Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385870
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.




Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh 
shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi. 
 
Mavzu rejasi: 
1. Fe’lning zamon kategoriyasi.
2. Fe’lning mayl kategoriyasi.
3. Fe’lning shaxs kategoriyasi.
4. Fe’lning vazifadosh shakllari. 
5. Fe’lning modal shakllari.
6. Felning tuzilish jihatdan turlari. 
7. Fe’lning yasalishi.
Adabiyotlar: 
1. Hamrayev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova
X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili (darslik). - Toshkent: MOLIYA- IQTISOD, 2007-yil. 
2. M.Hamrayev. Ona tili. - Toshkent: “Ilm-ziyo-zakovat”, 2019. 141-150. 
3. M.Hamrayev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. - T.: TDPU, 2019. 
 Axborot manbalari: 
1. www. tdpu. uz 
2. www. pedagog. uz 
3. www. ziyonet. uz 
Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so`zlar 
fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-
ehtirom ko`rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch 
uyg`otadi (Tafakkur jurnali). 
Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe’l holat, 
belgining yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida 
anglatadi: o`rik gulladi, yaproqlar sarg`aydi, bola uxlayapti kabi. 



Fe’llarning barchasi bir umumiy nima kilmoq? degan so`roqqa javob 
bo‘ladi. 
Fe’l o`ziga xos morfologik belgilarga ega, ya’ni: 
1) ish-harakatning predmetga (to`ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o`timli va 
o`timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o`qimoq, yozmoq - o`timli fe’l; o`tirmoq, 
chiniqmoq - o`timsiz fe’l; 
2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga 
ko`ra fe’llar bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo`lishli, aytma – 
bo`lishsiz; bilgan – bo`lishli, bilgani yo`q – bo`lishsiz fe’l; 
3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi 
munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o`zlik nisbat, 
kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat; 
4) ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma’nosida aks etadi: bordi, 
bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; 
borsa – shart mayli; 
5) ish-harakatning nutq so`zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi 
zamon ma’nosini hosil qiladi: o`rgandim - o`tgan zamon, o`rganayapman - hozirgi 
zamon, o`rganmoqchiman – kelasi zamon; 
6) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko`plikda) tomonidan 
bajarilishi yoki bajarilmasligi fe’ldagi shaxs-son ma’nosida aks etadi. Fe’l shaxs-
son qo`shimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, 
qiziqdingiz, qiziqdilar. 
Demak, fe’l o`timli-o`timsizlik, bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, 
shaxs-son ma’nolarini ifodalash kabi o`ziga xos morfologik belgilarga ega. 
Shu bilan birga fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi o`ziga xos 
vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam – sifatdosh; ishonib, ishongach 
ravishdosh; ishonish, ishonmoq kerak - harakat nomi). Fe’lning bu vazifadagi 
shakllari gapda ma’lum bir gap bo`lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo`ladi. 



Fe’l o`ziga xos maxsus so`z yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulg`ay, 
tinchi, suvsira – affiksatsiya usul bilan yasalgan fe’llar; xursand bo`lmoq, javob 
bermoq, sotib olmoq - kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama fe’llar. 
Fe’llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o`z ichida turli xil 
qo`shimcha ma’nolarni aks ettiradi: kulimsira – kuchsizlik, turtkila – davomiylik, 
yozib bo`ldi – tugallanganlik kabi. 
Fe’l o`ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega: 
1) sof fe’l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni 
mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi); 
2) fe’lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, 
hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi kabi gap bo`laklari 
vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: O`zingga yoqqan narsani boshqalarga 
ham ravo ko`r (Hadis namunalari). Dunyoda eng yomoni faqat o`zini bilib o`zgani 
unutib yashashdir (I.Karimov). Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy 
harkatlaridandir (Pedagogika tarixi). 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling