1. Biologiya o‘qitish uslubiyatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Biologiyaning taqqoslash usuli haqida ma’lumot bering
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Bo\'m . 303.
173. Biologiyaning taqqoslash usuli haqida ma’lumot bering. 100. Biologiyaning eksprement usuli haqida ma’lumot bering. 174. Biologiyaning eksprement usuli haqida ma’lumot bering. Eksperiment tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarini ma’lum reja bo‘yicha o‘rganishga bag‘ishlanib, u ko‘proq o‘quv materiali fiziologik mazmunga ega bo‘lgan vaqtlarda qo‘llaniladi. Biologiyadan o‘tkaziladigan eksperimentlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgani sababli bu sohada ko‘plab metodist- olimlarning ishlari e’lon qilingan. Jumladan, A.В.Бинос va boshqalarning “Биологический экспериментов школе” (1990). E.M.Василева, T.В.Taрбунова, Л.И.Kaшинаlarning “Эксперимент по физиологии растений в средней школе” (1978), A.Қодировning “Oдам анатомияси ва физиологиясидан амалий ишлар” (1991) kabilar fikrimizning dalilidir. Ayniqsa, fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etish va o‘tkazish maktabda eksperimentlar o‘tkazish ishlarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu sohada ba’zi qo‘llanmalar ham (Manke, Mash, Mixseva, 1977) chop etilgan. Biologiya ta’limida qisqa va uzoq muddatli eksperimentlardan foydalaniladi. Qisqa muddatli eksperimentlar darsda turli fiziologik hodisalarni o‘rganish maqsadida tayyorlanib o‘tkaziladi. Masalan: botanikadan hujayra ichiga moddalar kirishi, barglarda organik moddalarning hosil bo‘lishi, bargning suv bug‘lantirishi, plazmoliz, deplazmoliz hodisalari, sitoplazmaning harakatlanishi, zoologiyadan sodda hayvonlar, yomg‘ir chuvalchangiga turli ta’sirlar natijalari, suzgich qanotlarning baliqlar harakatlanishidagi roli, tashqi muhit sharoitidagi ranglarning baqa gavdasining rangiga ta’siri, odam va uning salomatligi fanidan suyakning tarkibi, muskullarning charchashi, so‘lakning kraxmalga ta’siri, baqa yuragi ishlashligi, oshqozon shirasining oqsilga ta’siri kabilar shular jumlasidandir. Uzoq muddatli eksperimentlar odatda o‘simlik, hayvonlarning tuzilishi va hayot jarayonini boshqarish, unga turli ta’sirotlar o‘tkazish natijalarini o‘rganishga mo‘jallanadi. Biologiyadan eksperimentlar tashkil etishning talablari quyidagilardan iborat: Eksperimentning mavzusi, uning maqsadi va vazifalari aniqlanadi. Eksperimentning o‘tkazish joyi belgilanadi. Eksperiment o‘tkazishning rejasi tuzilib unda bajariladigan ishlarning mazmuni, o‘tkazish muddatlariga belgilanadi. Eksperiment o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qurilmalar, jihozlar tayyorlanadi. Eksperment obyektini kuzatish, turli hisob ishlari olib borish uslubiyati ishlanadi. Eksperment o‘tkazayotgan o‘quvchi uchun ish jadvallari, kuzatilayotgan obyektlar ustida tajribalarni tashkil etishga oid yo‘riqnoma va materiallar beriladi. O‘quvchilarning eksperiment o‘tkazish bo‘yicha bajarayotgan ishlarini o‘qituvchi doimo tekshirib, zarur maslahatlar berib boradi. Eksperiment natijalari tahlil etiladi. Undan xulosalar chiqariladi. Eksperiment natijalaridan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari qidiriladi. Uzoq muddatli eksperimentlar ko‘pincha darsdan, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar paytida tashkil etiladi. Eksperiment o‘tkazish uchun o‘quvchilar orasidan alohida guruhlar tanlab olinadi. Guruhlar eksperiment o‘tkazish rejasi bo‘yicha ish olib boradi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling