12-mavzu. Don mahsulotlari turlari. Yormalar turlari va olinishi, tarkibi, oziqlik qiymati. Un va un mahsulotlari turlari olinishi, saqlash sharoiti


Download 29.59 Kb.
bet1/20
Sana29.04.2023
Hajmi29.59 Kb.
#1400076
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
12-ma\'ruza Don mah

12-mavzu. Don mahsulotlari turlari. Yormalar turlari va olinishi, tarkibi, oziqlik qiymati.Un va un mahsulotlari turlari olinishi, saqlash sharoiti.

1. Yorma.

2. Un.

3. Non va bo’lka mahsulotlari.

1.Yorma. Yorma bug’doy, tariq, arpa, qora bug’doy, sholi, suli, makkajo’xori va ayrim dukkakli o’simliklar donidan tayyog’lanadi. Boshoqli o’simliklar (dukkakli o’simliklar bundan mustasno) donining tuzilishi taxminan bir xil bo’lib, qobiqlar (mevali va urugli), aleyron qatlam, unli yadro (Endosp yorma) va murtak (zarodish) dan iborat. So’li, arpa, qora bug’doy, tariq va sholi donining sirti, mevali va urug’lik qobig’i dan tashqari, po’st (rangli - gul qobiq) bilan qoplangan. To’yimlilik qimmati jihatidan donning qismlari bir xil emas. Qobiq, asosan, kletchatkadan iborat bo’lib, organizmda yaxshi hazm bo’lmaydi. Aleyron qatlam oqsilga boy bo’lsa-da, serkletchatkadir. Donning eng qimmatli qismi un yadrosi bo’lib, unda oqsil va kraxmal ko’p. Murtakda oqsil, mineral moddalar, vitaminlar va xiyla ko’p yog’ bo’ladi, yog’ ochiq havodagi kislorod ta'sirida achiydi. Dondan yorma tayyog’lashda po’st, qobiq va murtak qisman yoki butunlay chiqarib tashlanib, xiyla qimmatli qismlari qoldiriladi, unga zarur shakl, o’lcham va tashqi sayqal beriladi. Yorma butun, ezilgan, boshoqli ekinlar, qora bug’doy yadrosi va dukkakli - ekinlar doni yirik yoki mayda tuyilgan holda chiqariladi.Yorma tur va xillarga, ulardan ayrimlari esa tip, marka, sort va nomerlarga bo’linadi. Yormaning turi u olingan don ekiniga qarab belgilanadi. Ularning xillari dondan yorma olishda qo’llaniladigan turli texnologik usullarga bog’liq. Xususan, bug’doy, yormasi - maishiy, poltavskiy yorma, Artek yorma; guruch yormasi - silliq guruch, yaltiroq guruch, oqshoq, arpa yormasi - perloviy va yachneviy xillarga bo’linadi va xokazo.

Ma'lum bir ekinning doni, masalan, guruch, bug’doy, makkajo’xori donlari kimyoviy tarkibi va xossasi bilan bir-biridan farq qilgan xollarda Yorma tip va markalarga bo’linadi. Yormalarning nomerlari dona (zarra) larining mayda-yirikligi va ularning bir xilliligini tavsiflaydi. Ishlab chiqarish jarayonida maydalangan, silliqlangan yorma nomerlarga bo’linadi. Yormani mahsulot sortiga bo’lishda yadrosining sifati, begona aralashmalarning oz-ko’pligi va boshqa sifat ko’rsatkichlari nazarda to’tiladi. Yormaning oziqlilik qimmati ulardagi oqsil, uglevod, yog’, mineral moddalar va vitaminlarning miqdoriga bog’liq. Yorma tarkibida oqsil-8-12%; kraxmal 65-78%, yog’-0,3-9%, mineral moddalar 2% gacha bo’ladi, shuningdek, ko’p miqdorda V1 V2, RR, E singari vitaminlar ham mavjud. Yormaning ko’pgina turi lazzatli, nisbatan yuqori kaloriyali bo’lib, yaxshi hazm bo’ladi.


Download 29.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling