Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
Navoiy kon metallurgiya kombinati
Kelishilgan: Tasdiqlayman:
NKMK KUK raisi NKMK bosh muhandisi
___________ I.K.Raxmatov ______________ N.P.Snitka
“____” _________ 2014 yil “____” ___________ 2014 yil
“Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom
Kelishilgan: Kelishilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
“Sanoatgeokontexnazorat” ijtimoiy himoya qilish
DI Qizilqum MI boshlig‘i boshqarmasining Navoiy viloyati
_____________ M.P.Boltayev bo‘yicha inspeksiyasi boshlig‘i
“____” _____________ 2014 yil _____________ F.M.Boliyev
“____” _____________ 2014 yil
Navoiy - 2014 yil
“Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom
Kirish
“Naryad tizimi” to‘g‘risidagi mazkur Nizom (keyinchalik matn bo‘yicha Naryad tizimi) ishlar rahbarlari va ijrochilarining majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini aniq taqsimlash hisobiga, ishlarning xavfsiz bajarilishini tashkil qilish hamda amaliy nazoratini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Naryad tizimi naryad tizimining mohiyati va uni amalga oshirishi, ishlashining prinsiplari, xodimlarning harakatlari hamda ishlarning alohida turlariga naryadlar berilishining xususiyatlari to‘g‘risida tushuncha beradi.
Mazkur Nizom NKMK bosh direktorining buyrug‘i bilan harakatga kiritiladi.
Atamalar va ta’riflar
Naryad tizimi – ishlarning xavfsiz va samarali amalga oshirilishini ta’minlaydigan ishlarni tashkil qilishning shakli. Naryad tizimini qo‘llashning asosiy obyekti – ishlab chiqarish uchastkasi (sex, xizmat va shu kabilar).
Naryad – bu Naryadlarni berish kitobida (1-ilovaga qarang) yozma rasmiylashtirilgan, ishlar rahbariga berilgan, ijrochilarning shaxsiy va son tarkibini, ishlarning mazmuni, tartibi, joyi hamda boshlanish va tugash vaqtlarini, ularni xavfsiz bajarilishining zarur va yetarli sharoitlarni hamda naryadda ko‘zda tutilgan ishlarni ijro etilishi uchun mas’ul aniq shaxslarni, ishlarni xavfsiz bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalarni belgilab beradigan ishlarni amalga oshirishning tartibi.
Naryad bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar xavfsizlikning tegishli qoidalari bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |