Xristianlikning kelib chiqish tarixi Bibliya (Injil) xristianlikning muqaddas manbai. Xristianlikning aqidalari


Download 98.38 Kb.
bet1/13
Sana14.10.2023
Hajmi98.38 Kb.
#1702574
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-мавзу (1)


5-MAVZU. Xristianlik dini
Reja:

  1. Xristianlikning kelib chiqish tarixi

  2. Bibliya (Injil) - xristianlikning muqaddas manbai.

  3. Xristianlikning aqidalari

  4. Xristianlikning marosim va bayramlari

  5. XRISTIANLIKDAGI YO’NALIShLAR

  6. Xristianlik firqalari



Tayanch tushunchalar: Missiya, Ota–Xudo, O’g’il–Xudo, Muqaddas ruh, xristianlikning oqimlarga ajralishi, Pravoslavlik, Katoliklik, sirli marosimlar, cho’qintirish (xristianlik diniga kiritish), prichastiye (non bilan tamaddi qilish), cherkovda gunohlarga tavba qilish, nikoh ahdi, badanni yog’ bilan ishqalash (soborovaniye), cho’qinuvchining peshonasiga muqaddas yog’ surkash, ruhoniylik, Isoning tug’ilishi, Xudoning uch qiyofasi, Protestantlik, indulgensiya (pul evaziga gunohlarni kechirish), a’rof (chistiliщye), anglikanlik, lyuteranlik, kalvinizm, Bibliya, «Havoriylar amallari», Injil, Qadimiy Ahd, Yangi Ahd.
Mavzu o’quv maqsadi: Xristianlik dinining tarixi, Iso Masih va uning havoriylari faoliyatlari, ta’limoti, ko’zga ko’ringan namoyandalari, muqaddas kitoblari,yo’nalishlari, diniy urf– odatlari haqida talabalarga atroflicha ma’lumot berish
Xristianlikning kelib chiqish tarixi

Jahon dinlaridan biri Xristianlik bo’lib, bu dinning nomi Iiusis Xristos, bola xudo - payg’ambar nomidan olingan. Dunyodagi barcha xristianlar Iiusis Xristos (Iso)ning ummatlari hisoblanadilar.
Hozirgi davrda xristianlik eng keng tarqalgan din bo’lib, Amerika, Avstraliya, Yevropa, Osiyo qit’alarida va boshqa joylarda 2 milliard xristianlar mavjud. Bu din monoteistik va jahon dinidir. Xristianlar dunyoning 254 mamlakatida yashaydilar.
Xristianlik yangi eraning 1 asri o’rtalarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyatlardagi Iudeya (hozirgi Isroil), kichik Osiyo (hozirgi Turkiya) va Falastin hududlarida yashaydigan mazlum xalqlar va qullar orasida iudaizmning firqasi sifatida paydo bo’lib, so’ngra undan ajralib chiqdi va yangi dinga aylandi.
Xristianlik tarixi yaxshi tadqiq etilgan. Jumladan, Injilda, Ioan Bogoslovning «Vahiynoma» asarida, B.Spi-nozaning «Ilohiyot va siyosatga oid risola»sida, L.Feyerbax-ning «Xristianlikning mohiyati» asarida va boshqa manbalarda xristianlikning kelib chikish tarixi, uning aqidaviy ta’limoti, marosimlari, ahloqiy va huquqiy qarashlari, rivoyatlar bayon etilgan.
Xristianlik 325 yilda Rim imperiyasida rasmiy mafkura va davlat dini deb rasmiy ravishda e’lon qilingan edi. Xristianlik rasman tan olingan davrdagi tarixiy shart-sharoit quyidagicha edi:



  1. Rim quldorlik davlatining qullarga va bosib olingan mazlum xalqlarga nisbatan qattiq jabr-zulm qilishiga qarshi olib borilgan ozodlik urushlari va qo’zg’olonlar birin-ketin mag’lubiyatga uchrab, ulardan shafqatsiz o’ch olinib jazolashlar oqibatida umumiy ruhiy-ma’naviy inqiroz paydo bo’lgan. Qullar sinfidan bo’lgan Spartak yetakchiligida eramizdan avvalgi 73-71 yillarda Rimdagi qo’zg’olon bostirilgach, 6 ming qul Rimga olib boradigan yo’llar chetiga qurilgan xochlarga mixlab tashlangan. Shun-dan keyin qullar bilan mazlum xalqlar tez orada samoviy haloskor - payg’ambar Iso kelib bizni ozod qiladi, sabr-toqat qilish, ibodat bilan shug’ullanish kerak, deb yangi dinga umid bog’ladilar. O’sha fojea oqibatida umumiy umidsizlik avj olgan. Spartakning mag’lubiyati, - degan edi tarixchi Sharl Enten, - Isoning g’alabasi edi.

  2. Qachonlardir shon-shuhratga, kuch-qudratga to’lib-toshgan Rim quldorlik davlati eramizning I-III asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi. Qulchilik o’rniga feodal tartiblar o’rnatila boshlandi. Quldorlar va boshqa yuqori tabaqalar orasida ijtimoiy aynish kuchayib, ma’naviy buzilish, ayshuishratga berilish o’sib bordi.

  3. Rim davlati hududlarida yashayotgan turli urug’lar, qabilalar, elat va xalqlar o’z xudolariga, payg’ambarlariga, urf-odatlariga sig’inar edilar. G’oyaviy-mafkuraviy birlik bo’lmaganligi ham Rim qudorlariga xalq ustidan siyosiy va g’oyaviy hukmronlik qilishni tobora qiyinlashtirardi. Rim davlati uchun yagona xudo, yagona payg’ambar, yagona din asosidagi mafkura zarur edi. Bu ahvol shakllanib kelayotgan xristianlik jamoalariga erkinlik berish, ularda klirlarning rahbarlikni qo’lga olishi, ana shu maksadni ifodalaydigan aqidalar ishlab chiqishga olib keldi.

Xuddi ana shu uchta tarixiy sababga ko’ra xristianlik nisbatan tezroq shakllanib bordi, u ko’pchilik orasida keng tarqaldi, yuqori va quyi katlamdagi kishilar orasida e’tiqod, iymonga aylandi. Yangi din yuqori tabaqa uchun mazlumlar ustidan hokim bo’lish yo’llarini ochib berdi, xalqni esa tinchlantirdi.
Xristianlik o’z-o’zidan paydo bo’lmagan. Uning falsafiy-mistik nazariy asosini yahudiy faylasufi, Aleksandriyalik Filonning falsafiy ta’limoti, Rim stoiklaridan Seneka-ning falsafasi tashkil qiladi. Xristianlik bevosita yahudiy milliy dinning ko’p xususiyatlarini meros qilib oldi. Unda qadimgi Sharq dinlarining ko’pdan-ko’p unsurlari qayta ishlangan hamda o’zlashtirilgan. Masalan, qadimgi Hindiston-ning hinduizm dinidagi uch qiyofa bilan namoyon bo’ladigan xudolar: Braxman, Vishnu, Shiva xristianlikdagi uch qiyofali yagona xudo (ota xudo, muqaddas ruh, bola xudo) shaklida tasavvur etilgan. Xristianlik ibodatlarida sham yoqish otashparastlardagi olovga sig’inish, avlodlar ruhi-arvohiga jin chiroq yoqish odati; totemizm dinidagi totem hisoblangan hayvonlar go’shtini iste’mol qilish va u bilan qon va tana orqali yanada yaqinlashish rasm-rusumi; fetishizmdagi ayrim predmet va narsalarni ilohiylashtirish esa xristianlikdagi butparastlikda yaqqol namoyon bo’ladi.
Xususan, faylasuf olimlar Seneka bilan filonlarning falsafiy-ahloqiy qarashlarining xristianlik mafkurasini ishlab chiqishga ko’rsatgan ta’siriga alohida to’xtalib o’tish kerak.
Seneka (er.av. 4 yilda tug’ilgan va yangi eraning 65 yilida vafot etgan) o’z falsafasida moddiy boyliklar to’plash, noz-ne’matlarni iste’mol qilish kabilarni bu dunyoning behuda ovoragarchiliklari deb e’lon qilib, ulardan voz kechishni targ’ib kiladi. U bu talabni jonni qutqarib qolish yo’lidagi birinchi qadam deb bildi. Dunyo, Senekaning fikricha, insoniyatni kelayotgan halokatdan qutqarib qolishga qudrati bo’lgan ilohiy hokimga muhtojdir. Filon (eramizdan avvalgi 1 asrning oxiri, yangi eraning birinchi yarmida yashagan) grek-rim falsafasini yahudiy dini bilan qo’shishga urinib, xudo bilan odamlar o’rtasida turuvchi ilohiy vositachi borligi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqan edi. Bu vositachi «Kaloni xudo» bo’lib, u kishilarni to’g’ri yo’lga solib yuborish va ularni hammadan qudratli xudo bilan tanishtirish uchun tangrining yerga yuborgan farzandidir.
Xristianlik yevangeliyalarini (hadislarini, xushxabar-larini) yozgan avliyolar Seneka va Filonning bu g’oyalaridan foydalanganlar. XIX asrda Germaniyada yashagan dinshunos olim B.Bauer umrining oxirigacha mana shu masala bilan shug’ullanib keldi. U o’z tadqiqotlariga yakun yasab, quyidagi xulosaga keldi: «Yil hisobimizning 40-yilida yashagan Iskandariyalik yahudiy Filon juda ham qarib qolgan chog’ida Xristianlikning haqiqiy otasi bo’ldi, rimlik Stoik Seneka esa, xristianlikning amakisi bo’ldi».
Stoiklar falsafasi qadimgi Gresiyada eramizdan avvalgi IV asrdan yangi eraning IV asrigacha davom etgan. Rim imperiyasi davrida stoiklar falsafasi diniy falsafaga aylandi. Stoiklar ahloq masalalariga ko’proq e’tibor berib, uni taqdirga ishonish ruhida talqin etdilar. Ular jonning tanadan tashqarida yashashini, insonning taqdiriga tan berishini, zohidlik kabilarni himoya qilib chiqdilar. Stoiklar ta’limoti xristian dinining ahloqini shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Mana shu ikki faylasuf, ya’ni Seneka bilan Filon ta’limotlari asosida shakllangan dastlabki Xristianlik aqidalarida odam tug’ma gunohkor ekanligi; hayvonlarni qurbonlik qilish yo’li bilan emas, balki o’z qalbini xudoga qurbon qilish yo’li bilan tavba qilish; dunyoviy rohatlarning hammasiga nafrat bilan qarab, nafsni tiyish; u dunyodagi yaxshi turmushga umid qilish; odam o’ldirmaslik, yaqin kishilariga yaxshilik qilish g’oyalari shakllangan edi.
Xristianlikning xalq orasida tez tarqalishiga Rim davlatining qo’l ostida bo’lgan sharq mazlum xalqlarining diniy ruhiyatiga mos bo’lgan qadimgi Sharq dinlaridan foydalanganlik ham tas’ir qildi. Masalan, Misrning qadimgi Xudosi Oziris o’lib-tirilish ramzi bo’lgan dehqonchilik xudosi edi. Shu sababga ko’ra, Misrda xristianlik tarqalganda xochga tortilib o’lgan, so’ngra qayta tirilgan Iso haqidagi aqidaga Misr xalqi tezgina ishondi. Rivoyatga ko’ra, Oziris o’z akasi-yovuzlik xudosi Sed bilan bo’lgan urushda halok bo’ladi. Ozirisning xotini Izida Ozirisdan homilador bo’lgan holda vafot qiladi. Ammo narigi dunyoda Izida qayta tirilib o’g’il tug’adi, unga Gor deb ism qo’yadi va o’z o’g’li bilan yana bu dunyoga qaytib keladi. Gor urushib Sedni yengadi va Ozirisni tiriltiradi. U butun dunyoda adolatning qozisiga aylanadi. Xuddi shunga o’xshab Iso ham qayta tirilib, osmonga chiqib ketgan va u yana Yer yuziga qaytib kelib ming yillik adolat o’rnatadi, degan aqida xristianlar orasida targ’ib qilinadi.
Zardo’shtiylikdagi yorug’lik, yaxshilik va hayot xudosi Axuramuzdaning yovuzlik, zulmat va yomonlik xudosi Axrimon ustidan g’alaba qilishi; Eronliklarning yorug’lik xudosi Mitraning obrazi ham Rim hududlarida keng tarqalgan bo’lib, bu g’oya hatto dastlabki davrlarda xristianlikning jiddiy raqibi bo’lgan.
Bibi Maryamning Isoga g’oyibdan homilador bo’lishi haqidagi ta’limoti ham sharqiy dinlar ta’sirida paydo bo’lgan. Masalan, Budda, Suriya podshosi Sargos, Misr xudosi Gor va boshqalar g’oyibona homila natijasida tug’ilganliklari haqidagi rivoyatlar ta’sirida Bibi Maryamda g’oyibona homila paydo bo’lib keyin Iiusis Xristos (Iso) tug’ilgan, degan tasavvur vujudga kelganligiga hyech shubha qilinmasa ham bo’ladi.
Shunday qilib, xristianlik qurama din bo’lsa ham, unda o’ziga xos bo’lgan ko’pgina xususiyatlar ham mavjud. Yangi belgi va xususiyatlar o’sha davrdagi boshqa dinlardan xristianlikni yuqori turishiga olib kelgan. Xristianlikning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardir:
Birinchidan, xristianlik Rim imperiyasi hududlarida mavjud bo’lgan diniy-etnik tafovutlarni bartaraf qilgan; Ikkinchilan, xristianlik diniy rasm-rusumlarni va hokimlik pillapoyalarini yo’q qilganligi sababli bu dinni qullar, ozod qilingan sobiq qullar, zamindor kolonlar, shahar va qishloq kambag’allari yoqtirib qolganlar. Ular xudo va din oldida yuqori tabaqalar bilan teng bo’lganliklaridan xursand edilar; Uchinchidan, xristianlik dastlabki ta’limotlarida odamlarning irqiy, milliy, jinsiy, ijtimoiy, tabaqaviy tomonlardan huquqiy tengsizlik asosida ajratishi qattiq tanqid qilinib, demokratik ruhga ega bo’lgan, u «zahmatkash-larni» qutqarishga va’da berganligi uchun, xristian ruhoniylari bu dinni eng insonparvar din, deb keng targ’ib qiladilar. Odatda, Xristian dini Iso inqilobi bo’ldi, deb tashviqot etiladi.
Ma’lumki, jamiyat tarixida hamma ijtimoiy davrlarda ham ko’pchilik kishilar kambag’al, qashshoq, madaniyatda va bilimda ancha orqada qoladilar va aksincha, ozchilikni tashkil etadigan boy-badavlat, madaniyatli va bilimli kishilar mavjud bo’ladi. Xristianlik garchi «xristian madaniyati»ni rivojlantirgan bo’lsada, u dunyoviy mazmundagi antik madaniyatga nisbatan salbiy munosabatda bo’ldi, cherkovning mistik madaniyati ruhida odamlarga estetik tarbiya beradi.
Xristianlik yashirin jamoalariga yuqori tabaqa vakillari ham kirgandan keyin ular bu jamoalarda rahbarlikni qo’lga oldilar. Ularda klirlar, ya’ni yepiskop, pop, d’yakon, prasviter - ruhoniy otaxonlar ta’siri kuchayib bordi. Dastlabki davrlarda Xristian jamoalarida, asosan, kambag’al kishilar, xususan, qullar ko’pchilikni tashkil etgan. Klirlar rahbarligida o’rmonlarda, tashlandiq vayronalarda, ayrim xonadonlarda yashirin o’tkaziladigan yig’ilishlarda g’oyibdan samoviy haloskor payg’ambarning kelayotgani to’g’ri-sida suhbatlashganlar, muqaddas kitoblarni o’qib muhokama qilib, izohlash, ehsoniy ovqatlanish marosimlari, ya’ni kechki paytdagi birgalikda ovqatlanishlar o’tkazib kelingan. Lekin u vaqtlarda mol-mulkni to’la umumlashtirish, jamoa bo’lib mehnat qilish to’g’risida gap bo’lmagan. Xristian jamoalari ichida qattiq intizom o’rnatilgan. Isoning qaytib kelishini passiv ravishda kutish va mo’min-qobil bo’lib yurish, bu dunyoda adolat o’rnatilishi mumkin emasligiga, u dunyoda esa baxtga erishishga ishonch orta borgan sari bu dinga hukmron tabaqalar ham ixlos qo’ydilar. Bu o’zgarishlar xristian jamoalarini yashirin holatdan ochiq holatga o’tib faoliyat ko’rsatishga olib keldi.
Imperator Konstantin 313 yili xristianlarning ta’qib qilishni bekor qildi va 325 yili xristianlikni Rim imperiyasining davlat dini darajasiga ko’tardi. 325 yili Konstantin boshchiligida Nikey shahrida xristianlarning 1-jahon yig’ilishi bo’ldi. Yig’ilish xristian dinining qonun-qoidalarini ishlab chiqdi. Xudoni uch shaxsning (ota xudo, mukaddas ruh, o’g’il xudo) birlikda ifodalanishi qabul qilindi. 381 yili xristianlarning Konstantinopolda bo’lib o’tgan 2-jahon yig’ilishida cho’qinish va qayta tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilindi.
Xristianlik davlat dini bo’lgach unga juda ko’p huquq va imtiyozlar berildi. Jumladan, barcha shahar va qishloqlarda ruhoniylar «ruhoniy otalar» sifatida xalqqa xristianlik xizmatini o’tkazish, diniy marosimlarga rahbarlik qilish, diniy ta’lim berish, targ’ibot qilish, xalq ustidan ma’naviy nazorat o’rnatish, cherkov mol-mulkini, tushgan xayr-ehsonlarni tasarruf qilish, o’z shaxsiy boyliklariga egalik qilish huquqlariga ega bo’ldilar. Mamalakatda cherkov, monastir, kostyol kabi diniy tashkilotlar uchun hashamatli binolar qurildi. Ular qo’ng’iroqlar, haykallar, ikonalar, butlar, minbarlar, diniy adabiyotlar, biodat buyumlari, predmetlari bilan bezatildi, musiqa asboblari, munojot qo’shiqlar aytadigan xor jamoalari yuzaga keltirildi. Diniy maktablarda, monastirlarda ko’plab ruhoniy rohiblar va rohibalar bo’lib, ularda yer maydonlari, hunarmandchilik, to’qimachilik sexlari vujudga keltirildi. Diniy tashkilot-lar obro’si ortib borib turli lavozimlar (masalan Rim papasi, kardinal, patriarx, abbot, arxiyepiskop, pop, yepiskop kabilar vujudga keldi. Hatto o’rta asrlarda katolik diniy tashkilotlari mahalliy hokimlarga bo’sunmaslik darajasiga yetib bordi. Oila-nikoh, ajralish, sudlov ishlari ham asta-sekin diniy tashkilotlar ixtiyoriga o’tib ketdi. Masalan, Rim papasi G’arbiy Yevropadagi davlatlarning ichki ishlariga katolik cherkovlari vositasida aralashardi. Abbotliklar esa Rim papasining ana shu davlatlar ichidagi tayanchi bo’lib qoldi. Din mustaqil ma’naviy kuchga aylanib, odamlar fikri va ruhiyati ustidan hokim bo’lib qoldi.


Download 98.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling