X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuplanish davri.
- Naychalash davri.
Biologiyasi
Rivojlanish davrlari. Unib chiqishi. Афа urugining unib chiqishi uchun havo, suv va issiqlik talab qiladi. Shu omillar yetarli bo„lganda arpaning urugi 5-7 kunda unib chiqadi. Agarda issiqlik yetarli bolmasa, urugiar 15-20 kunda unib chiqa boshlaydi. Urug'ni unib chiqishi uchun 48-65% suv quruq urug„ vazniga nisbatan talab qiladi. 1-3 °C da ham urug„ni unib chiqanini ko„zatish mumkin lekin optimal harorat 18-25 °C, maksimal harorat esa 28-30 °C hisoblanadi. Urug„ni bir tekis unib chiqishiga quyidagi omillarning ahamiyati katta: suvni tanqisligi, past harorat, tuproqni zichlanishi, tuproqni qatqaloqligi, haddan tashqari namligi va urug„ni chuqur ko„milishi. Unib chiqish davrida urug„ kurtak va ildiz hosil boiadi. Ildiz tuproqqa kirib boradi, birinchi barg esa rangsiz yupqa qobiq bilan qoplangan, tuproq ustiga ko„tariladi. Maysalanish davri asosan uchta barg hosil boiishi bilan yakunlanadi. Tuplanish davri. Uchta barg hosil boiishi bilan tuproq ustki qatlamida poya bo„g1nlari hosil bola boshlaydi. Bu bo„g„indan ikkilamchi ildizlar va qo„shimcha maysalar hosil boiadi. Hosil boigan poyalar soni tuplanish darajasini ko„rsatadi. Hosildorlikni oshishiga rivojlanish sharoitining yaxshi kelishi qo„shimcha poyalaming asosiy poyadan salgina farq qilishi ham o„z ta‟sirini 107 ko„rsatadi. Bir o„simlikda poyalar soni 1 dan 16 poyagacha uchraydi, bu bilan tup hosil boiadi. Tik turuvchi, yoyilib o„suvchi va oraliq shakllari boiadi. Naychalash davri. Bu davrda bo„g„in oraliqlari uzayadi va boshoq hosil bola boshlaydi. Unib chiqqandan 4-6 hafta o„tgandan so„ng naychalash davri boshlanadi. Noqulay sharoitda bu davrda o„zining salbiy ta'sirini ko„rsatmay qolmaydi. Shu sababli o'simlik hosil tuzilish a‟zolarida o„sish va rivojlanishi kechikadi. Suv tanqisligi, oziq moddasini, yoruglikni yetishmovchiligi donni kamayishiga olib keladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling