O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/40
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1055523
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Мавзу №4 (2)





 

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
 
______________________________________________________________________ 
 
Menejment fani 
 
4-Mavzu. Menejment texnologiyasi 
1. Maqsadlar.Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari.
2. Motivatsiya.
3. Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar.
4. Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarilishini tashkil qilish.
 
Tayanch so‘zlar: boshqaruv jarayoni, motivatsiya, “Ehtiyojlar ustunligi” nazariyasi, “Boisiy 
tozalanish” nazariyasi, axborot, birlamchi va ikkilamchi axborotlar, kommunikatsiya
kommunikatsion siyosat, qaror, Ringi usuli. 
 
1. Maqsadlar.Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari
 
Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko‘zda tutilgan 
mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o‘z orzularini ushalishiga yo‘naltiradi. Biz 
dastlab o‘zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so‘ngra esa shu maqsadimiz: 

bo‘lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi; 

faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishini belgilaydi

faoliyatimizni aniq soha, ishga yo‘naltiradi; 

u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi

pirovard natijamizning baholash me’yorini belgilaydi va h.k. 
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligi boshqarish uchun o‘ta zarur. 
Chunki aynan shu maqsadga binoan: 

boshqarish funksiyalari; 

boshqarish usullari; 

boshqarishning tuzilmaviy tarkibi; 

lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar yechiladi. 
 
Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim.
Maqsad bir ma’noli va aniq 
bo‘lishi kerak. 

Agar siz qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo‘lni tanlashga ham
xojat qolmaydi. 
Maqsad real va bajarilishi 
mum-kin bo‘lishi kerak. 

Qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa Hech 
qanday shamol ham ham rox bo‘la olmaydi. 
Maqsad miqdoran o‘lchovga 
ega bo‘lishi kerak. 

Maqsad - bu navbatdagi bosqichda “jang”, bilan zabt qilinadigan bamisoli 
cho‘qqidir. Buni zinxor unutmaslik darkor. Shu “jang”da g‘olib chiqish uchun 
bajarilishi mumkin bo‘lgan real maqsadni o‘z oldimizga qo‘yishimiz kerak. 
Undan ortiqcha ham , kam ham emas, vassalom. 





Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling