Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini


Download 111.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana25.01.2023
Hajmi111.12 Kb.
#1123284
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
13 150-сон 22.12.2006



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XO‘JALIK SUDI PLENUMINING
QARORI
KREDIT SHARTNOMALARIDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLAR BAJARILISHINI
TA’MINLASH TO‘G‘RISIDAGI FUQAROLIK QONUN HUJJATLARINI QO‘LLASHNING AYRIM
MASALALARI HAQIDA
Sudlar tomonidan kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rishda majburiyatlar
bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Sudlar
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
17
 va 
47-moddalariga
asosan, qaror qiladi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1. Sudlarning e’tibori kredit shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar ijrosini ta’minlash
usuli hisoblangan kafillik, garov shartnomadagi va kafolatdagi taraflar hamda uchinchi shaxslar
o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksi 
(keyingi o‘rinlarda —
FK), “
Garov to‘g‘risida
”gi, “
Garov reyestri to‘g‘risida
”gi, “
Ipoteka to‘g‘risida
”gi O‘zbekiston
Respublikasining qonunlari, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishiga qaratilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi
Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli 
qarori 
tahririda)
2. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, FKning 
9-bobida
ko‘zda tutilgan bitimlar to‘g‘risidagi
umumiy normalar, shuningdek garov, kafillik shartnomalari va kafolatni tartibga soluvchi FKning
22-bobidagi
qoidalar mazkur shartnomalarning maxsus qonunlarga zid bo‘lmagan qismigagina
qo‘llaniladi.
3. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — kredit tashkiloti) va qarz oluvchi
o‘rtasida kredit shartnomasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabat kredit tashkilotining
keyinchalik, kelishilgan muddatlarda, kredit berish (kredit liniyasini ochish) majburiyatini va qarz
oluvchining olingan kreditni qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z ichiga oladi.
Bunda kredit tashkilotining qarz oluvchiga kredit summasini berish (hisobvaraqqa o‘tkazish)
bo‘yicha real shartnomaviy majburiyatlari shartnoma tuzilgan paytdan boshlab, qarz oluvchining
foizlarni to‘lash, kreditni qaytarish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlari esa, agar taraflar
kelishuvida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, kredit summasi real olingan paytdan boshlab
vujudga keladi.
Shu munosabat bilan sudlar kredit tashkilotlari va qarz oluvchilarning taraflarni kredit
shartnomasini bajarishga majburlash to‘g‘risidagi da’volarini ko‘rishda taraflarning tuzilgan ushbu
shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlari vujudga kelgan paytni inobatga olishlari lozim.
4. Kredit shartnomasi sud tartibida taraflardan birining talabi bilan boshqa taraf tomonidan
shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda yoki vaziyat jiddiy o‘zgarganda, shuningdek qonun
yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, yuqori foiz stavkalarini belgilash, kreditni qaytarish yoki foiz
to‘lashni kechiktirganlik uchun jarima qo‘llash, kredit valyutasi kursining o‘zgarishi kredit
o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib keladigan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi deb hisoblanishi
mumkin emas.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli 

Download 111.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling