6-mavzu. Qadimgi dunyo iqtisodiy g’oyalari. Mavzuning o’quv maqsadi


Mavzu. Markaziy Osiyoda temuriylar davridagi iqtisodiy g’oyalar


Download 449.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana09.05.2023
Hajmi449.63 Kb.
#1449267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6 MAVZU TTI

Mavzu. Markaziy Osiyoda temuriylar davridagi iqtisodiy g’oyalar. 
Mavzuning o’quv maqsadi: 
 Marg‘inoiyning Xidoya asari, Forobiy asarlarida mehnat va mehnat taqsimoti, 
Nizomulmulkning Siyosatnoma asari, Qutadg‘u – bilik asari, Amir Temur davridagi iqtisodiy 
g‘oyalar. 
Asosiy tushuncha va iboralar 
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon), vazirlar vakolati, yer egaligining 5 
ko‘rinishi, ulufa (oziq-ovqat, maosh), soliqqa tortish tartibi, tanho, Ulug‘bek islohotlari, «Fulusi 
adliya» tashqi savdoga e’tibor, tamg‘a bojidagi o‘zgarishlar, A.Navoiyning «Vaqfiya» (1482), 
«Mahbub-ul qulub» (1500) asarlari, Zahiriddin Muhammad Bobuming «Mubayyin», «Zakot 
to‘g‘risida asar» kitoblari, «Hiroj», «Muqassam», «Muvazzar».
Asosiy savollar 
 
17.1. Marg‘inoiyning Xidoya asari. 
17.2. Forobiy asarlarida mehnat va mehnat taqsimoti. 
17.3. Nizomulmulkning Siyosatnoma asari. 
17.4. Qutadg‘u – bilik asari 
17.5. Amir Temur davridagi iqtisodiy g‘oyalar 
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, iqtisodiyotning 
barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, savdoda) muhim yutuqlar 
qo‘lga kiritildi. Bunga to‘g‘ii tanlab olingan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi. 
Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o'ziga xos maktab 
yaratgandi. Sohibqiron davlatida 
devoni buzurg (bosh vazir)dm
 tashqari har bir viloyatda 
Devon deyiluvchi boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig'ish, tartib saqlashni, 
ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. 
Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib 


borishardi. Ayniqsa, tosh-u tarozi to‘g‘riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat’iy 
jazolangan, eng muhimi bu ish bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib 
kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo‘yish mumkin bo‘lgan. 
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: «Amr qildimki, sadrlarsadri 
(sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) 
sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg‘ol tariqasida berilgan yerlar va vaqflaming ahvolini
ulaming vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin... 
Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlami, kundalik xarajatlami yozib borish uchun bir kitob 
tayinlansin». 
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko‘rinishi bo‘lgan: 
1. 
Suyurg'ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir 
avloddan ikkinchisiga o'tgan. Suyurg'ol egasi markaziy xazinaga to'lanadigan soliqdan ozod 
qilingan. Bunday yer egalari dehqonlami ishlatib, yer solig'i - xiroj olganlar. 
2. 
Tarxon yeriar. Bu yerlar xususiy mulk bo‘lib, ular odamlarga biron-bir xizmati 
uchun berilgan. 
3. 
Ushr yerlar. Sayyid va xo‘jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning 
o‘ndan biri davlatga berilgan. 
4. 
Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir 
yerlardir. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etilardi. Masalan, 
Amir Temuming Ahmad Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad 

Download 449.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling