Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar


Tahlil qilinayotgan moddaning 2-qismi


Download 244 Kb.
bet11/12
Sana10.11.2023
Hajmi244 Kb.
#1763795
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar

Tahlil qilinayotgan moddaning 2-qismi qonunga xilof ravishda sir tutiladigan axborotni egasining roziligisiz qasddan oshkor qilish yoki undan foydalanish natijasida ko‘p miqdorda zarar etkazganlik uchun javobgarlikni belgilaydi.
Jinoyat ko‘p miqdorda zarar etkazilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Sub’ektiv tomondan JK 191-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat faqat qasddan sodir etiladi. Aybdor shaxs sir tutilayotgan axborotni oshkora qilishi yoki undan foydalanishi natijasida, sir tutiladigan axborot egasiga ko‘p miqdorda zarar etkazishini biladi, shuni hohlaydi yoxud ongli ravishda yo‘l qo‘yadi.
Jinoyat sub’ekti – sir tutiladigan axborotga qonuniy (kasbiy yoki xizmat faoliyati bilan bog‘liq) yoxud qonunga xilof ravishda egalik qilayotgan o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar hisoblanadi. So‘nggi holatda tergov organlari va sud aybdor bu axborotni olishga qanday erishganini aniqlashi lozim va tegishli belgilar mavjud bo‘lganda aybdorning harakatini JK 191-moddasi 1-qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish lozim.


9. Raqobatchini obro‘sizlantirish
(O‘zR JK 192-moddasi)
Jinoyatning bevosita ob’ekti tovar bozorida xo‘jalik sub’ektlarining qonuniy raqobatini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlardir.
Ob’ektiv tomondan jinoyat bosma yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishbilarmonlik nufuziga putur etkazish maqsadida bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatishda ifodalanadi.
Jinoyat bila turib yolg‘on, noaniq, buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni bosma yoki boshqacha uslubda ko‘paytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali oshkor qilingan paytdan, ya’ni o‘zga shaxslarga ma’lum bo‘lgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Sub’ektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Aybdor yolg‘on, noaniq, buzib ko‘rsatilgan axborotni tarqatayotganini oldindan bilishi lozim.

Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling