Sub’ektiv tomonning zaruriy belgisi jinoyatni sodir etish maqsadi – xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishbilarmonlik nufuziga putur etkazish hisoblanadi. Bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxsda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishbilarmonlik nufuziga putur etkazish maqsadi bo‘lmasa, uning harakatida mazkur jinoyat tarkibi bo‘lmaydi.
Jinoyat sub’ekti o‘n olti yoshga to‘lgan har qanday aqli raso shaxs hisoblanadi.
Agar jinoyat raqobatchining shaxsiy hayoti bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumotlar asosida sodir etilsa, uning harakatlari Jinoyat kodeksi 192-modda bilan emas, balki Jinoyat kodeksi 140-modda talablari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim (Masalan: tadbirkorning o‘ynashlari ko‘pligining aytilishi).
Foydalanilgan adabiyotlar
Jinoyat-ijroiya huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. Mas’ul muharrir-yu.f.n., dots. B.J.Axrorov. –T.: O‘qituvchi, 2002. – 208b.
Jinoyat-ijroiya kodeksiga sharhlar. Rustamboev M.H., Axrarov B.J. va boshqalar. Ma’sul muharrir: yu.f.d., prof. M.H.Rustamboev. – T.: TDYUI, 2007. – 574 b.
Kommentariy k Ispravitelno-trudovomu kodeksu Respubliki Uzbekistan. –T.: Uzbekistan, 1997. - 345s.
Abduxaliqov M.A., Payzullaev Q., Abduqodirov SH.Y. Jinoyat -ijroiya huquqi (albom sxemalar). –T.: TDYUI, 2005. – 142 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |