Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ″YaRİmwtkazgiChlar fiZİkasi” kafedrasi


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana27.12.2017
Hajmi1.12 Mb.
#23120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Chwyan. Bu temir (92% gacha), uglerod (2,14% dan 5% gacha) h’amda kremniy (4,3 

gacha), marganets (2 % gacha), oltingugurt (0,07% gacha), fosfor (1,2% gacha) aralashmalardan 

tashkil topgan. Bu tarkibiy qismlar chwyan xossasiga quyidagicha tasir kwrsatadi.

 

Chwyanda uglerod ikki xil kwrinishda: erkin h’olatda grafit kwrinishida; temir bilan 



kimёviy birikma h’olatada — tsementit kwrinishda bwladi. Agar chwyandagi uglerod butunlay 

ёki qisman grafit kwrinishida bwlsa, singdirilgan yuzasi kulrang bwladi, shuning uchun kulrang  



chwёn deb yuritiladi. Agar singdirilgan yuzasi oq rangda bwlsa, oq chwyan deb ataladi. Kremniy 

kulrang chwyan, marganets esa oq chwyan olish imkonini beradi. Oltingugurt va fosfor zararli 

aralashmalar bwlib, chwyanning mwrtlik xususiyatini oshiradi. Kulrang va oq chwyanlar 


xossalariga kwra bir-biridan keskin farq qiladi. Oq chwyan juda qattiq va mwrt bwlib, unga 

asbob bilan ishlov berish qiyin, asosan pwlat eritish uchun ishlatiladi, shuning uchun h’am qayta 



ishlanuvchi chwyan deb ataladi. Kulrang chwyan yaxshi quyiladi, nisbatan yumshoq, asboblar 

bilan oson ishlov berish mumkin, eyilishga yaxshi qarshilik kwrsata oladi.

 

Sanoatda ishlatiladigan asosiy kulrang chwyanlarni xarakteristikalari 1-jadvalda berilgan. 



Bunda SCh shartli belgi bwlib kulrang chwyan ekanligini bildiradi, h’arfdan keyingi raqamlar 

chwyanning mustah’kamlik chegarasini (kgs/mm

2

) bildiradi. 



GOST 1412-85 asosida tayёrlangan kulrang chwyanlarning mexanik xarakteristikalari 

  

 



 

 

 



 

 

 



 

1-jadval 

 

 

 



Pwlat materiallar. Mashinasozlikda ishlatiladigan pwlat materiallar GOST asosida 

uglerodli va legirlangan pwlatlarga 

ajratiladi. 

Tarkibida kwpi bilan 0,6% (ayrim h’olarda 0,85 %  gacha etadi) uglerod bwlgan 

pwlatlarga konstruktsioi uglerodli pwlatlar deyiladi. Konstruktsion uglerodli pwlatlar sifatiga 

kwra oddiy sifatli va sifatli gruppalarga bwlinadi.

 

Oddiy sifatli pwlatlar muh’im bwlmagan qurilish konstruktsiyalarini, mah’kamlash 



detallarini, parchin mixlar, relslar, vallar, kulachoklar va h’okazolarni tayёrlashda shilatiladi.

 

Oddiy sifatli konstruktsion uglerodli pwlatlar GOST 380-71 ga muvofiq ishlab chiqarilib 



A, B, V gruppalarga bwlinadi. Korxonalarga L gruppadagi pwlatlar mexanik xarakteristikasi 

bwyicha, B gruppalilar kimёviy tarkibi bwyicha, V gruppadagilari esa h’am kimёviy tarkibi, 

h’am mexanik xossalari bwyicha etkazib beriladi.

 

Sifatli konstruktsion uglerodli pwlat, kimёviy tarkibi va mexanik tarkibita kwra etkazib 



beriladi. Bu pwlatlarda oltingugurtning miqdori 0,04% gacha, fosfor esa 0,35% gacha bwlishiga 

ruxsat etiladi. Bundan tashqari pwlatda 0,25% nikel, 0,35% gacha xrom bwladi.

 

GOST 1050-74 ga asosan sifatli pwlatlarning quyidagi markalari belgilangan: 25, 30, 35, 



40, 45, 50, 55, 60, 65, 70, 75, 80, 85, 60G, 65G, 70G. Pwlat markasidagi ikkita raqam 

uglerodning foiz miqdorining yuzga bwlib olingan wrtacha qiymatini, G h’arfi esa marganets 

miqdori kwp, yani 0,9 ... 1,2% gacha ekanligini 

(normal pwlatda marganets 0,35 ... 0,80% 

bwladi) bildiradi. 

 

Sifatli konstruktsion pwlat materiallar texnikada kwp ishlatiladi. U oddiy pwlatdan 



mustah’kamligi kattaligi h’amda zarbiy kuchlarga chidamliligi bilan farq qiladi. Agar oddiy 

sifatli pwlatlarning eng katta mustah’kamligi 700 MPa ga teng bwlsa, sifatli pwlatlarda bu 

kwrsatkich 1100 ... 1150 MPa ni tashkil etadi, qattiqligi esa 185 NV ga teng. Pwlatning 25, 30, 

35 markalari maxsus ishlovdan swng valiklar, shaybalar, wqlar, muftalar, bolt va gaykalarni 

tayёrlash uchun ishlatilali. Bu pwlat materiallarning mustah’kamligi 280 ... 320 MPa ga teng.

 

Wrtacha uglerodli pwlatlarga 40, 45, 50 markali pwlat materiallar kiradi. Bunday pwlatlar 



mustah’kamligi  ёki sirtining qattiqligi yuqori bwlgan, shuningdek wrtacha yuklangan, lekin 

ishqalanib eyiladigan detallar tayёrlash uchun mwljallangan. Toblangandan swng uning 

mustah’kamligi 580 ... 600 MPa gacha ortadi. Bunday pwlatlardan tirsakli vallar, vtulkalar

porshen xalqalari yasaladi.

 

Yuqori uglerodli pwlatning 55, 60, 70, 75, 80, 85 markalari mustah’kamligi va qattiqligi 



yuqoriligi bilan ajralib turadi va prokat stanlarning vallarini, tros simlarini tayёrlash uchun 

ishlatiladi.

 

Marganets miqdori kwp bwlgan 60G, 65G, 70G markali pwlatlar chuqurroq toblanadi, 



eyilishga chidamli, prujina, ressorlar tayёrlashda ishlatiladi.

 

Legirlangan pwlatlar. Bu pwlat materiallar tarkibida odatdagi aralashmalardan tashqari, 

uning xossalarini belgilovchi legirlovchi elemenglar h’am bwladi. Legirlovchi elementlarga 

xrom, volfram, vanadiy, molibden, nikel, shuningdek, kremniy va marganets kabi elementlar 

kiradi. Legirlanish pwlatlardan foydalanish metall sarfini kamaytirib, buyumning puxtaligini va 

uzoq muddat ishlashini taminlaydi.

 


Konstruktsion legirlangan pwlatlarning sifatli, yuqori sifatli va juda yuqori sifatli xillari 

bwladi. Yuqori sifatli pwlat markasining oxiriga A h’arfi, juda yuqori sifatli pwlat markasining 

oxiriga defis orqali Sh h’arfi qwyiladi. Masalan, 12XNZA pwlat yuqori sifatli, ZOXGS-Sh pwlat 

juda yuqori sifatlidir. Sifatli pwlatdaO,25% gacha, yuqori sifatli pwlatlarda esa 0,015% gacha 

oltingugurt bwlishiga ruxsat etiladi.

 

Konstruktsion legirlangan pwlatlar turli soh’alarda ishlatiladi.



 

Qattiqligi, mustah’kamligi, korroziyaga chidamliligi yuqori bwlgan xromli 15X, 20X, 

ZOX, 45X, 40XR, 40XTs markali pwlat materiallar juda kwp ishlatiladi. 

Xrom-nikelli, xrom-nikel-molibdenli pwlatlarning 40XN, 2MA, 13XZNFL va boshqa 

markalari mashinasozlikda muh’im rol wynaydi. Bu materiallar mashinalarning tishli 

g’ildiraklari, turbina detallarini tayёrlashda ishlatiladi. Ularning eyilishga chidamliligi yuqori. 

Legirlangan konstruktsion pwlatlarga shartli podshipnikbop pwlatlar h’am kiradi. Bu pwlatning 

ShX6, ShX15, ShX15GS markalari mavjud. Raqam xromning mikdorini foizning wndan bir 

ulushida kwrsatadi.

 

Termik ishlov berish jaraёni 6u detalni malum issiqlikgacha qizdirib, shu issiqlikda 



ushlab turish va belgilangan tezlikda sovutishdan iborat.

 

Termik ishlov berib, joiz kuchlanishni oshirish, detallar va



 

mexanizmlarning og’irligini 

kamaytirish, ularning ishonchliligini va uzoq muddat ishlashini taminlash mumkin.

 

Sirtqi qatlamlarining qattiqligini, chidamlilik chegarasini va ishqalanib eyilishga 



qarshiligini oshirish maqsadida mashina detallarining sirti puxtalanadi. Sirtni puxtalashning

 

uchta usuli mavjud: yuzani toblash, kimёviy-termik ishlov



 

berish va plastik deformatsiyalab 

puxtalash.

 

Yuzani toblash 

— 

detallar (tishli



 

g’ildiraklar, vallarning

 

bwyinlari, metall kesish 



stanoklarining 11 wnaltiruvchilari)ning qattiqligieyilishga chidamliligi h’amda

 

chidamlilik 



chegarasini oshirish uchun qwllanadi. Bunda pwlat wzini qattiqligi osh-maydi, natijada undan 

yasalgan buyum zarbiy kuchlarga yaxshi bardosh beradi. Yuzani toblashning induktsion gaz 

alangasida, elektrolitda qizdirib toblash usullaridan foydalaniladi. Yuqori chastotali tok (YuChT) 

bilan inluktsion usulda

 

qizdirib yuzani toblash keng



 

tarqalgan.

 

YuChT bilan toblash toblangan qadamning qalindigi 2 mm ga etadi. Yuzani toblashda 



elektr kontakt usuli

 

bilan qizdirish kamdan-kam qwllaniladi.



 

Kimёviy-termik ishlov berish- bu usul pwlat materialarning sirtqi qatlaminint tarkibi, 

xossalarini wzlashtirish maqsadida unga

 

bir ywla h’am kimёviy, h’am termik 



 

tasir wtkazishdan 

iborat.

 

Kimёviy-termik ishlov berishning uglerod bilan twyintirshi, azot bilan twyintirish, 



uglerod h’amda azot bilan twyintirish va diffuzion metallash kabi usullari mavjud.

 

Uglerod bilan twyintirish — bu usul yuzani uglerod bilan diffuzion twyintirish 

jaraёnidir. Toblangan detal sirtining qattiqligi 58-60 NRS gacha bwlib, uning wzagining 

qattiqligi wzgarmaydi. 

Kam uglerodlangan 10, 15, 20 markali h’amda kam wglerodli legirlangan materiallardan 

tayёrlangan detallarni uglerod bilan twyintirish tavsiya etiladi.

 

Azotlash — bu pwlatning sirtqi qatlamini diffuzion ywl bilan azotga twyintirishdir. U 



sirtning kattiqligini, eyilishga chidamliligini h’avoda, suvli, bug’li va h’okazo muh’itlarda 

korroziyalanishga qarshiligini oshiradi. Bu usul bilan legirlangan pwlat materiallardan 

tayёrlangan detallarni azotlash yaxshi samara beradi. Sirtning qattiqligi 1100 NV ga etadi. Lekin 

azotlash jaraёni uglerod bilan twyintirish jaraёniga nisbatan uzoq davom 

etadi. 

Diffuzion metallash — bu pwlatning sirtqi qatlamini alyuminiy, xrom, kremniy bilan 



twyintirishdir. Alyuminiy bilan metallashda detallarning otashbardoshlish ortadi. Bunday 

detallarni 1200°S temperaturada h’am ishlatish mumkin. Kremiiylash otashbardoshlikni 800-

850°S temperaturagacha oshiradi, ishqalanib eyilishga chidamliligini, bazi kislotalarda korroziya 

bardoshlikni oshiradi. Xromlash qattiqlikni 1600 ... 1800 NV gacha etkazib korroziya 

bardoshlikni kuchaytiradi. Diffuzion metallashda metallar temir bilan wrin almashinuvchi kattiq 

aralashmalar h’osil qiladi. Diffuzion metallashdan foydalanish texnik jih’atdan samarali, 



iqtisodiy jih’atdan foydalidir. Uglerodli pwlatlardan yasalgan va sirti xrom, alyuminiy, kremniy 

bilan twyintirilgan detallar otashbardosh bwladi. Bu esa ularni qimmatbah’o legirlangan 

otashbardosh pwlatlardan tayёrlashga ancha foydalidir.

 

Rangli metallar. Mis, alyuminiy, magniy, titan, qalay, qwrg’oshin nikel rangli muh’im 

metallardan h’isoblanadi. Mashina detallari asosan ularning qotishmalaridan tayёrlanadi.

 

Bronza. Misning qalay, alyuminiy, nikel kabi elementlari bilan h’osil qilgan qotishmasi 



bronza deb ataladi. Tarkibiga kwra kalay va kalaysiz bronzalar bwladi. Bronzalar yaxshi 

qwymakorlik xossalariga ega, bosim ostida va kesib yaxshi ishlov berish mumkin. Kwpgina 

bronzalar korroziya bardoshligining yaxshiligi bilan ajralib turadi, bundan tashqari ular 

antifriktsion qotishma sifatida h’am keng kwlamda ishlatiladi.

 

Alyuminiy.  Eng engil konstruktsion materiallardan biri bwlib, shwr suvlarda, 

atmosferada korroziyaga chidamliliga yuqorililigi bilan ajralib turadi.

 

Elastikligi va elektr wtkazuvchanligi yuqori bwlganligidan alyuminiy elektrotexnika 



sanoatida simlar, kabellar, samolёtsozlik sanoatida, quvurlar, moy va benzin quvurlari; engil va 

oziq-ovqat sanoatida folga h’amda idish tovoklar tayёrlashda ishlatiladi. Mustaxkamligi kichik 

bwlganligi tufayli texnik toza 

alyuminiy konstruktsion material sifatida kamdan-kam qullaniladi. 

Uning magnit, mis, rux va boshqa metallar bilan h’osil qilgan qotishmalarining mustah’kamligi 

etarli darajada yuqori, zichligi kichik, texnologak xossalari yaxshi bwlganligi uchun asosan 

detallarni tayёrlashda ishlatiladi.

 

Metallmas materiallar. Plastmassalar metallmas materiallar bwlib, tabiiy va sintetik 

polimerlar asosida olinadi va ulardan plastik deformatsiyalash usullarida detallar tayёrlanadi.

 

Plastmassalar bir necha gruppaga bwlinali: mashina detallari uchun ishlatiladigan 



konstruktsion plastmassalar termoreaktiv smolalardan iborat kompazitsiyadir: agressiv muh’itda 

ishlaydigan detallar uchun qwllanadigan korroziyabardosh plastmassalarga kiradigan 

ftoroplastlar va polixlorovinillar; issiqlikni wtkazmaydigan asbotekstolit va shishatekstolit 

plastmassalar; qistirma, zichlamabop plastmassalar; elektroizolyatsion getinaks, ftoroplast 

materiallar; friktsion asbotekstolitlar; antifriktsion, ёrug’lik wtkazadigan va boshqa turlarga 

bwlinadi.

 

Plastmassalardan detallar presslash, bosim ostida quyish, plastmassa listlarini shtamplash 



va boshqa usullar bilan olinadi. Rezina — bu tabiiy va suniy sintetik kauchukning kimёvin 

wzgarishi (vulkanizitsiya qilingan) natijasida h’osil bwlgan mah’sulot bwlib, u yuqori elastik, 

eyilishga chidamlilik elektroizolyatsion xossalarining yaxshiligi, kimёviy barqarorlik, gaz va suv 

wtkazmaslik kabi xossalari tufayli xalq xwjaligining turli soh’alarida keng qwllaniladi.

 

Rezinaning mustah’kamligini oshirish uchun undan yasalgan detallar armirlanadi, yani 



metall-kord, pwlat-sim ёki twr, shisha ёki kapron iplar qwshib twqiladi.

 

Rezinalar ichida poliuretanlar aloh’ida wrin egallaydi. 



Rezinalarga qaraganda ularning fizik-mexanik xossalari yuqori, agressiv muh’itlarga, ёg’, 

suyultirilgan kislota va ishqorlarga chidamliroq, mustah’kamligi katta, eyilishga chidamlidir. 

 

Savol va topshiriqlar 

 

1.  Mashinasozlik sanoatida eng kwp ishlatiladigan materiallar va ularni tanlashda 



nimaga etibor berish kerak? 

2.  Mashina detallari materiallariga qanday talablar qwyiladi? 

3.  Antifriktsion materiallarning xususiyati nimadan iborat? 

4.  Chwyanning xususiyatlarini aytib bering. 

5.  Chwyanlar qanday turlarga bwlinadi va qanday belgilanadi? 

6.  Pwlatning xususiyatlarini aytib bering. 

7.  Pwlatlar qanday turlarga bwlinadi va qanday belgilanadi? 

8.  Legirlangan pwlatning ishlatish soh’alarini aytib bering. 

9.  Qanday metallarga termik ishlov beriladi va nima uchun? 

10. Qanday termik ishlov berish usullarini bilasiz aytib bering. 



11. Detalning yuzasini toblash qaysi h’ollarda qwllaniladi? 

12. Termik ishlov berish bilan kimёviy-termik ishlov berish farqini aytib bering. 

13. Rangli metallarga  nimalar kiradi, turlari va markalarini aytib bering. 

14. Metalmas materiallardan nimalarni bilasiz, ular qayrlarda ishlatiladi?  

 

 

3-maruza 



MEXANİK UZATMALAR 

Maruza rejasi. 

1.  Mexanik uzatmalar, ularning turlari, umumiy malumotlar. 

2.  Tishli uzatmalar, turlari. 

3.  Uzatmaning geometrik   va kinematikasi. 

4.  Tishli g’ildiraklarning aniqlik darajasi. 

 

Adabiёtlar. 



 

1.  İvanov M.N. Detali mashin. M., «Vısshaya shkola», 1991g. 111…127 betlar. 

2.  Guzenkov P.G. Detali mashin. M., «Vısshaya shkola», 1986g. 113…116 betlar 

3.Sulaymonov İ. Mashina detallari. T., «Wqituvchi», 1981y 79…81; 124…128 betlar. 

4.   Erdedi A.A. va b., Texnik mezanika T., «Wqituvchi», 1987y 104…109; 149…166 betlar. 

5.  Frolov M.İ. Texnicheskaya mexanika. Detali Mashin. M., «Vısshaya shkola», 1990g., 

104…110 betlar. 

Uzatmalar h’aqida umumiy tushanchalar 

Energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig’ida joylashib, ularni wzaro 

bog’lovchi h’amda h’arakatni talab qilingandek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deb 

ataladi. 

Mashinasozlikda mexanik, elektrik, pnevmatik va gidravlik uzatmalardan foydalaniladi. 

Mashina detallari kursida faqat mexanik uzatmalar wrganiladi. 

Uzatmalarning energiya manbaii bilan ish bajaruvchi qismi wrtasida joylashishining asosiy 

sabablari quyidagilardan iborat:  

1.Elektr dvigatel vallarining aylanish sonining ishchi vallarning aylanish soniga nisbatan 

kattaligi; 

2. Burovchi moment qiymatlarini uzatma vallarining aylanish soni h’isobiga wzgartirish 

mumkinligi; 

3. Elektr dvigatel validagi aylanma h’arakatni ilgarilanma, tebranma va boshqa h’arakatlarga 

aylantirish. 

Harakatni bir valdan bir necha valga uzatuvchi mexanik uzatmalar ikki turga bwlinadi: 

1.  İshqalanish h’isobiga ishlaydigan uzatmalar (friktsion, tasmali, vintli); 

2.  İlashish h’isobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli, zanjirli). 

Uzatma vallaridagi P quvvat (Vt) ёki T – burovchi moment (Nm) h’amda w - , burchak tezligi 

(1/sek) uzatmalarning asosiy xarakteristikalari h’isoblanadi. 

Uzatma vallari etaklovchi va etaklanuvchi vallarga bwlinadi, bu vallarni bir-biridan ajratish 

uchun indekslar qabul qilingan. Masalan, «I» indeks etaklovchi valga, «2» indeks etaklanuvchi Valga 

taalluqli. 

Qwshimcha xarakteristikalari: 

a) Uzatmaning FİK η = P

2

 / P


1

. Kwp pog’onali uzatma uchun ω 

η

u

 = η



I

, η


II

 … η


n

 

bu erda: η



I

, η


II

 … η


– yuritmadagi h’ar bir uzatmaning foydali ish koeffitsienti. 

b) Aylanma kuch F

1

 = P



.

2

,



d

T

F

V

P

=

 Bu erda P – quvvat, (Vt), 



 V – aylanma tezlik (m/s). 

 

v) Burovchi moment: T= 



ω

Р

2



1

d

F

Т

=



 

 


g) Energiya oqimining ywnalishidan qatiy nazar istalgan ikki val burchak tezliklarining nisbatlari 

uzatish nisbati deb ataladi va “i” ,h’arfi bilan belgilanadi. 

 

2



1

ω

ω



=

i

 

Bu erda: ω



1

-etaklovchi valning burchak tezligi: 

ω

2

-etaklovchi valning burchak tezligi. 



 

Harakatni sekinlashtiradigan uzatmalar uchun i>1 (ω

1

> ω


2

): tezlashtiradigan uzatmalar uchun i<1 

1

< ω



2

Agar uzatma bir necha pog’onali  bwlsa, uning umumiy uzatish soni: i



y

=

n



II

i

i

i

...


,

1

, bwladi, bu 



erda 

n

II

i

i

i

...


,

1

- birinchi, ikkinchi va oxirgi pog’onalarning uzatishlar nisbati. 



d) Tishli uzatmalar uchun uzatish soni tushunchasi kiritilgan  bwlib, katta g’ildirak tishlar sonini 

kichik g’ildirak tishlar soniga nisbati nazarda tutiladi, yani: 

u=

1

2



z

z

 

 



Mashinasozlikda mexanik uzatmalar kata ah’amiyatga ega. Shuning uchun ularni wrganish, yangi 

turlarini yaratish va mavjud turlarini takomillashtirish masalasiga aloh’ida etibor berilmoqda. 



TİShLİ UZATMALAR 

Umumiy malumotlar 

Aylanma h’arakat bir valdan ikkinchi  valga wzaro ilashgan tishli g’ildiraklar vositasida uzatilsa 

bunday uzatmalar  tishli uzatmalar deb ataladi. Tishli uzatmalar wqlarning joylashishiga qarab quyidagi 

turlarga bwlinadi: tsilindrsimon, wqlari wzaro parallel (1-rasm), konussimon wqlari wzaro 

perpendikulyar (2-rasm), vintli wqlari wzaro ayqash joylashgan (3-rasm). Bundan tashqari aylanma 

h’arakatni ilgarilama h’arakatga aylantiruvchi mexanizm sifatida foydalaniladigan va tishli g’ildirak 



bilan tishli reykadan iborat uzatmalar h’am ishlatiladi (4-rasm). Bunday  

 

     



 

 

 



 

 

 



uzutmalar tsilindrik g’ildirakli uzatmalarning xususiy h’oli bwlib, g’ildiraklarning birining 

diametri cheksiz bwladi. 

 


    

 

 



 

 

 



 

  

Tashlarning g’ildirak sirtida joylashuviga qarab, tishli g’ildiraklar twg’ri (1-rasm, a), qiya (1-



rasm, b), aylanasimon (2-rasm, b) turlarga bwlinadi. G’ildirak tishlari shakliga kwra evolventali (L.Eyler 

ixtiro qilgan), nuqtaviy (M.L.Novikov ixtiro qilgan) h’amda tsikloid ilashish bilan ishlaydigan turlarga 

bwlinadi. 

Bu xil uzatmalar boshqa uzatmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: 

1.Uzatmaning tezligi 150 m/s bwlib, uzatiladigan quvvat 50000 kVt gacha etishi mumkin.  2. 

Tashqi wlchamlari birmuncha kichik. 3.Tayanchlarga tushadigan kuch nisbatan kichik. FİK qiymati 

(η=0,97÷0,98) yuqori. 4. Uzatish soniga salbiy tasir kwrsatuvchi sirpanish h’odisasi bwlmaydi. 5.İshda 

ishonchli, chidamliligi esa katta. 6.Uzatma g’ildiraklarini h’ar xil metall, metalemas materiallardan 

tayёrlash mumkin.  

Bir pog’onali uzatish sonining qiymati chegaralangan bwlib, i



max

=12,5 gacha bwlishi mumkinligi; 

tayёrlashning nisbatan murakkabligi; katta tezlik Bilan ishlaёtgan shovqin chiqarishi; yuqori aniqlikdagi 

tishli g’ildiraklarni tayёrlashning qiynligi mazkur uzatmalarning kamchiligi h’isoblanadi. 

Kwrsatilgan kamchiliklarga qaramasdan mashinasozlik va asbobsozlik sanoatida asosan tishli 

uzatmalar ishlatiladi. 

Yuqorida qayd etilgan uzatmalardan eng kwp twg’ri va qiya tishli tsilindrsimon uzatmalar 

ishlatiladi, chunki bu uzatmalar ishda ishonchli, tashqi wlchamlari kichik, tayёrlash nisbatan oson. İshlash 

jaraёnida h’arakatning ywnalishini wzgartirish zarur bwlgan h’ollarda konussimon, vintli, chervyakli 

uzatmalar ishlatiladi. 

 

Uzatmaning geometriya va kinematikasi 

   


Sanoatda asosan evolventa profili tishli g’ildiraklar ishlatilganligi uchun muloh’azalarimiz h’am 

ayna ana shu tishli g’ildiraklarga taaluqlidir. 

Odatda, ilashishda bwlgan bir juft g’ildiraklarning kichigi etaklovchi, kattasi etaklanuvchi deb 

ataladi. Etaklovchi va etaklanuvchi tishli g’ildiraklarni bir-biridan ajratish uchun indekslar qabul qilingan, 

bunda “1”-etaklovchi g’ildirak uchun, “2”-etaklanuvchi g’ildirak uchun. Shuningdek, tashqi diametri 

uchun “a” indeks, tish osti diametri uchun “f” indeks qabul qilingan.  

 Tishli g’ildiraklarning aylanishi twxtovsiz, uzatish soni wzgarmas bwlishi uchun tish yuzasining 

egriligi nazariyasi asoslariga bwysunishi kerak. 

5-rasmda etaklovchi va etaklanuvchi tishli g’ildiraklarni wzaro ilashgan h’olati kwrsatilgan. 

Bunda  n ilashish qutbi bwlib, uning h’olati ilashish jaraёnida wzgarsa, uzatish sonining qiymati 

wzgaruvchan bwladi. 

 Wzaro sirpanishsiz h’arakatlanib qutb nuqtasidan wtgan aylanalar boshlang’ich aylana deb 

ataladi h’amda d

ω1

, d

ω2

, bilan  belgilanadi. Boshlang’ich diametr g’ildiraklar ishlaganda h’osil bwladi. 

Aloh’ida olingan tishli g’ildiraklarda boshlang’ich diametr bwlmaydi. 

Bandan buёn faqat bwluvchi va boshlang’ich aylanalar teng, yani d



ω

=d bwlgan tishli uzatmalarni 

wrganamiz. 



Barcha tishli g’ildiraklarda faqat bitta bwluvchi aylana diametri d bwlganligi sababli, bu 

diametrni g’ildirakning boshqa wlchamlarini aniqlashda asos qilib olingan. 

Tishli g’ildirakning wlchamlari quyidagicha ifodalanadi (5-rasm). 

d

a



-g’ildirak tishlarining uchidan wtkazilgan aylana-tashqi aylanasi diametri. 

d

 f



 - g’ildirak tish tubdan wtkazilgan aylana-tish osti aylanasi diametri. 

h

a



- tashqi h’amda bwluvchi aylana bilan chegaralangan tishning bir qismi, tish kallagining 

balandligi. 

h

f



-tish tubidan h’amda bwluvchi aylanalar Bilan chegaralangan tishning bir qismi, tish oёg’ining 

balandligi. 

 h=h



a

+h

f

 tishning umumiy balandligi (6-rasm). 

G’ildiraklar ilashganda, ilashish qutbi P dan wtgan A

1

A



2

 twg’ri chiziq ilashish chizig’i bwladi. 

A

1

A



2

 ilashish chizig’i bilan ilashish qutbidan bwlish chizig’iga wtkazilgan urinma chiziq 

orasidagi α

ω

 burchak ilashish burchagi deyiladi. 



 GOST 13755-81 ga asosan tish kesuvchi asbobning burchagi α=20

0

. Agar α= α



ω

=20


0

 bwladi. 

Etaklovchi va etaklanuvchi g’ildiraklarning tashqi diametrlari bilan chegaralangan q

α

 chiziq, 



ilashish chizig’ining uzunligi h’isoblanadi (5-rasm). İlashish chizig’ining uzunligi tishlar ilashishining 

boshlanishi va oxirini kwrsatadi. 

P

b

 – tishli g’ildirakning asosiy diametri (ikki ёndosh tishning mos tomonlari orasidagi masofa) 



bwyicha qadami. 

P

i



 – bwluvchi aylana ёki boshlang’ich aylana bwyicha olingan asosiy qadam; P

d

 = P



 · Cos α 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



5-rasm 

 


 

Tishli g’ildirakning bwluvchi aylanasining uzunligi Tish qadamini tishlar soniga kwpaytmasiga 

teng, yani L = πd = P

i

 · z; 



 

bundan                                 d = 



z

P

i

π

 



Demak, aylana diametri qadam va wlchovsiz trantsendent son π orqali ifodalanayapti. Shu 

sababli, tishli g’ildirakning asosiy wlchamlarini aniqlash va amalda ularni wlchash oson bwlishi uchun 



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling