Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/24
Sana04.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1161506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami

h, mm 
  
So‘ndirilmagan tezlanishi 0,4 m/s
2
bo‘lganda R
min
 (m) 
qiymatlari 
350 km/s 
400 km/s 
100 
9400 
12000 
110 
8800 
11500 
120 
8400 
10900 
130 
7850 
10400 
130 
7500 
9900 
150 
7200 
9400 
Qiyin sharoitlarda yo‘lning ballastsiz ustki qurilmasidan foydalanishda so‘ndirilmagan 
tezlanish 0,65 m/s
2
gacha ko‘tarilishi mumkin. So‘ndirilmagan tezlanishlar qiymatlari 
haqida eng oxirgi variantlarini texnik–iqtisodiy tanlovi asosida qabul qilinishi tavsiya 
etiladi.
Yuqori tezlik liniyalari uchun yo'l va strelkali o'tkazgich konstruksiyalari. 
Reja: 
1. Tezyurar xarakat uchun maxsus strelkali o‘tkazgichlar.
2. Strelkali o‘tkazgichlarning bog‘lovchi qismlari. 
3. Strelkali o‘tkazgichlar asoslari. 
1.
Tezyurar harakat uchun maxsus strelkali o‘tkazgichlar

Keyingi o‘n yilliklarda ko‘pchilik davlatlarning yo‘llarida tez yuarar va yuqori 
tezlikdagi harakat keng tarqala boshlagan. O‘zbekiston temir yo‘llarini rivojlantirish 
dasturida 160, 200 va 250km/s gacha tezlik bilan yo‘lovchi poyezdlarini harakatlanishini 
yo‘lga qo‘yish maqsadida bir necha ming km yo‘llarni qayta qurish 
mo‘ljallangan.Tezyurar strelkali o‘tkazgichlar va tushish yo‘llari 200km/s gacha harakat 
tezliklari uchun seriyalab ishlab chiqarilgan va Toshkent – Samarqand - Qarshi liniyasida 


bir necha yildan beri muvaffaqiyatli ishlamoqdalar. Bunday strelkali o‘tkazgich va tushish 
yo‘llari konstruksiyasida egiluvchan ayrili strelka va qayishqoq burovchi serdechnikli
o‘zluksiz yumalash yuzali krestovina qo‘llanadi. Poyezdlar harakatini yuqori tezliklarida 
strelka va krestovinaning konstruksiyasida bittadan klyammer tipidagi tashqi tutashtirgich 
(zamыkatel) ko‘zda tutilgan. Zamыkatellar strelkada ayrining uchida, krestovinada esa 
serdechnikning uchida o‘rnatilgan. Bunday o‘tkazgich va tushish yo‘llarining asosi bo‘lib 
temir beton bruslar xizmat qiladi. Rels elementlari taglikka qayishqoq klemmalar 
yordamida biriktiriladi. Temir beton bruslarga tagliklar temir beton asosli yo‘l 
konstruksiyasida 
qo‘llanadigan 
namunaviy 
zakladnoy 
boltlar 
bilan 
mahkamlanadi.Poyezdlar harakat tezligini 200 km/s dan yuqoriga ko‘tarish strelkali 
o‘tkazgichlar konstruksiyasiga jiddiy o‘zgarishlar kiritilishini talab etadi. Shu maqsadda 
maxsus yuqori tezlikdagi strelkali o‘tkazgich va tushish yo‘llari ishlab chiqiladi. 200 km/s 
tezliklargacha mo‘ljallangan strelkali o‘tkazgichlardan farqli o‘laroq, yuqori tezlikdagi 
strelkali o‘tkazgichlarning konstruksiyasida oraliq yo‘llari relslarining poduklonkasiga 
teng strelkali o‘tkazgichning rels elementlarini ishchi yuzasining poduklonkasi nazarda 
tutiladi. Ramali relslar, krestovina va tutashtirish yo‘llari relslarining poduklonkasi maxsus 
konstruksiyali metall tagliklardan foydalanish hisobiga shakllanadi, relslarning 
poduklonkali ishchi yuzasi shakliga mos ayrilar, krestovina serdechniklarini va uning 
usoviklarini yumalash yuzasi esa bu elementlarni ishlab chiqish jarayonida ularga maxsus 
ishlov berish hisobiga hosil qilinadi. Yuqori tezlik yo‘llaridagi strelkali o‘tkazgich 
Poyezdlarni strelkalardan 250 km/s tezlik bilan o‘tish xavfsizligi ayrilar uchida va ularning 
randalangan qismi oxirida o‘rnatilgan elektr uzatmalarning ichki zamыkatellari hamda 
ikkita tashqi zamыkatellar tomonidan ta’minlanadi va nazorat qilinadi. O‘tkazish 
mexanizmlari va tashqi zamыkatellarning elementlari temir betonlilarni o‘rniga 
strelkaning elektr uzatmalarini o‘rnatish joylariga qo‘yilgan kovak metall bruslar ichida 
joylashadi (rasm 6.1). Strelkaning bunaday konstruksiyasi qo‘l mehnatidan 
foydalanmasdan faqat mashina usulida uni to‘g‘rilash va urib qoqish (vыpravka i 
podbivka) ishlarini amalga oshirishga imkoni beradi. Yuqori tezlikdagi poyezdlarni 
krestovinadan o‘tish xavfsizligini oshirish uchun, krestovinaning ikkinchi elektr 
uzatmasidan kuchlanish uzatiladigan richagli qurilma va bo‘ylama tutashtiruvchi tyagali 
qo‘shimcha mexanizm yordamida amalga oshiriladigan qo‘shimcha muayyan holatda 


mahkamlab qo‘yiladigan joy serdechnikning qayishqoq (uzun) tarmog‘iga belgilab 
qo‘yilgan.
2
Yuqori tezlik strelkali o‘tkazgich strelkasi 
Yuqori tezlik strelkali o‘tkazgich krestovinasi 
Rels 
elementlarini 
tagliklarga 
mahkamlanishi 
– 
qayishqoq 
bo‘lib, 
takomillashtirilgan konstruksiyali klemmalar orqali amalga oshiriladi. Tezyurar strelkali 
o‘tkazgichdan farqli ravishda yuqori tezlikdagi strelkali o‘tkazgich konstruksiyasida metall 
qismlari temir beton bruslarga shurupli–dyubelli usulda mahkamlanadi, bu esa rels 
koleyasi va butun konstruksiyaning turg‘unligi va barqarorligini ma’lum darajada 
oshiradi. Tezyurar va yuqori tezlikdagi harakatning zaruriy sharti strelkali o‘tkazgichlarni 
choksiz yo‘l tarkibiga kiritishdan iborat, shuning uchun tezyurar va yuqori tezlikdagi
strelkali o‘tkazgichlarning konstruksiyalarida o‘tkazgich choklarini payvandlanishi va uni 
relslarga payvandlab ulash ilojlari ko‘zda tutiladi. Choksiz yo‘lda ishlovchi strelkali 
o‘tkazgichlarga harorat kuchlarini kompensatsiyalash uchun, ularni pletlarga tutash 
joylarida maxsus qurilmalar – tenglashtirish choklari o‘rnatiladi (rasm 6.4).
Bunday qurilmaning asosiy elementlariga yo‘lda strelkali o‘tkazgich elementiga 
payvandlab qo‘yiladigan ayri, hamda o‘ram (plet) oxiriga payvandlab ulanadigan 
qo‘zg‘aluvchan rels kiradi. Uzluksiz yumalash yuzasiga ega krestovinalar (qo‘zg‘aluvchan 
serdechnikli) 1968 yildan boshlab ishlab chiqarilib temir yo‘llarimizning R65 turdagi 
strelkali o‘tkazgichlarida yotqizilmoqda. Bunday krestovinalarning ishlatilishi uch xil 
bo‘ladi: 
buriluvchi serdechnikli
egiluvchan serdechnikli
egiluvchan–buriluvchan serdechnikli
Ular bosh yo‘llarda yotqiziladigan oddiy strelkali o‘tkazgichlarning turli xil
konstruksiyalarida qo‘llaniladi:
- juda katta bo‘lgan yuk tashish jadalligi va to‘g‘ri yo‘lda harakat tezliklari 140 km/s 
gacha yo‘llarda krestovinasi uzunligi 5.5m bo‘lganda burilish serdechnikli o‘tkazgichlar;
2
Ch. Satish, M.M. Agarwal, Railway engineering. Oxford University press. New Delhi. 2007 y.


- poyezdlar harakat tezliklari 160 km/s gacha bo‘lganda, uzaytirilgan burilish 
serdechnikli o‘tkazgichlar;
- yonbosh yo‘nalishlarga tezliklar 80 km/s ga teng, nishabligi kam strelkali 
o‘tkazgichlarni konstruksiyasida egiluvchan serdechnikli o‘tkazgichlar;
- poyezdlarni 200 va 250 km/s gacha tezliklari bilan harakatlanishida egiluvchan va 
egiluvchan – buriluvchi serdechnikli o‘tkazgichlar.
Qo‘zg‘aluvchan serdechnikli krestovinalarning oxirgi varianti ikki xil 
modifikatsiyalarda bo‘ladi: oddiy yo‘lning to‘rtta boltli choklari yordamida 
mahkamlangan serdechnikning ikkita egiluvchan shoxli yog‘ochli o‘tkazish bruslariga 
yotqizish uchun qo‘llaniladigan; hamda temir beton bruslarga yotqiziladigan egiluvchan–
burilish serdechnikli, qaysindaki to‘g‘ri yo‘l bo‘ylab ishlovchi uzun shoxi egiluvchan 
bo‘lib, o‘zak qismida oddiy yo‘l choki orqali mahkamlanadi, yonbosh yo‘l bo‘yicha 
ishlaydigan qo‘yma–qoplama tipidagi o‘zak chokiga ega kalta shoxi esa buriluvchan 
bo‘ladi. Krestovina us relslari maxsus UR65 rels prokatidan, qo‘zg‘aluvchan serdechniklar 
esa OR65 ayrili prokat (uglerodli po‘lat) dan yasaladi. Qo‘zg‘aluvchan serdechnikli 
strelkaning elektr uzatmasi (yoki uzatmalari) bilan sinxron ishlaydigan o‘yilib 
kirg‘izilmagan elektr uzatma (yoki ikkita uzatma) yordamida bir ishchi holatidan 
ikkinchisiga o‘tkaziladi. Qo‘zg‘aluvchan serdechnikli krestovinalarni us relsi 
serdechnikning tashqi tutashtirgich bilan jihozlashga kirishildi, shu bilan shunga o‘xshash 
turdagi va rusumli qo‘zg‘almas krestovinalarga nisbatan xizmat muddati 3—4 marotabaga
oshirildi. Strelkali o‘tkazgichlarda bunday krestovinalardan foydalanishda kontrrelsli 
uzelni keragi bo‘lmaydi. Kontrrelslar va rels izini uzilishi bo‘lmagan hollarda, krestovina 
va ekipajni o‘zaro hamkorligining gorizontal va vertikal dinamik kuchlari ancha kamaydi, 
harakatning ravonlik va qulaylik darajasi oshadi, bu esa yo‘lovchi poyezdlarning tezyurar 
va yuqori tezlikdagi harakat yo‘llari uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling