Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar


Jinoyat ob’ektiv tomondan


Download 244 Kb.
bet2/12
Sana10.11.2023
Hajmi244 Kb.
#1763795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar

Jinoyat ob’ektiv tomondan iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi.
JKning 186-moddasi, 1-qismida nazrada tutilgan jinoyat aybdor tomo-nidan qanday ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishidan qat’iy nazar, mazkur norma dispozitsiyasida qamrab olingan harakatlarning atigi bittasini sodir etilishi bilan tugallangan hisoblanadi.
Jinoyat sub’ektiv tomondan to‘g‘ri qasddan sodir etiladi. Aybdor iste’-molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermay-digan tovarlarni ishlab chiqaryotganligi, saqlayotganligi, tashiyotganligi yoxud o‘tkazayotganligini anglaydi, shunga o‘xshash xarakterdagi ishlarni bajaradi yoki shunga o‘xshash xarakterdagi xizmatlarni ko‘rsatadi hamda bu harakatlarni sodir etishni hohlaydi.
Jinoyatning motivi turli bo‘lishi mumkin, lekin u jinoyatni kvali-fikatsiya qilishga ta’sir qilmaydi.
Jinoyatning sub’ekti iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, shuningdek ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga javobgar bo‘lgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar, ya’ni sotuvchi, tayyorlovchi yoki ish (xizmat)ni bajaruvchi bo‘lishi mumkin.
JKning 186-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat qonunda bel-gilangan oqibatlar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Agar bu oqibatlar kelib chiqmasa JKning 186-moddasi, 2-qismi bilan javobgarlik istisno qiladi.
JKning 186-moddasi, 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatda jinoiy qilmish (ishlab chiqarish, saqlash, tashish va boshqalar)ga nisbatan sub’ektiv munosabat to‘g‘ri qasd shaklida, qonunda ko‘rsatilgan oqibatlarga nisbatan sub’ektiv munosabat esa o‘z-o‘zga ishonish yoki beparvolik ko‘rinishidagi ehtiyotsizlik shaklida namoyon bo‘ladi.
Boshqa so‘z bilan aytganda, mazkur jinoyat tarkibi o‘zida aybning murakkab shaklini namoyon qiladi.
Agar sifatsiz, iste’mol talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish inson o‘limiga olib kelsa, qilmishni JKning 186-moddasi, 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilish lozim.
Tahlil qilinayotgan moddaning alohida kvalifikatsiya qilish belgilari JKning 186-moddasi, 4-qismida nazarda tutilgan bo‘lib, unda iste’molchi-larning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish natijasida:
a) odamlar o‘limiga;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan qilmish uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
JKning 186-moddasi, 4-qismi, “a” bandida nazarda tutilgan insonlar o‘limi deganda, ikki yoki undan ortiq shaxslarning o‘limiga olib kelgan ijtimoiy xavfli oqibatni tushunish lozim.



Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling