Mexanika mashinasozlik fakulteti


Download 422.14 Kb.
bet1/26
Sana05.02.2023
Hajmi422.14 Kb.
#1168113
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
4. Maruza matni nometall fanidan


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI
MEXANIKA MASHINASOZLIK FAKULTETI
YeR USTI TRANSPORT TIZIMLARI VA ULARNING EKSPLUATASIYASI” KAFEDRASI


NOMETAL METERIALLAR FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI

Farg‘oan 2018 y


MA’RUZA №1
Mavzu: Nometall fanining maksadi, vazifalari va hozirgi zamonaviy holati.
Ma’ruza rejasi:

  1. Nometall materiallarining respublika ishlab chikarish korxonalarining rivojlanishiga ta’siri.

  2. Nometall materiallarining rivojlanishi.

  3. Yangi materiallar qatorida nometal materiallarining o‘rni.

Mashinasozlikda qo‘llaniladigan nometall materiallar va ular asosidagi asosiy fizik-mexanik, texnologik xossalarini va ularni ishlab chiqarish uchun xomashyo turlari, sifatlari va ularga qo‘yiladigan talablar, qotishmalarni termik va ximiyaviy-termik ishlashning, quyish ishi, bosim bilan ishlash, kesib ishlash va payvandlashning nazariy asosidir. Nometal materiallar xaqida umumiy tushunchaga ega bo‘lmay turib, xilma-xil xossali qotishmalar hosil qilish, bu qotishmalardan tayyorlangan detal, asbob va boshqalarning xossalarini zarur tomonga o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydi.


Mashinasozlik va boshqa soxalarda qo‘llaniladigan metallshunoslik faniga XIX asrning ikkinchi yarmidagina asos solindi. Bu fan shunchalik yosh bo‘lishiga qaramay, hozirgi vaqtda keng taraqqiy etmoqda. Metallshunoslik fanini taraqqiy ettirishda vatanimiz olimlarining xizmati nihoyatda buyukdir. Ulug‘ rus olimi M. V. Lomonosov (1711 —1765) metallarning o‘ziga xos xususiyatlarini (yaltiroqlik va plastiklik xossalarini) jahonda birinchi bo‘lib tavsiflab berdi va talab etilgan xossali qotishmalar hosil qilish yo‘lini ko‘rsatdi. Metallarning xossalari ularning atom-kristall tuzilishiga qarab o‘zgaradi, elementlarning D. I. Mendeleyev (1834— 1907) kashf etgan davriy sistemasi ana shu qonuniyat sabablarinn izohlashga imkon berdi. D. I. Mendeleyev o‘z asarlarida eritmalar va metall qotishmalari hosil qilish masalasiga katta e’tibor berdi. Rus olimi Ye. S. Fyodorov (1853—1919) kristallarda ion, atom va molekulalarning joylanish qonunlarini topdi. Rus olimi P. P. Ano­sov (1797—1871) po‘lat strukturasini o‘rganish uchun mikroskopdan jahonda birinchi bo‘lib foydalandi.
Mashinasozlikda qo‘llaniladigan metallshunoslikning ilmiy asoslarini ulug‘ rus olimi D. K. Chernov (1839—1921) yaratdi. D. K. Cher­nov po‘latning xossalari uning ximiyaviy tarkibigagina emas, balki tuzilishiga ham bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. U kritik nuktalar vaziyatining po‘lat tarkibidagi uglerod miqdoriga bog‘liq ekanligini aniqlab, temir-uglerod qotishmalari holat diagrammasini tuzish uchun asos yaratib berdi (V bobga qarang, 123-bet). Temir-uglerod diagram­masi bir qator olimlarning: R. Austen, F. Osmond, A. L ye-Sh a-telye va boshqalarning ishlariga asoslanib, XIX asrning oxirida tuzib chiqildi. Rus olimi N. S. Kurnakov (1860—1941) metallar­ning ximiyaviy tarkibi, tuzilishi va fizikaviy xossalari orasida bog‘lanish borligini topdi va jahonda birinchi bo‘lib, tarkib — xossa diagrammalarini tuzdi. Uning kotishmalar nazariyasiga oid ishlari xam katta ahamiyatga egadir. Rus olimlaridan A. A. B a y ko v (1870— 1946) po‘latgina emas, balki ba’zi rangdor metallarning qotishmalari ham toblanishi mumkinligini anikladi. U austenit (uglerodning γ-temirdagi qattiq eritmasi) mavjud ekanligini ham isbotladi. A. A. Bochvar (1870—1947) yangi antifriksion (ishqalanishga chidamli) qotishmalar tayyorladi va ularga nisbatan qo‘yiladigan talablarni asoslab berdi.
Bakalavrlarga «Nometalll materiallar» fanini o‘qitishdan maqsad talabalarga nometall materiallar, ularning tarkibi va xossalari, tuzilishi, ishlatilishi va ularni puxtalash uslublari, yangi nometall materiallar va ularning texnologiyalari xaqidagi bilimlarni hosil qilishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga nometall materiallarni tasnifi, tuzilishi, xossasi hamda ulardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat. «Nometalll materiallar» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: bilimlarning bir butun tizimi bilan o‘zaro bog‘liklikda, ushbu fanning asosiy muammolari; «Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi» yo‘nalishini rivojlanish tendensiyasi; materialshunoslik va yangi materiallar bo‘yicha respublikamizda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari; ishlab chikarishda shu soha bo‘yicha muammolarni va ularni hal qilish yo‘llari haqida tushunchaga ega bo‘lishi va nometall materiallarni tarkibi, tuzilishi, xossasi, ishlatilishi va markasini; materiallarga termik ishlov berish texnologiyasini; ulardan buyumlar ishlab chikarishni; qizdirish qurilmalari va uskunalarni tavsifnomalarini bilishi va ulardan foydalana olishi; turli materiallardan tayyorlangan maxsus namunalarda tadqiqot ishlarini bajarish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.

Download 422.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling