Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar


Download 244 Kb.
bet6/12
Sana10.11.2023
Hajmi244 Kb.
#1763795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar

JKning 1863-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning predmeti sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlardir.
JKning 1863-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat mazkur normaning dispoziyasida belgilangan harakatlardan biri sodir etilgan vaqtdan boshlab, ijtimoiy xavfli oqibatlari ro‘y berishidan qat’i nazar, tugallangan deb topiladi.
Jinoyat qonunining talablariga asosan aybdor shaxsga yuqorida tahlil qilingan harakatlari uchun ma’muriy jazo ko‘rilganidan so‘ng u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Sub’ektiv tomonidan jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Aybdor sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishini, tayyorlashini, olishini, saqlashini, tashishini yoxud o‘tkazishini anglaydi va mazkur harakatlarni sodir etishni istaydi. SHaxsning ko‘rib chiqilayotgan modda bo‘yicha javobgarlikka tortilishi uchun sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning ishlab chiqarilishi, tayyorlanilishi, olinishi, saqlanilishi, tashilishi mazkur mahsulotni o‘tkazish, ya’ni uni buyurtmachiga etkazib berish yoki bevosita iste’molchiga realizatsiya qilish maqsadini ko‘zlagan holda amalga oshirilishi kerak. Ko‘rsatilgan hollarda jinoyatning maxsus maqsadining yo‘qligi JKning 1863-moddasi bo‘yicha javobgarlikni istisno qiladi.
Jinoyatning sub’ekti sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs hisoblanadi.
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish bo‘yicha shaxsning harakatlari:
a) ko‘p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa;
d) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast etkazilishiga sabab bo‘lsa;
e) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish orqali sodir etilgan bo‘lsa JKning 1863-moddasi ikkinchi qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish bo‘yicha shaxsning harakatlari:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa;
v) odam o‘lishiga;
g) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa JKning 1863-moddasi uchinchi qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Mazkur kvalifikatsiyalovchi (alohida kvalifikatsiyalovchi) belgilar o‘z mazmuni bo‘yicha yuqorida boshqa jinoyatlarning tahlili doirasida ko‘rib chiqilgan belgilardan farq qilmaydi.



Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling