Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari


Download 0.86 Mb.
bet60/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari: taraqqiyot, dialektika, metafizika, eklektika, sofistika, dogmatizm, sinergetika, bog‘la-nish, aloqadorlik, takrorlanish, qonun, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat, miqdor, sifat, inkor, vorislik, yangilanish, kategoriya, alohidalik, umumiylik, xususiylik, sabab va oqibat, mohiyat va hodisa, qism va butun, mazmun va shakl, element-struktura, sistema, sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqyelik, ob'ektiv-lik, umumiy aloqadorlik, determinizm, rivojlanish.


Takrorlash uchun savollar:
Taraqqiyot nima?
Dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, dogmatika va sinergetika tushunchalarining mazmun-mohiyatini qanday izohlaysiz?
Dialektika qonunlarini izohlang?
Dialektika kategoriyalari o‘rtasidagi aloqadorlik va ularning huquqiy amaliyotda namoyon bo‘lishi.
Dialektika tamoyillarining bugungi kundagi ahamiyati.
8-mavzu: Bilish falsafasi


Siz quyidagilarni o‘rganasiz:
bilish to‘g‘risidagi falsafiy ta'limot;
bilim va axborot tushunchalari mutanosibligini falsafiy anglash;
haqiqat tushunchasi.


Mavzuning maqsadi:

  1. faylasuflarning bilish jarayoniga nisbatan qarashlarining

mazmunini o‘rganish;

  1. falsafiy gnoseologiyaning asosiy tushunchalarini berish;

  2. kundalik va va ilmiy bilish o‘rtasidagi farqlarni aniqlash;

  3. haqiqat va uning turlari haqida tasavvur hosil qilish.

Inson va insoniyat tomonidan uni o‘rab turgan atrof-muhitni bilish uning hayotida muhim ahamiyat kasb etishini isbotlashning keragi yo‘q. Ammo kundalik turmushda kishilar bilish bilash mashg‘ul bo‘lib, bu jarayon qanday ro‘y berishi, uning shart-sharoitlari, shakl-lari, qonuniyatlari to‘g‘risida kam o‘ylanadilar. Bilishni o‘zini bi-lish maxsus tahlilni talab qiladigan vazifadir. Bu masala ko‘pdan beri falsafiy mushohadalarning predmetiga aylangan. Bu vazifani falsafiy bilish nazariyasi-gnoseologiya amalga oshiradi. Bilish nazariyasi (gnoseologiya) falsafaning bo‘limi bo‘lib, bilishning ta-biati, imkoniyatlari, reallikka munosabati, bilishning shart-sha-roitlari, uning haqiqiyligi shartlarini o‘rganadi. Gnoseologiya-ning vazifasi umumiy bilish nazariyasini vujudga keltirishdir. U bilishning inson faoliyatining ma'lum sohalaridagi o‘ziga xoslik-laridan uzoqlashadi va ulardagi umumiylikni aniqlaydi.
Bilish bilimlar olishga qaratilgan jarayondir. Bilim bu jarayonning hosilasi bo‘lib, inson ongining mazmuniga kiradi va o‘z tabiatiga ko‘ra idealdir. Ammo bilim o‘z predmetiga ega. Bilim ma'lum predmet to‘g‘risidagi axborotdir.
Bunday ta'rif juda sodda bo‘lib ko‘rinadi. Ammo uning qisqa va soddaligi amalda aldamchidir.
Ushbu ta'rifga biroz aniqlik kiritamiz.
1. Bilim va axborot-aynan bir xil tushunchalar emas. Har qan-day bilim axborotdir. Lekin har qanday axborot ham bilim emas. Axborot kengroq tushunchadir. Birinchidan, bilim faqat ongda mavjuddir, axborot esa ongga ega bo‘lmagan tabiiy tizimlarda ham mavjud. Har qanday informatsiya bilimga aylanishi mumkin, lekin u avvalo ong faktiga aylanishi, ya'ni anglanishi kerak. Ikkinchidan, bilim – bu sub'ekt ega bo‘lgan hamma axborot emas, balki sub'ekt tomonidan mazmuni mushohada qilingan axborotdir. Bilim sub'ekt tomonidan fikr qilingan axborotdir.
2. Bilim har doim tasdiq yoki inkor shaklidagi mulohazadir.
3. Har qanday bilim ob'ektivdir, u sub'ektning xohish-istak-lari va hissiyotlari bilan belgilanmaydi, balki ob'ektning xususi-yatlari bilan belgilanadi. Inson “men bilaman” deganda birinchi-dan, unda qandaydir ma'lum ob'ekt to‘g‘risida bilim borligini, ikkinchidan, bu bilim ob'ektivligini ta'kidlaydi. Lekin bu ob'ek-tivlik prezumpsiyasi bilim bilan doimo birga bo‘lsa-da, ko‘pincha sub'ektiv fikr bo‘ladi, chunki bu bilimda ob'ektning xossalari emas, balki inson ko‘zidagi bu o‘zgarishlarga uchragan predmet qiyofa-sining (obrazining) xossalari aks etadi. Bizning bilimlarimizda qandaydir sub'ektivlik, ya'ni ushbu bilimlarni vujudga keltira-yotgan kishining “izi”bo‘ladi.
4. Demak, bilimlar haqiqiy yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin ekan. Boshqacha aytganda, xato mulahaza ham bilimdir. Lekin yolg‘on bilim-dir. Shunday qilib, bilim tushunchasi juda keng bo‘lib, har qanday predmet to‘g‘risidagi mulohaza bilim bo‘lishi mumkin. Ammo biror predmetni bilish to‘g‘risida gapirilganda, bu bilishning natijasi – ob'ektiv bilim bo‘lishi nazarda tutiladi. Predmet to‘g‘risidagi ob'ektiv bilim – bu shunday bilimki, uning mazmuni sub'ektning xohishi bilan emas, balki ob'ektning o‘z tabiiy xususiyatlari bilan shartlangandir.
Falsafada sub'ekt va ob'ekt tushunchasi inson tomonidan bilish jarayoniga kiritiladigan sub'ektivlikdan voz kechish uchun ishlab chiqilgan. Sub'ekt bilish faolligining manbai hisoblanadi. Sub'ekt deganda odatda individ tushuniladi. Mikrogruppa, ijti-moiy guruh, jamiyat ham sub'ekt bo‘lishi mumkin. Ob'ekt – sub'ekt-ning bilish faolligi qaratilgan narsa. L.Feyerbax: “Men sub'ekt, boshqalar uchun ob'ekt, boshqacha aytganda “Men” ham sub'ekt, ham ob'ektman”, - degan.
Haqiqat – bilimning ob'ektiv reallikka mos kelishi. O‘rga-nilayotgan ob'ektni adekvat aks ettirilishi. Bunday aks ettirish-ning ob'ekti moddiy yoki ruhiy bo‘lishi mumkin. Ob'ektiv haqiqat bir holatga nisbatan, aynan bir narsaga nisbatan haqiqatdir.
Haqiqatning manbai ob'ektdadir. Haqiqat doim sub'ektlidir. Chunki u insonsiz mavjud bo‘lmaydi va uning shakli, chuqurligiga inson ta'sir o‘tkazadi. Haqiqatning ob'ektivligi ham saqlanadi – hamma holatlarda haqiqat narsa, hodisa, reallikni adekvat in'ikos ettiradi.
Haqiqatning asosiy mezoni amaliyotdir.
Ilmiy bilish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning xususiyatlari quyidagilar:
1. Ob'ektivlik tamoyiliga rioya etiladi;
2. Ratsional asoslangan – yetarli asos qonuniga amal qiladi;
3. Essensialistik (lot. “essentia” – “mohiyat”) yo‘nalgan;
4. O‘ziga xos tuzilishga egaligi, nazariya shaklida tartibga solingan;
5. Tekshirish mumkinligi.
Ilmiy bilishda ikki daraja mavjud: empirik va nazariy.
Empirik bilish metodlari - kuzatish, eksperiment, modellash-tirish, analiz, intuitsiya va boshqalar.
Nazariy bilish metodlari - deduksiya, sintez, fikriy eksperi-ment, ideallashtirish, formallashtirish va boshqalar.
Asosiy bilimni namoyon etish shakli:
empirik darajada – fakt, nazariy darajada – nazariya.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling