Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/266
Sana17.08.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1667691
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   266
Bog'liq
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021

 
Adabiyotlar
1. Hasanboyeva O.va boshqalar. ―Tarbiyaviy ishlar metodikasi‖ Toshkent 2012y.
2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar konsepsiyasi. T., 1998
3. Hasanboyeva J. Ma‘naviy –axloqiy tarbiya asoslari . T. G‘ofur N.2000
4. Hasanboyeva O. Pedagogika. T 2005
5. Hasanboyeva O. Barkamol avlod ma‘naviyati . T., « O‘zbekiston » 2010 
TA`LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI 
 
G.S.Rejepova - BTSTI 2-g turkman guruh talabasi 
 
Yosh avlodni tarbiyalashda har bir pedagog o`qituvchiga juda kata masuliyat
yuklanadi, bu masuliyatni his qilgan holda kelajak uchun raqobatbardosh kadrlar va
har tomonlama yetuk, komil shaxslarni yetishtirish yolida tinmasdan harakat qilish
vazifasi yuklanadi.
Ta‘lim mazmuni, shakli va usullarini rivojlantirish, ularning uzviyligini ta‘minlash, 
o`qitishning noan‗anaviy usullari, zamonaviy axborot va ta‘lim texnologiyalaridan 
foydalanish, didaktik materiallar va texnik vositalarni qo`llash, fanlararo bog‘lanishlarni 
hisobga olish bularning barchasi har bir o`quvchining faolligini oshirib bo`rishga
qaratilgandir. O‘quvchining o`qishga munosabati, aqliy salohiyati ana shu davrda 
shakllanadi. Bu esa o‘qituvchilarining pedagogik texnologiyalarini qo‘llay olish mahoratiga 
asoslangan bo`ladi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy 
usullari, o`tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi lozim. Bunday 
usullarda tashkil etilgan darslar bola ruhiyatiga yanada yaqinroq bo`lib hisoblanadi. 
O‘qituvchi oz mahorati bilan har bir o`quvchini nima oylayotgani, qanday
qabul qilayotganini yaqqol korishi lozim va bu masalada yana ham chuqurroq
yondashuvi shart. 
O‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘atish 
asosida maqsadga erishish motivatsiyasi bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro 


267 
ichki yaqinlashuvi hisoblanadi. Ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini 
rivojlantirish katta ahamiyatga ega bo`lib kelib bu o‘quvchilarni ta‘lim jarayoniga 
qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga ishtiyoq uyg`otadi. Interfaol 
metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam korsatadi. Yuqori sinflarda ko`proq 
o‘quvchining yoshini, bilim saviyasini ruhiyatini hisobga olish lozimligini unutmaslik 
kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o`yin mashqlardan foydalanib, darslar 
tashkil qilish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o`tilgan 
mashg`ulotlar har tomonlama o‘quvchilar ongini, dunyoqarashini, erkinfikrlash, bayon 
etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko`nikmasini rivojlantiradi. 
Har qanday o‘quvchida nazariy bilimga qaraganda amaliy bilim konikmalari
esda qolish darajasi yuqori bo‘lib hisoblanadi, yani o‘quchilar oz ko‘zlari bilan
korgan va tasavvur qilgan narsalari koproq esida saqlanib qoladi. Ayniqsa bu metod
boshlang`ich sinf o`quvchilarida samarali tasir korsatadi.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o`ziga xosligi bu, ular 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshirilib bo‘radi. 
O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi [3]. 
O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan 
qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e‘tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning 
mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilishi, ularning bilim, ko‘nikmalarini tekshirish 
hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan o‘qituvchida chinakam ehtiros
shakillangan bo‘ladi. Ma‘lumki, har bir dars mavzusini o‘rganishda oziga xos 
texnologiya, usul va vositalarni tanlashga to`g`ri keladi. O‘qitish jarayonida yuqori natijaga 
erishish uchun dars jarayonini oldindan ketma-ketligini mo‘ljallash kerak bo‘lib
hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi predmetning o‘ziga xos tomonlarini, o‘quv jarayonini va 
sharoitini, o‘quvchilarning ehtiyojini va imkoniyatlarini, bilim saviyasini, sharoitga qarab 
ishlatiladigan texnologiyalarni tanlashi kerak. 
Darsning oldindan loyihasi, ya`ni texnologik xaritasi tuziladi. Texnologik xarita 
tuzish uchun o‘qituvchi darsning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, ularda 
albatda o‘qituvchining pedagogik va o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish, 
boshqarish va faollashtirish yo‘llari, yanada teskari aloqani amalga oshirish, ularga 
ajratilgan vaqtni aniq belgilash lozimligi korsatiladi. Texnologik xaritada albatta tashkiliy 
qism, yangi mavzuning motivatsiyasi, o`quvchilar bilimini tekshirib bo‘rish, yangi 
mavzuni o‘rganish va uni mustahkamlash, erishilgan natijalarni tahlil qilish va yakun 
yasash kabi bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining dars 
davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich qayd etiladi. Dars texnologik xaritasining 
mukammal tuzilishi, maqsad va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish va 
bosqichlar o‘rtasidagi uzviylikni ta‘minlash, vaqtda unumli foydalanish imkonini beradi 
[2]. 
Bugungi kunda interfaol usullarning juda ko‘plab shakllari yaratilgan bolib, ulardan
amalda samarali foydalanib kelinmoqda.
― Klaster, ― Aqliy hujum, ― Bumerang, ― Charxpalak, ― Debat va shu kabi bir qator 
interfaol usulning shakllari majud bo‘lib, ular ta‘lim jarayoni samaradorligini oshirish 
uchun respublikamiz o‘rta maktablari, litsey va kollejlari hamda oliy ta‗limdan iborat 
uzluksiz ta‗lim tizimiga keng tatbiq etilmoqda [1]. 
Xulosa qilib aytganda, an‘anaviy tarzdagi o`qituvchining faolligi barcha materialni
va maktab darsliklarini tushuntirishga harakat qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan darslarning 
o‘rniga o‘quvchining faolligini oshirish bilan bog`liq bo`lgan noan‘anaviy darslarni amalga 
oshirish hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Zamonaviy 


268 
texnologiyalar faqat bilim beribgina qolmay yoshlarni hozirgi rivojlanib bo‘rayotgan 
zamonaviy davr talabida ta‘lim tarbiya berishdir. Endilikda o‘qitish jarayonida 
o‘quvchilarni zeriktirib qo‘ymaydigan, fikrlashga, mustaqil ishlashga yo‘naltiradigan har 
xil metodlar va o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Zero, o‘quvchi an‘anaviy o‘qitish jarayonida obyekt hisoblansa, bugun u subyektga aylanib
bo‘rmoqda. Shuning uchun har bir narsa o‘z vaqtidan kechiqtirilmasligi shart. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling