Qo'shma gaplar. Sodda va qo'shma gaplar bilib oling


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/91
Sana05.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#218371
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
QO'SHMA GAP 2miraziz



 

 

                          





                          

 

Toshkent – 2018 



 


 

QO'SHMA GAPLAR. SODDA VA QO'SHMA GAPLAR 



 

Bilib oling. Bitta  kesimlik  belgisiga,  mazmuniy  va  ohang  tugalligiga  ega  bo'lgan  gap  sodda,  ikki  yoki 

undan ortiq sodda gapning o‘zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang 

tugalligiga ega bo'lgan butunlik qo'shma gap sanaladi. 

Eslab qoling. Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va 

qo'shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi. 

Topshiriq.  Berilgan  gaplarni  ko‘chiring.  1.  Jaloliddin  Manguberdi  mo‘g‘ul  bosqinchilariga  qarshi  kurashda 

jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G'arbda dong taratdi. (B.Ahmedov) 

2. Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi. (R.Inog‘omov) 

mashq.Gaplarni o'qing. Sodda va qo'shma gaplar o'rtasidagi farqni izohlang. 



1. 

Haqiqiy do‘stlarning sadoqati  boshga  ish  tushganda bilinadi. (Oybek) 2.  Odamlar siz  bilan  dardini 

yoki  quvonchini  o‘rtoqlashsa,  diqqat  bilan  tinglang.  (Deyl Karnegi).  3.  Odamning  turli  fe’l-atvorli  do'stlari 

bo‘ladi,  hammasi  bilan  fe’liga,  tabiatiga  qarab,  yaxshi  muomala  qilish  zarur.  (M.Muhmudov) 

4.G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. (Maqol) 

5.Omon  laganning  tagini  non 

surkab yalab turganda, ko‘cha- ko‘yni to‘ldirib, ayqirib-chayqirib besh kishi kirib keldi.(G'afur G'ulom) 

 

            QO'SHMA GAP QISMLARI VA ULARNI BOG‘LOVCHI VOSITALAR 



 

Bilib oling. Qo'shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo'shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni 

bog'lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog'lovchi vositalar hisoblanadi. Qo'shma gap qismlari 

quyidagi bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi: 1.Bog'lovchilar: a) teng bog'lovchilar (va, hamda, 

ammo lekin, biroq, yo, yo..., yo, dam..., dam...) b) ergashtiruvchi bog'lovchilar 2. bog'lovchi vazifasidagi 

vositalar: a) bo'lsa, esa, deb; b) -u, (-yu), da, -ki yuklamalari; d) nisbiy so’zlar; e) shuning uchun, shu tufayli, shu 

sababli singari ko'makchili qurilmalar; f) shart mayli qo'shimchasi (-sa). 3. Ohang. 

mashq. O'qing. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlang. 



1.  Do‘stlikdan  o



tadigan  hech  narsa  yo‘q,  shuning  uchun  do‘st  orttirish  imkoniyatini  sira  qo‘ldan  boy 

berma. («Hikmatnoma»dan) 2.0‘zingga do‘st tanla, chunki bir o‘zing baxtli bo‘lolmaysan. (Pifagor) 3. Shuni 

bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. («Qobusnoma») 4. Yaxshi fikr tiniq uslubni talab qiladi, uslub esa 

fikr libosidir. («Tafakkur gulshani») 5. 0‘z tilingni hurmat qil, u senga keng imkoniyatlar ochib beradi. 

mashq.Gaplarni o'qing, qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni tushuntiring. 



1. Adab kichkinalar  mehrini ulug‘lar  ko'ngliga soladi  va u mehr  kattalar ko‘nglida  abadiy qoladi.  (Alisher 

Navoiy)  2.  Fikr  ravshan  bo‘lsa,  albatta,  uning  shakli  ham  ravshan  bo‘ladi.  (P.Qodirov)  3.  Haqiqiy  olim 

o'zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki u o'zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. («Hikmatnoma»dan) 

4. Badanning quvvati — ovqat, aqlning  kaliti — hikmat. (Maqol) 5. Kimning qalbi pok bo Isa, u to‘g‘ri va 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling