Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami
YuTM
modelining shartli nomlanishi YuTM yo‘llari YuTM tarmog‘i YuTM liniyalari xarakteri YuTM stansiyalari Yaponiya- Ispaniya YuTM lar mamlakat umumiy temir yo‘l tarmog‘ining koleyasi enidan farqli 1435 mm li koleya enidan foydalangan holda YuTM liniyalari qolgan temir yo‘l tarmog‘idan ajratib qo‘yilgan Ayrim magistrallarning nisbatan uzunligi Yangi stansiyalar quriladi yoki yangi YuTM yo‘llari mavjud rekonstruksiya qilingan vokzal binolariga quriladi yaratiladi Fransiya YuTM lar mamlakat asosiy temir yo‘li koleyasi eni (1435 mm) bilan bir xil koleyali qilib yaratiladi YuTM liniyalari qolgan temir yo‘l tarmog‘i bilan birlashtirilgan Odatda, YuTM bilan ulanish liniyalari yordamida bog‘langan mavjud stansiyalardan foydalaniladi Italiya- Germaniya Nisbatan qisqa YuTM uchastkalari, shu jumladan umumiy tezyurar yo‘laklardagi uchastkalarda Umuman tezyurar magistrallarga va ularning ayrim texnik qurilma-lariga qo‘yiladigan asosiy talablar yo‘lovchilarni ommaviy tashishlarni amalga oshirish vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Yuqori tezlikdagi magistrallarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanishda qator talablarni ta`minlash talab etiladi: ‒ safarning xavfsizligi, qulayligi; ‒ magistralning belgilangan istiqbolga ehtiyoj (talab) darajasidagi o‘tkazish imkoniyati; ‒ poyezdlarning loyihada belgilangan tezlik bilan harakatlanishi; ‒ magistralning favqulodda vaziyatlarda ham faoliyatini davom ettirish imkoniyati; ‒ atrof-muhitga minimal salbiy ta`sir ko‘rsatish; ‒ qabul qilingan muhandislik echimlarining iqtisodiy samaradorligi. Bularning barchasi boshqa transport turlari bilan raqobat sharoitida yo‘lovchilarni jalb etish uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratadi.Ba`zi Yevropa mamlakatlarida yuqori tezlikdagi magistrallar tarmog‘i-ning rivojlanishi, shundan keyin umumyevropa tezyurar temir yo‘l tarmo-g‘ining yaratilishi alohida yuqori tezlikdagi milliy magistrallar texnik qurilmalarining (muvofiqligi) (harakatlanuvchi tarkib va statsionar quril-malar) o‘zaro uyg‘unligi masalasini paydo qildi. Bu muammo turli mamla-katlar orasida temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yila boshlagan XIX asr oxirida yuzaga kelib ulgurgan edi. Harakatlanuvchi tarkib gabaritlari, o‘qqa tushadigan yuklama, g‘ildirak juftliklari konstruksiyalari, tormoz tizimlari va elektr ta`minot qurilmalariga umumyevropa me`yorlari standartlarini qabul qilish zarur edi. Biroq u paytda temir yo‘l orqali xalqaro tashishlar hajmi ichki tashish hajmiga nisbatan ancha kichik bo‘lganligi sababli bu masala u qadar dolzarb ahamiyat kasb etmagan edi.Davlatlararo yuqori tezlikdagi magistrallar g‘oyasi yuzaga kelishi bilan yana texnik muvofiqlik, yoki so‘nggi paytda aytilishicha, texnik vositalarni uyg‘unlashtirish masalalariga qaytishga to‘g‘ri keldi. Bu yerda so‘z koleya eni, elektr ta`minot tizimlari, harakatlanuvchi tarkib va inshootlar yaqin-lashish gabaritlari, boshqaruvchi hamda harakat xavfsizligini ta`minlay-digan qurilmalar va infratuzilmaning boshqa komponentlari to‘g‘risida bormoqda. Masalan, Ispaniya va Portugaliyada temir yo‘l koleyasining eni 1668 mm, Yevropaning boshqa mamlakatlarida – 1435 mm, O‘zbekiston va sobiq SSSR mamlakatlarida – 1520 mm, Finlyandiyada – 1524 mm ga teng. Temir yo‘llarni elektrlashtirish tizimlari ham o‘zaro farqli. Masalan, Fransiya va Buyuk Britaniyada 25 kV kuchlanishli, chastotasi 50 Gts bo‘l-gan o‘zgaruvchan tok tizimi, 1,5 kV kuchlanishli doimiy tok tizimi qabul qilingan bo‘lsa; Germaniyada 15 kV kuchlanishli, chastotasi 162/3 Gts bo‘lgan o‘zgaruvchan tok ishlatiladi; Rossiyada – 25 kV kuchlanishli, chastotasi 50 Gts o‘zgaruvchan tok va 3 kV kuchlanishli doimiy tok qo‘l-lanadi. Toshkent – Samarqand va Samarqand – Buxoro liniyalarida yo‘lov-chi tashiydigan poyezdlarning tezyurar harakatini joriy qilishda O‘zbekis-tonda 27,5 kV kuchlanishli o‘zgaruvchan tortuv tok tizimi saqlab qolindi.Buyuk Britaniya va Yevropaning qit`a qismi o‘rtasida poyezdlarning tezyurar harakatini joriy qilishda harakatlanuvchi tarkib gabaritlari tufayli jiddiy to‘siqlar yuzaga kelib, bu keyinchalik, Parij, Bryussel va Londonni o‘zaro bog‘lagan liniya uchun « Eurostar » tezyurar poyezdini loyihalash-tirishda hisobga olindi. Yo‘lovchilarni tashiydigan platforma balandligi-ning turli mamlakatlarda har xil ekanligi kabi bir qarashda ikkinchi dara-jadagi masala ham xalqaro qatnovlarda ommaviy tashishlar uchun mo‘ljal-langan harakatlanuvchi tarkibni yaratishda, loyihalashtirishda muammolar paydo qildi.Biroq xalqaro katta tezlikdagi harakatlanish imkoniyatini ta`minlash bo‘yicha dastlabki texnik yechimlar ko‘p jihatdan majburiy bo‘lib, poyezd-larga qo‘shimcha, aytish mumkin bo‘lsa, hatto ortiqcha uskunalarni o‘rna-tishdan iborat edi. Misol uchun, turli mamlakat temir yo‘llari bo‘ylab «Eurostar» yoki «Thalys» tezyurar poyezdlari qatnovini ta`minlash uchun kontakt simidagi tokning turli kuchlanishi va turida harakatlanuvchi tarkib tortuv yuritmasining ta`minlab beradigan nisbatan murakkab elektr usku-nalar talab etiladi. Ushbu poyezdlarda shuningdek harakatni muvofiq-lashtiruvchi va xavfsizlikni ta`minlovchi 3-4 komplekt bort qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib, ular navbatma-navbat turli mamlakat temir yo‘llarida ishga tushiriladi. Bularning barchasi xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan tezyurar poyezdlar narxi milliy tezyurar magistrallarda ishlatiladigan poyezdlarga nisbatan 30-50% qimmatlashuviga olib keldi.Temir yo‘l texnik vositalarining o‘zaro muvofiqlik shartlarini ishlab chiqish maqsadida Umumevropa temir yo‘l tarmog‘i uchun temir yo‘l us-kunalarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish maqsadida operatsion muvofiqlik texnik shartlarini ishlab chiqadigan maxsus Yevropa assotsiat-siyasi tashkil etildi. Yevropa Ittifoqi Transport vazirlari Kengashi barcha manfaatdor mamlakatlar o‘rtasida kelishuvga erishishda hamda ko‘rsatma sifatida ana shu hujjatning asosiy qoidalarini tasdiqladi. Biroq o‘tgan asrning 80-yillari oxirida yagona texnik shartlar ustida boshlangan ishlar, temir yo‘l qurilmalarining o‘zaro muvofiqligi bo‘yicha muammolarning ayrim elementlari bo‘yicha ma`lum darajada siljishga erishilganligiga qaramay, ularning mrakkabligi sababli ishlar hali tugallanmagan.O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchi poyezdlarining tezyurar va yuqori tezlikda harakatlanadigan Toshkent-Samarqand liniyasidagi infratu-zilma obyektlariga qo‘yiladigan asosiy talablar «Boshtransloyiha» OAJ, «Toshtemiryo‘lloyiha» MChJ, ToshTYMI va Transport qurilishi obyektlari bo‘yicha izlanish va ularni loyihalashtirish bo‘yicha «Lengiprotrans» ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan VSN 448-N /5/ da bayon etilib, u quyidagi hujjatlar asosida: ‒ STO RJD 01.07.001-2007 (ishlab chiquvchi - Rossiya YV ning «Temir yo‘l transportining Butunrossiya ilmiy-tadqiqotchilik instituti» davlat federal unitar korxonasi (FGUP VNIIJT)); ‒ Yo‘lovchi tashiydigan poyezdlarning tezyurar harakatini tashkil qilish maqsadida Toshkent – Samarqand temir yo‘l liniyasi infratuzilmasini loyihalashtirish bo‘yicha Maxsus texnik shartlar («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan tasdiqlangan, ilmiy-texnik kengashning 2009 yil 07.08.dagi №5 bayonnomasi). VSN 448-N yo‘riqnomasi Toshkent - Samarqand temir yo‘l liniyasida-gi uchastkalarda yo‘lovchi poyezdlarining soatiga 250 km gacha harakatla-nish tezligiga erishish uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ infratuzilma obyektlariga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Bunda liniyaning mu-ayyan uchastkalarida oddiy va tezyurar poyezdlarning birga harakatlanish sharoitlarini saqlab qolgan holda yo‘lovchi tashuvchi poyezdlarning soati-ga 250 km gacha tezyurar harakatini joriy etish to‘g‘risidagi qaror «O‘zbe-kiston temir yo‘llari» AJ tomonidan qabul qilinadi.VSN 448-N /5/ ga muvofiq Qoidalar /9/, yuklarni ortish va mahkam-lashning texnik shartlari /10/ hamda yo‘riqnoma /11/ ko‘rsatmalariga bino-an yuk tashiydigan harakatlanuvchi tarkib tezyurar harakatlanish uchastka-siga kirib keladigan boshqa yo‘nalishlardan kirib kelish joylari vagonlar yuklanish darajasini tekshirish hamda harakatlanuvchi tarkib yurish qism-larining sozligini tekshirish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.Yo‘lovchi tashiydigan poyezdlarning yuqori tezlikda harakatlanish uchastkalari tezyurar, yo‘lovchi tashiydigan tezyurar, shahar atrofi, tezkor va oddiy yuk poyezdlari uchun mo‘ljallangan xavfsizlik qurilmalarini saq-lab qolgan holda yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati uchun mo‘ljallangan harakat xavfsizligi qurilmalari bilan qo‘shimcha tarzda jihozlanishi talab etiladi.Quyida VSN 448-N ning tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘l lini-yalarining temir yo‘l infratuzilmasi, yer polotnosi va sun`iy inshootlariga tegishli talablarga oid qismining asosiy qoidalari berilgan. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling