Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

Фойдаланилган адабиётлар:
 
1. Виленский 
М.Я., 
Образцов 
П.И., 
Уман 
А.И. 
Технология 
профессионально ориентированного обучения в выс- шей школе: 
Учебное пособие / Под ред. В.А. Сластенина. – Орел: ГОУ ВПО «ОГУ», 
2008. – 270 с.
2. Зимняя И.А. Педагогическая психология. Изд. второе, доп., испр. и 
перераб [Текст]. – М.: Логос, 2001. – 384 с.
3. http://www.dictionary.fio.ru
 


121 
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IJODIY 
FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK 
XUSUSIYATLARI
Yakubova Hilola Sunnatovna
Daminova Ra’no Basitovna
Nizomiy nomidagi TDPU “Ma`sofaviy ta`lim” kafedrasi 
katta о‘qituvchilari 
 
Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari 
o’z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan, texnika, san’at, ishlab chiqarishning jadal 
rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga 
bog’liq. Shunga ko’ra, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda har bir 
shaxsni ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir. 
“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bolalarni har 
tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish, xalqning boy 
milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, milliy 
vatanparvarlik hislarini shakllantirish, jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlashdan 
iborat. 
Bolalarning “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalariga quyidagilar 
kiradi: san’at va madaniyatga qiziqishini namoyon qiladi; milliy an’analarni 
qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi; san’atning 
muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi; olingan bilim 
ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tadbiq 
qilish uchun foydalanadi; insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik 
rolidir.
«Ijod» so’zining lug’aviy ma’nosi: «yaratish», «yangilikni kashf etish» 
so’zlariga monand keladi. Ijodkorlik - faoliyatning turli holatlarida paydo bo’ladi. 
Qiziqish ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda 
paydo bo’lishidan, namoyon bo’lishigacha jarayonini o’z ichiga oladi. Shaxsda 
faoliyat ehtiyoji faoliyatda yangi ilgari maqsad qilib qoyilmagan, hal etuvchi vosita 
bo’lib hisoblanmagan intilishdir. Ijodkorlik- sifat jihatdan yangi, moddiy va 
ma’naviy boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. Ijodkorlik o’zida insonning 
mehnatda namoyon bo’lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini 
bilish asosida xilma-xil ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantiradigan yangi haqiqatni 
yaratadiganday mehnat ijod bo’lishi mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati 
bilan belgilanadi: ixtirochi, tashkilotchi, mehnati ilmiy va badiiy mehnat va 
boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga bog’liq. 
Faoliyat 
subektning olam bilan faol oʻzaro munosabatidir. Odam faoliyati 
falsafaning faoliyat falsafasi
 sohasida oʻrganiladi. 
Faoliyat - kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning 
oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim 
xususiyatlaridan biri. Faqat faoliyat. zamiridagina inson mohiyati namoyon 
boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi 


122 
mumkin. Inson va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, faoliyat. shakllari
asosan, quyidagicha turkumlashtiriladi: moddiy faoliyat. (insonning oʻz xavfsizligi 
taʼminlanishi, oziqovqat, kiyimkechakka boʻlgan dastlabki ehtiyojlarining 
qondirilishi va mehnat qurollari orqali tashqi tabiatning oʻzgartirilishi); 
ijtimoiysiyosiy faoliyat. (ijtimoiy munosabatlarga, ijtimoiy hayotga taʼsir 
koʻrsatish); maʼnaviy faoliyat. (ilmfan, sanʼat, din, badiiy ijod va boshqa 
sohalardagi faoliyat
Inson faoliyati shakllari, turlari, avvalo, mehnat taqsimoti, odamlar, jamiyat 
ehtiyojining oʻsishi jarayonida oʻzgarib, rivojlanib boradi. faoliyat elementlarini 
insonlar, inson ehtiyojlari va manfaatlari, faoliyat predmeti, motivlari, faoliyatning 
maqsadlari, amalga oshirish yoʻllari, vositalari va usullari tashkil etadi. Faoliyat 
muayyan yaxlit jarayon sifatida oʻzida mavjud olamni, ijtimoiy borliqni, 
amaliyotni oʻzgartirish va tushuntirish dasturi hamda undan kelib chiqadigan 
harakatlar majmuini mujassamlashtiradi. 
Ijodiy faoliyat sifatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 

ehtirosli-obrazli sifatlar: ijodiy vaziyatlardan ilhomlanish, zavqlanish, 
jo’shqinlik; 

obrazlilik, uyushganlik, yangilik va g’ayrioddiylikni his etish, 
ziddiyatlarga nisbatan sezgirlik, ijodiy moyillik, ichki kurashlarni sinashga bo’lgan 
qobiliyat, ramziy ijodkorlik va boshqalar. 

tashabbuskorlik, kashfiyotchilik, zehn, o’ziga xoslik, har xillik
nostandartlik; 

g’oyalarni topishga, ularning individual, o’zga insonlar bilish ob’ektlari 
bilan munosabatlariga nisbatan qobiliyati; 

maktabda, oilada va boshqa ijtimoiy muhitda beriladigan axloq 
meyorlarini saqlab qolish ko’nikmasi bilan uyg’unlashadigan fikrlar, tuyg’ular va 
harakatlar erkinligi; 

sezgirlik, tanish narsalarni notanish narsalarda ko’ra olish va aksincha; 
muammolarni hal etishda stereotiplarni yenga olish, o’zgacha makonga chiqish 
qobiliyati; 

o’rganilayotgan ob’ekt bilan dialog olib bora olish; bilish metodlarini 
tanlay olish; ob’ektning o’xshash ob’ektlar bilan vazifa va aloqasini topish; 

ob’ektlarning o’zgarishi, uning o’sish yoki rivojlanish dinamikasini 
aniqlash; 

ob’ektning xossalariga ko’ra bilishning yangi metodlarini yarata olish; 

gipotezalarni ta’riflay olish taxminiy fikrlar, qonuniyatlar, formula, 
nazariyalarni, konstruksiyalash: intuitsiya, meditatsiyaga ega bo’lish ; 

o’z qobiliyatini ijodiy ishlarni bajarish va himoyalash shaklida amalga 
oshirish, tanlovlar, olimpiadalarda ishtirok etish tajribasiga ega bo’lish. 
Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha bolalarning ijodiy faoliyati 
har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. 
Shu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va 
qobiliyatini namoyon qilayotgan bolalarni aniqlash, ularga bundan keyingi 
rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. 


123 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling