Motiv va maqsad qoida tariqasida g‘arazdir. Ammo, jinoyatni kvalifikatsiya qilishga tas’ir qilmaydi.
1861–moddaning 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatning sub’ekti faqatgina o‘z hokimiyat yoki mansab vakolatlari orqali etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini qonuniy ishlab chiqarilishi yoki muomalaga kiritilshi ustidan nazorat qiluvchi organlar faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki bu nazoratlarni oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs bo‘lishi mumkin.
3. CHigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
(O‘zR JK 1862-moddasi)
Jinoyatning bevosita ob’ekti xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy faoliyatlaridagi manfaatlari, xususan tovar ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlarini soxtalashini oldini olish va iste’molchilarning sifatli mahsulotlarga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar.
Fakutativ ob’ekt sifatida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar namoyon bo‘ladi.
Jinoyatning predmeti chigitdan oladigan mahsulotlar, xususan paxta-chigit mahsulotlarini qayta ishlash va texnik ishlovdan o‘tkazish natijasida olingan chigit yog‘i, kunjara va sheluxa va boshqalar.
JKning 1862–moddasida nazarda tutilgan jinoyatning ob’ektiv tomoni chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritilishida namoyon bo‘ladi.
Tahlil qilinayotgan modda blanket xarakteriga ega bo‘lib, chigitdan olinadigan mahsulotni ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritilishi qonunga xilofligini aniqlashda har bir holatlarda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilish lozim.
Jkning 1862–moddasida nazarda tutilgan jinoyat chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritilishi bilan tugallangan hisoblanadi.
Jinoyat sub’ektiv tomondan to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Aybdor o‘z harakatlarini ijtimoiy xavfliligining anglaydi va uni sodir etishni istaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |