Sharobni issik xolda qadoqlash-50-550S cha isitilgan sharob issik xolda butilkalarga kadoklanadi. Bu jarayoni sharobni biologik loykalanishdan saklab koladi. Sharobning saqlash muddati uzayadi, qo‘shiladigan konservatorlar miqdori kamayadi. Bundan tashkari isitish natijasida mahsulot tarkibidagi kislorod chikariladi. Bu usul musallas tipidagi sharoblar uchun qo‘llaniladi. Qadoqlashdan oldin butilkalar 400S ga isitiladi.
Uzok muddatda qizdirish-sharobni barkarorligini oshirish va etilishni tezlashtirish uchun qo‘llaniladi. qizdirish natijasida sharobning organoleptik xususiyatlari uzgaradi. Bu usulda asosan maxsus tipdagi sharoblarga ishlov beriladi. Masalan modera va xeres 45-500S, portveyn va marsal 35-450S, desert sharoblar 30-350S xaroratda bir necha kundan bir necha oygacha qizdiriladi.
Kuchli sharoblar 50-700S xaroratda besh kun davomida qizdiriladi, bunda sharob bir tusli, xushbuy va mazali bo‘ladi.
Fizik-kimyoviy usulda ishlash. Bu usulda sharob turli organik va mineral moddalar bilan ishlanadi. Organik moddalardan jelatin, tanin, kazein, balik elimi ishlatiladi. Bu moddalar qo‘shilganda sharob tarkibidagi loykalanuvchi moddalar cho‘kadi, sharobning rangi yaxshilanadi, etilishi tezlashadi, mazasi yumshaydi va sifatli yaxshilanadi.
qo‘shiladigan moddalar miqdori laboratoriyada tajribalar asosida aniklanadi. Jelatin sovuk suvda buktiriladi, keyin issik suvda kerakli kontsentratsiyada eritma tayyorlanadi.
Bu moddalar qo‘shilgandan keyin sharob yaxshilab aralashtiriladi 8-10 kun saklanadi, keyin filtrlanadi.
Mineral moddalardan bentonit loyi ishlatiladi. Bentonitni kushishdan oldin 5% li suvli suspenziya tayyorlanadi.
Bentonit jelatin yoki balik elimli bilan birga qo‘shilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Bioximiyaviy usulda ishlash-bunda sharobga turli ferment pereparatlari qo‘shiladi va uning tarkibidagi pektin, oksil va polisaxaridlar parchalanib cho‘kmaga tushadi. Ferment pereparatlaridan 1-10% li eritmalar tayyorlanadi va sharobga qo‘shiladi. Bunday mahsulot 4-11 soat davomida saklanadi, keyin filtrlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |