188-modda 2-qismi bilan
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sodir etilishi hisoblanadi.
JK 188-moddasining 3-qismi quyidagi kvalifikatsiya qilish belgilarini:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilishini nazarda tutadi.
JK 188 moddasining 2 yoki 3-qismi bo‘yicha tegishli belgilar mavjud bo‘lganda aybdor harakatlarini kvalifikatsiya qilish uchun ma’muriy preyuditsiya talab qilinmaydi.
6. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish
(O‘zR JK 189-moddasi)
Jinoyatning bevosita ob’ekti fuqaro manfaatlari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari, umumiy ovqatlanish korxonalarining me’yoriy faoliyati hisoblanadi.
Ob’ektiv tomondan Tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzishda ifodalanadi.
Sub’ektiv tomondan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish qasddan sodir etiladi. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda motiv va maqsad ahamiyatga ega emas. Jinoyat sub’ekti savdo yoki xizmat ko‘rsatish sohasida ishlayotgan va o‘n olti yoshga to‘lgan har qanday shaxs bo‘lishi mumkin.
7. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish
(O‘zR JK 190-moddasi)
Jinoyat ob’ekti iqtisodiyotning normal rivojlanishini ta’minlovchi xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishning o‘rnatilgan tartibi va xususiy tadbirkorlik hamda yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar, shuningdek, litsenziyani ko‘rib chiqish va berish uchun to‘lovni, ro‘yxat bojini olmayotgan davlatning moliyaviy manfaatlari hisoblanadi. Bundan tashqari, faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish uni tegishli nazorat ostidan chiqaradi va fuqaro hamda tashkilotlarga ziyon, fuqarolar sog‘lig‘iga, ijtimoiy axloq manfaatlariga zarar, mamlakat mudofasi va davlat xavfsizligiga putur etkazishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |