Iх-bob. Mehnat resurslari, ularning bozori, ulardan foydalanish va mehnat unumdorligi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana31.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1144977
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
9-BOB



208 
 
 
IХ-BOB. MEHNAT RESURSLARI, ULARNING BOZORI, ULARDAN 
FOYDALANISH VA MEHNAT UNUMDORLIGI 
 
O„quv maqsadi: respublika qishloqlaridagi aholi va mehnat resurslari 
tarkibi, mehnat resurslarining huquqiy asoslari, mehnat bozori segmentini o‗rganish, 
mehnat resurslaridan to‗liq va samarali foydalanish darajasini ifodalovchi 
ko‗rsatkichlar, mehnat unumdorligi darajasini ifodalovchi ko‗rsatkichlar va mehnat 
unumdorligiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar, rivojlangan davlatlardagi mehnat 
unumdorligiga oid ilg‗or yutuqlarni joriy etish va mehnat resurslaridan 
foydalanishni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish bo‗yicha nazariy va amaliy 
bilimlarni o‗rganishdan iborat. 
 
Tayanch iboralar:
mehnat va mehnat resursi, mehnat bozori, mehnat 
balansi, mehnat unumdorligi.
 
 
9.1. Respublika qishloqlaridagi aholi, mehnat va mehnat resurslari 
 
Mehnat - bu insonni maqsadga yo‗naltirilgan faoliyati bo‗lib, uning 
jarayonida moddiy va ma‘naviy qiymatliklar yaratiladi.
Mehnat resurslari - mamlakat aholisining bir qismi bo‗lib, u iqtisodiyot 
tarmoqlarida ishlash uchun jismoniy imkoniyatlar, bilim va amaliy tajriba 
yig‗indisiga ega bo‗ladi. Ular o‗zlariga aholining 16 dan 60 yoshgacha bo‗lgan 
mehnatga qobiliyatli erkaklar va 16 dan 55 yoshgacha bo‗lgan ayollar, 
shuningdek mehnatga yaroqlilik yoshidan katta yoki kichik iqtisodiyot 
tarmoqlarida haqiqatan band bo‗lganlarni (ishlaydigan pensionerlar va 16 
yoshgacha bo‗lgan maktab o‗quvchilari) qamrab oladi.
Mehnat resurslaridan jamiyatning asosiy va mahsuldor kuchi sifatida 
oqilona foydalanilganda, qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarish mahsulotlarining 
o‗sishini va ularning iqtisodiy samaradorligini ta‘minlaydi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling