Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar


Download 244 Kb.
bet9/12
Sana10.11.2023
Hajmi244 Kb.
#1763795
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar

Ob’ektiv tomondan jinoyat litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishda ifodalanadi. Bunda mazkur ruxsatnoma (litsenziya) haqiqiy bo‘lishi, ya’ni amal qilish muddati o‘tmagan, tegishli shaxsga berilgan va hokazolar bo‘lishi lozim. Qonunga muvofiq, qandaydir asoslarga ko‘ra to‘xtatilgan, bekor qilingan yoki vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan litsenziya haqiqiy hisoblanmaydi. Bunday holatlarda faoliyatni amalga oshirishni davom ettirish maxsus ruxsatnomasiz faoliyat bilan shug‘ullanish deb topiladi. Boshqa shaxslarga berilgan litsenziya bilan faoliyatning muayyan turini amalga oshirish yoki faoliyatning bir turiga berilgan litsenziya bo‘yicha boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish ham jinoyat hisoblanadi.
Tuzilishi bo‘yicha jinoyat formal tarkibli hisoblanadi. Jinoyat davlat organlari ruxsatnomasisiz (litsenziyasiz) iqtisodiy faoliyat boshlangan paytdan tugallangan hisoblanadi.
JK 190-moddasining 1-qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik shunday hara-katlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil mobaynida sodir etilgan bo‘lsa, vujudga keladi, ya’ni aybdorni jinoiy javobgarlikka tor-tishning zaruriy belgisi – ma’muriy preyuditsiyaning mavjudligi hisob-lanadi.
Sub’ektiv tomondan jinoyat aybning ham to‘g‘ri, ham egri qasd shaklida ifodalanishi mumkin. SHaxs faoliyat bilan g‘ayriqonuniy shug‘ullanayotgan-ligini hamda u bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnoma olinishi talab qilinishini biladi va buni xohlaydi. SHaxs bunday harakat taqiqlangan-ligini bilishi to‘g‘risida uning avval bunday harakati uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgani dalolat beradi.
Jinoyat sub’ekti o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs hisoblanadi.
Jinoyatning kvalifikatsiya qilingan turi JK 190-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan:
a) xavfli retsidivist tomonidan sodir etilishi;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilishi.


8. Qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish

Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling