D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova


Download 6.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/194
Sana14.11.2023
Hajmi6.47 Mb.
#1771880
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R

GAPLAR TASNIFI
1-amaliy ish. “Tushunchalar tahlili” 
metodi orqali 
mavzuga oid tayanch tushunchalarga izoh bering. 0 ‘qituvchingiz bergan 
qo'shimcha ma’lumotlami 3-ustunga qayd eting.
1
2
3
Tushunchalar
Izohi
Qo‘shimcha
ma’lumotiar
Darakgap
So ‘roq gap
Istakgap
Buyruqgap
Sodda gap
Qo ‘shma gap
157


Undov gap
Egaligap
Egasiz gap
Tasdiq gap
Inkor gap
Gaplarning tuzilish jihatdan turlari
1-amaliy ish. 
Maqollaming sintaktik tuzilishini o‘rganing. Sodda gap 
modelidagi maqollami ajrating va qaysi belgilari asosida ajratganingizga 
izoh bering.
1-variant. 1. 
Arslon izidan qaytmas, yigit so'zidan. 
2. 
Dehqon 
bo ‘Isang, shudgor qil, mulla bo ‘Isang, takror qil. 3. Yalqovlik bor yerda 
ко ‘z bo ‘yash bor. 4. Mingta yolg ‘ondan bitta rostyaxshi.
2-variant. 1. 
Bugungi mehnat - ertaning rohati. 
2. 
Mehnatni 
hurmatlasak, и bizni e ’zozlaydi. 3. Yomonning yaxshisi bo'lguncha, 
yaxshiningyomoni bo 7. 4. Baxtning kaliti mehnatning cho ‘ntagida.
3-variant. 1
. Yogochni uzun kes, temirni qisqa. 2. Gul uzishdan oldin 
gulzor yaratadilar. 3. Mehnatkash odam fisq-fasod gaplami bilmaydi. 4. It 
axlatyemasa, boshi og'riydi.
2-amaliy ish. “Venn" 
diagrammasi orqali sodda va 
qo‘shma gaplarning umumiy va xususiy jihatlariga tavsif bering. 
Diagrammaga sodda va qo‘shma gapning xususiy jihatlarini
diagrammaning tutashgan qismiga umumiy jihatlarini qayd eting.


3-amaliy ish.
1. Sodda gaplaming formal-fimksional yo‘nalishda belgilangan 
qurilish modellari haqida fikr yuriting.
2. Matnda qo‘llangan sodda gaplaming qurilish modellarini belgilang.
NAMUNA:
Mirvali g'alati f e ’lli odam. Ushbu gapning formal-funksional 
yo'nalishda belgilangan qurilish modeli quyidagicha: [EAKJ.
Mirvali g'alati f e ’lli odam. Ishiga aralashadiganlami uncha xush 
ко ‘rmaydi. Birovning maslahatini olmaydi ham. Ilgarilari kelib holing ne, 
deb Tolibjonning ко ‘nglini ovlab ketardi. Endi uni butunlay unutib 
yubordi. Bormisan, yo ‘qmisan, demaydi. (S.Ahmad. “Jimjitlik”)
4-amaliy ish. Berilgan sodda gaplaming mazmuniy tuzilishini 
aniqlang hamda gapda yuzaga kelgan shakl va mazmun nomuvofiqligining 
sabablarini belgilang.
1-variant. 1. Mirvali javob o'rniga bir ко‘zini qisib qo'ydi 
(S.Ahmad). 2. Qul b o ‘lib yashagandan ko'ra tik turib o'lgan afeal 
(Maqol). 3. Boyning tashqi hovlisida Yo‘Ichidan boshqa hech kimyo'q edi 
(Oybek). 4. Shu payt Umida idoradan chiqib, sadaga tomon kela boshladi 
(A. Qahhor).
2-variant. 1. Ufq qizg'ish tusga kirib, tongyorishardi (Sh.Rashidov).
2. Opamiz men tugul hatto Shodivoydek bolaning ham choragiga «Odd» 
chiqarmoqchi bo ‘Igan ekan ( 0 ‘.Hoshimov). 3. Odamga о ‘xshab nafas oldi 
(T.Murod). 4. Senlardan tilaydurg'on boshqa tilagimyo ‘q (O.Yoqubov).
3-variant. 1. Ayolimiz bilan loyimiz bir yerdan olingan! (T.Murod)
2. ...Chang bosgan eski do'ppidan boshqa hech nima yo ‘q (Oybek). 3. Shu 
topda davrani yorib yo'g'on gavdali, bo'yni qalinligidan gardani bo'rtib 
chiqqan qora kishi kirdi (S.Ahmad). 4. Shuning uchun ayollar yuzlarini
159


berkitishidan tashqari, ovozlarini ham begona erkaklarga eshittirmaslikka 
harakat qilganlar (P.Qodirov).
5-amaliv ish.
1. Sodda gaplarda yuzaga keluvchi shakl va mazmun ziddiyati 
sabablarini izohlang.
2. Mustaqil tarzda “Sodda gaplarda shakl va mazmun ziddiyati” 
mavzusida ilmiy axborot yozing.
6-amaliy ish. Sodda gaplami ajratib, sintaktik tahlil qiling.
1. 
Saodat bilan Vohid tutga yetgan ham edilarki, chelaklab quya 
boshlagan yomg'ir birdan to'xtadi (O.Yoqubov). 2. Munisxon birdaniga 
orqaga tisarildi (S.Zunnunova). 3. Samandar bir vaqtlar bolalar bilan to ‘p  
tepgan maydonchaga suqlanib boqdi (S.Karomatov). 4. Kumush bu gapga 
ajablanar, to'g'risi, shodlanar edi (A.Qodiriy). 5. Shuni bilingki, inson 
hamisha visolga intiladi, mushtoq bo 'lib shirin damlami boshidan 
kechiradi (S.Karomatov). 6. Qasam ich desangiz, qasam ichib aytamanki, 
bunaqangi ustaxona dunyoda hech bir maktabda bo ‘Imasa kerak 
(X.To‘xtaboyev). 7. Onasi yaqin qarindoshlarinikiga mehmonga ketgan 
edi (A.Tilavov).
Tahlil tartibi:
1. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi (darak, so‘roq, buyruq, istak 
gap) belgilanadi.
2. Gapning emotsionallikka ko‘ra turi (his-hayajonli yoki his- 
hayajonsiz gap) aniqlanadi.
3. Gapning grammatik asosi miqdoriga ko‘ra turi (sodda yoki 
qo‘shma gap) belgilanadi.
4. Eganing ishtirokiga ko‘ra gap turi (egasiz yoki egali gap) 
ko‘rsatiladi.
5. Kesimdan boshqa bo‘laklaming ishtirokiga ko‘ra gap turi (yig‘iq 
yoki yoyiq gap) belgilanadi.
160


6. Zaruriy bo‘laklaming ishtirokiga ko‘ra gap turi (to‘liq yoki 
to‘liqsiz gap) ko‘rsatiladi.
7. Gapning tasdiq yoki inkomi ifodalashiga ko‘ra turi (tasdiq yoki 
inkor gap) ko‘rsatiladi.
8. Sintaktik vazifa bajarmaydigan elementlaming mavjud yoki 
mavjud 
emasligiga 
ko‘ra 
gap 
turi 
(murakkablashgan 
yoki 
murakkablashmagan gaplar) ko‘rsatiladi.
NAMUNA:
Elmurod bu yerga keluvchi mehmonlarning hammasini tanib oldi 
(P.Tursun).
Darak gap, his-hayajonsiz gap, sodda gap, egali gap, sodda yoyiq gap, 
to‘liq gap, tasdiq gap, sifatdosh o‘ram bilan murakkablashgan sodda gap.

Download 6.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling