Z nishonova, D. Qarshiyeva


Download 2.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/33
Sana16.09.2023
Hajmi2.53 Mb.
#1679768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
Ekspirimental psixologiya 2007 КУЛЛАНМА

Eksperiment Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi 
shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o‘z xohishi bilan qandaydir 
psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib, psixik hodisaning 
tashqi sharoitga bogiiqligini tekshirib ko‘rishi mumkin. Eksperiment 
metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qoilanilishi 
bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni tajriba y o ii bilan q o ig a kiritilgan 
faktlarning asosiy ko'pchiligi psixologiyada eksperimental y o i bilan 
olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga 
eksperimentni qoilab boimaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar 
va funksiyalar ko‘proq eksperiment y o ii bilan o ‘rganilsa, shaxsning 
birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko‘pgina qobiliyatlari) 
ham shu metod yordamida o'rganiladi. Lekin xarakter va qobiliyat- 
laming murakkab turlarini eksperiment metodi bilan o‘rganib b o i­
maydi.
Suhbat metodi Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida 
qoilaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa 
metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali q o ig a kiritilgan xulosa- 
larni aniqlashda qoilaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan 
foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi 
mumkin.
Intervyu m etodi Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada 
keng koilaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat 
metodi kabi intervyu metodi ham savol-javob metodiga tegishlidir. 
Ko‘pincha intervyu uchun savollami sotsiologik anketalarga o‘xsha- 
tib, ya’ni turli masalalar yuzasidan ko‘plab javoblar olishni ko‘zlab 
tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning 
faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqi- 
chiga to‘g‘ri keladi. Biroq bilimlarni va o‘rganilayotgan psixik 
xususiyatlarning tuzilishini hisobga olib tuzilgan savollar o‘rgani- 
layotgan holatlar tuzilishi hamda darajalarini bundan keyin aniqlash 
uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.
22



Download 2.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling