki karbamidning ammiakatlari bilan ammoniylashtirish orkali, tarkibida 20-21% ozuka elementlari, shu jumladan 5-6% azot tutgan yaxshi fizik va agrokimyoviy xossali donadorlangan murakkab o`gitlar olish mumkin.
Etiltirilgan superfosfatni gaz xolatdagi ammiak bilan ammoniylashtirish, aylanuvchi gorizontal barabanlar — ammoniylagich-donadorlagichlarda amalga oshiriladi. Sungra maxsulot omborga kelib tushadi, u erda ammoniylangan donador superfosfat 3-4 sutka mobaynida aralashtirib turgan xolda 2 8-32° S gacha sovutiladi. Sovutilgan maxsulot koplanadi.
Ammiakdan foydalanish darajasi 93-96% ni tashkil kiladi. Tarkibida 5-8 g/m3 NH3; bulgan ammoniylashtirgichdan chikuvchi gaz suvli absorberga yuboriladi. X,osil bulgan ammiakli suv (2-2,5% N11;}) superfosfat ishlab chikarishda ishlatiladigan sul`fat kislotani suyultirishda foydalapiladi.
1 t ammoniylangan donador superfosfat olish uchun 1,02 t nordon superfosfat va ~190 kg ammiak sarflanadi. Tayyor maxsulot tarkibida (% xisobida): R2O5umuya. = 16-16,8;
R2O5-uzl,, = 15-15,5; R2O5, = 11,5-12; N = 1,5-2,5; R2O5.erkin  0,5 va 3% namlik buladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling