1. Biologiya o‘qitish uslubiyatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Biologiyaning o’qitish uslublariga nimalar kiradi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Bo\'m . 303.
96.170. Biologiyaning o’qitish uslublariga nimalar kiradi.
Usul va uslublar. Bizga ma’lumki, inson muayyan maqsadga erishishi uchun bir qator usullardan foydalanadi. Uslub deb esa - maqsadga erishishda qo‘llaniladigan tadbir va choralarga aytiladi. Inson bu usullarni ma’lum bir tartibda qo‘llaydi. Usullar qo‘llanish tartibini turlicha nomlar bilan - metodika, uslub, yo‘l, tariqat kabi atamalar bilan nomlaydilar.Pedagogikada bu tushunchalarning o‘rni almashinib qolgan. Ya’ni, dars olib borish yo‘lini usul, bu yo‘lda qo‘llaniladigan tadbirlar uslub deyilgan ketilgan. Bu degan so‘z, falsafa va boshqa faoliyatlarda qabul qilingan usul tushunchasini, pedagogikada an’anaviy ravishda uslub (stil) ma’nosida qo‘llab kelinmoqda.Darsning bu besh bo‘lagi o‘zaro funksional bog‘liqlikda bo‘lib, bir butunlikni, ya’ni dars degan majmuani tashkil qiladi. Birinchi mavjudligi boshqasining mavjudligini taqozo etib, birining yo‘q bo‘lishi boshqa barcha qismlarning faoliyatini yo‘qqa chiqaradi. Darhaqiqat, o‘qituvchi bo‘lmasa, dars bo‘lmaydi. Hammasi bo‘lsa-yu, o‘quvchilar bo‘lmasa ham dars o‘tib bo‘lmaydi. Hamma qismlari mujassamlanib, dars o‘tishning dastur va darsligi bo‘lmasa, dars bo‘lmaydi. Bo‘lgan taqdirda ham dars deyilmaydi va hokazo. 98.172. Biologiyaning kuzatish usuli haqida ma’lumot bering. Kuzatish – amaliy usulning tarkibiga kiruvchi ta’lim xillaridan biridir. Ko‘rgazmali usulda kuzatish bilan amaliy usulda kuzatish o‘rtasida katta farqlar bor. Ko‘rgazmali usuldagi kuzatishda o‘qituvchining namoyish etadigan tajribalarini o‘quvchilar oddiy tomoshabin sifatida ko‘rib kuzatadilar. Amaliy usuldagi kuzatish esa qilinadigan kuzatish ishlarida o‘quvchilar kuzatayotgan narsalarni ko‘rish, shakli katta-kichikligini o‘lchash, rangini aniqlash, rasmini chizish kabi ishlarni mustaqil bajaradilar. Kuzatish bajarilish muddatlariga qarab – qisqa yoki uzoq muddatli kuzatish xillariga bo‘linadi. Qisqa muddatli kuzatishlar odatda dars mavzusini o‘rganishda qo‘llanilib, dars mavzusini mustahkamlash, isbotlash, shu yo‘l bilan o‘quvchilarning puxta bilim olishga xizmat qiladi. Masalan: “Tayanch harakatlanish sistemasi” mavzusida o‘quvchilar o‘z gavdalaridagi ko‘krak skeleti, qobirg‘alar, o‘mrov, bosh suyaklari, yelka, bilak, kaft suyaklarining joylanishini o‘quv jadvaliga taqqoslab o‘rganishi qisqa muddatli kuzatishga misol bo‘ladi. Darsda yomg‘ir chuvalchangining harakatlanishi, tanasining tuzilishi to‘g‘risidagi ishlar ham qisqa muddatli kuzatishlardir.Uzoq muddatli kuzatishlar ba’zi biologik hodisalar, qonuniyatlarni chuqur o‘zlashtirib olishga qaratiladi. Masalan: ipak qurtining rivojlanishi, qushlarning uya qurish va bola ochishi kabi kuzatishlar uzoq muddatli kuzatishlar qatoriga kiradi. Tabiatda o‘tkaziladigan fenologik kuzatishlar ham uzoq muddatli kuzatishlardir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling