5. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati
(O‘zR JK 188-moddasi)
Jinoyat ob’ekti – bir maromda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar. Bevosita ob’ekt – savdo va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni ro‘yxatga olishning belgilangan tartibi. Fakultativ ob’ektlar soliq to‘lash, savdo qoidalariga rioya qilish tartibi, ijtimoiy axloq, mamlakat mudofaasi, davlat xavfsizligi va hokazolar bo‘lishi mumkin.
Ob’ektiv tomondan Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan juda ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish ifodalanadi.
Ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlash aybdor savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirishni boshlagan paytdan tugallangan hisoblanadi.
Sub’ektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasd bilan tavsiflanadi. Aybdor savdo yoki vositachilik faoliyati bilan ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlab, bunday holatda ro‘yxatdan o‘tish majburiy ekanligini bilgani holda shug‘ullanayotganligini biladi va shunday harakat qilishni xohlaydi.
Sub’ektiv tomonning zaruriy belgisi jinoyatni amalga oshirish maqsadi – ancha miqdorda nazorat qilinmaydigan daromad olish hisoblanadi. Bunda nazorat qilinmaydigan daromad deganda, miqdoridan qat’i nazar, g‘ayriqonuniy faoliyatdan olinadigan daromad tushuniladi.
Olingan daromad miqdori faqat JK 188-moddasi 2 va 3-qismlarining kvalifikatsiya qilish belgilari sifatida ahamiyatga ega.
SHuni ta’kidlash lozimki, aybdor istagan maqsad (ma’lum miqdorda daromad olish) unga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra amalga oshmasa, bu JK 25-moddasi 2-qism va 188-moddaning tegishli qismi bo‘yicha jinoyat sodir etishga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinishi talab etiladi.
SHarhlanayotgan jinoyatning sub’ekti o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs. Mazkur jinoyat sub’ektining maxsus belgisi – u savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxsligidir.
Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanishning kvalifikatsiya qilish belgilari bunday jinoyatni:
Do'stlaringiz bilan baham: |