Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari. Kirish


Asosiy holat va siljishlarga o ‘rgatishning texnikasi


Download 132.13 Kb.
bet33/53
Sana08.05.2023
Hajmi132.13 Kb.
#1443315
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
Bog'liq
Dzyu-do, sambo umumiy qoidalari

Asosiy holat va siljishlarga o ‘rgatishning texnikasi,
taktika va uslubiyoti
O bzbekcha milliy kurashga o ‘rgatish metodikasini biz kurashning
olimpiada turlari rezervi sifatida razryadli sportchilar va
sport masterlari tayyorlovchi m ashg^lotlarning vositalari, metod
va turli formalari birligi deb qaraymiz.
Kurashchilarni tayyorlash texnikasi, taktikasi va m etodikasini
bayon qilishda materiallar o ‘zaro bog‘liq holda yuritiladi.
Bunda o ‘qitish va tarbiyalash metodikasi shugbullanuvchilarning
trener rahbarligida ijodiy musta-qil faoliyati uchun beriladigan
topshiriqlar sistemasi asosida tuziladi.
Mazkur metodika nayzabozlik, boks kabi yakkama-yakka
olishish turlarida keng ochib berilgan. Shuningdek, buni milliy
kurashda ham ochib berishga harakat qilingan. Biz materiallarni
quyidagicha sistema bo‘yicha bayon qilamiz:
1. Shug'ullanuvchilar oldiga xususiy vazifa qo‘yish.
2. Kurashchilarni uyushtirish va harakatlar haqida axborot
berish.
3. Harakatlar va ularni bajarishga doir topshiriqlar.
4. Trenerning nimalarga e ’tibor berishini, kamchiliklarni
va xatolarni yolqotishga oid bergan metodik ko‘rsatmalari,
texnik-taktik harakatlarni shaxsan baholash.
57
KURASHCHINING TIK HOLATI VA UNING
TURISH HOLATLARI
Xususiy vazifa:
Kurashchining tik holatlarga o ‘rgatish.
G uruhni o ‘ziga qaratib, ikki qatorga saflaganidan keyin,
trener kurashchi tik holatining taktik ahamiyatini tushuntiradi
hamda hujum va himoya harakatlarida kurashchining eng qulay,
foydali holati sifatida uni namoyish qilib ko‘rsatadi. Shundan
keyin, trener tik holatini bajarish texnikasidagi asosiy to m o n larini,
q o i , oyoq, gavda, boshning holatini bayon qiladi.
Harakat va uni bajarishga oid topshiriq.
1-topshiriq. Asosiy tik turish holatidan chap, o ‘ng oyoqni
oldinga bir qadam tashlash, oyoqlarni tizzadan biroz bukish,
gavdani oldinga biroz engashtirish, yarim bukilgan qo‘llarni
oldinga chiqarish, gavda og‘irligini har ikki oyoqqa bir xilda
taqsimlash — bu kurashchining yuqori tik turishi.
Mustaqil ravishda 8-10 marta kurashchining yuqori tik turish
holatini egallangan holda shu holatni 5-6 sekund, his etish va
dastlabki holatga qaytish.
Metodik ko‘rsatmalar:
— turish holatini egallab barqaror holatni his eting.
— ortiqcha zo‘riqmang;
— qo‘llarni haddan tashqari oldinga uzatmang;
— oyoqlarning to fcg bri joylashishiga e ’tibor bering;
— gavda og‘irligini har ikki oyoqqa bir xilda taqsimlang,
oldinga qarab turing.
2-topshiriq. Kurashchining tik turish holatini egallang, ammo
yuqori, o‘rtacha, past turish holatlarini almashtirib turing. Trener
topshiriqni berish bilan birga turlicha tik turish holatlarini ko‘rsatadi.
Turlicha tik turish holatlarini bajaring.

Download 132.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling