11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja
Download 493.71 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU.O\'zbekiston geografiyasi.Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar: Geografik o’rin,tabiiy sharoit va mineral resurslari,aholi tarkibi, yuqori
11-Mavzu. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni Reja: 1.Iqtisodiy rayonning geografik o’rni 2.Iqtisodiy rayonning tarkibi: 2.1.Qoraqalpog’iston Respublikasining iqtisodiy geografik tavsifi 2.2.Xorazm viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi Tayanch so’zlar: Geografik o’rin,tabiiy sharoit va mineral resurslari,aholi tarkibi, yuqori urbanizatsiya darajasi, sanoat industriyasi,intensiv qishloq xo’jaligi, transport taraqqiyoti. 1.Iqtisodiy rayonning geografik o’rni Mazkur rayon hududi bo’yicha O’zbekiston eng katta bo’lib, u o’z tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatini oladi. Maydoni 172,6 ming km. kv. - bu mamlakatimiz umumiy maydonining 38,5 foizi demakdir. U respublika aholisining eng chekka shimol, shimoli- g’arbida, markaziy shaharlardan ancha uzoqda, global tus olgan ekologik muammo - Orol dengizining qurib borishi ta’siri kuchli mintaqada joylashgan. 2022 yilning 1-yanvar holatiga kura mintaqada 3872,7 ming kishi istiqomat qilgan.Bu respublika aholisining 11,6 foizini tashkil etadi. Ayni ana shunday o’ziga xos geografik (iqtisodiy, geosiyosiy va ekologik geografik) o’rin uning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini belgilab beradi. Rayon hosil qiluvchi geografik omil uning Amudaryo quyi qismida joylashganligidir.Bu rayon ikki, ma’lum ma’noda, bir-biriga uxshamagan ma’muriy birlikdan tashkil tongan, ya’ni u mamlakatimiz tarkibiga kiruvchi suveren respublika hamda Xorazm viloyatidan iborat. Biri ozmi-ko’pmi tabiiy resurslarga—qazilma boyliklarga ega bo’lsa, ikkinchisida faqat mehnat resurslari mo’l. Shu bois, mazkur xududda o’zaro iqtisodiy integratsiyalashuv imkoniyatlari va zarurati mavjud. Quyi Amudaryo rayonining siyosiy geografik o’rni - uning Turkmaniston davlati hamda Qozog’iston Respublikasi bilan chegaradoshligi bilan belgilanadi. Binobarin, bu yerda istiqbolda xalqaro miqyosda iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirish mumkin. Shunday qilib, rayonning Iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanish bo’yicha uning kuchli tomoni, eng avvalo, bu xududda tabiiy hamda mehnat resurslarining borligidir. Biroq, bu ijobiy tomonga nisbatan rayon rivojlanishini ancha cheklab qo’yuvchi zaif (kuchsiz) xususiyatlar ham bor. Bu ham bo’lsa, uning geografik o’rni, ya’ni o’z oqligi va muammoli Orol buyi mintaqasida joylashganligi hisoblanadi Shu bilan birga, rayonning, xususan Qoraqalpog’iston ichki hududlarining, ekologik jihatdan noqo’layligi va transport infratuzilmasi bilan yaxshi ta’minlanmaganligi ham uning zaif tomonlari hisoblanadi. Mamlakatimiz hududiy mehnat taqsimotida Quyi Amudaryo rayoni agrar-industrial mintaqa sifatida ajralib turadi. Uning hissasiga O’zbekistonning 7,3 % YaIM, 6,7 %, sanoat va 10,3 %, qishloq xo’jaligi mahsuloti to’g’ri keladi (2021y). Vaholanki, bu yerda, 2021-yil ma’lumotlariga binoan, 3872,7 ming yoki respublikamiz jami aholisining 11,6 foizi yashaydi. (Taqqoslang: maydoni bo’yicha 38,5, demografik salohiyati esa bundan 3 marta oz). Rayonda paxta va sholi yetishtirish, go’sht-jun chorvachiligi va sanoatning ayrim tarmoqlari (oziq-ovqat, yengil, kimyo) nisbatan yaxshirok rivojlangan. Maydoni tabiiy va ekologik sharoiti, demografik vaziyati turlicha bo’lgan bunday katta iqtisodiy rayonning haqiqiy geografik xususiyatlari uning ichki tarkibi taxlil qilinganda yanada ochiqroq namoyon bo’ladi. Download 493.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling