Fizika va kimyo” fakulteti “ilmiy va metadologik kimyo” kafedrasi


Download 343.29 Kb.
bet10/14
Sana08.02.2023
Hajmi343.29 Kb.
#1178155
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
masala kurs ishi Hanifa

Amilopektin. Amilopektin molekulalari amiloza molekulalari kabi
glukoza qoldiqlaridan iborat bo‘lib, ular tarmoqlangan tuzilishga
ega. Amiloza uglevod bo‘lsa, amilopektin biror uglevodning fosfat
kislotali efiridir. Amilopektin molekulasida glukoza qoldiqlarining
soni amilozaga qaraganda ko‘p. Shuning uchun ham uning molekular
massasi amilozaning molekular massasidan ancha katta. Molekular
massasi 1 000 000 bo‘lgan amilopektin ma’lum. Amilopektin suvda
erimaydi, bo‘kib kleyster hosil qiladi. Yod bilan qizg‘ish binafsha
rang beradi.
Energiya zaxirasi polisaxaridlar uchun muhim rol oʻynasa-da, ularning boshqa asosiy maqsadi – strukturani taʼminlash. Masalan, sellyuloza oʻsimlik hujayra devorlarining asosiy komponenti boʻlib, ular hujayralarni oʻrab turgan qattiq strukturalardir (karam va boshqa sabzavotlarning qarsillashini taʼminlaydi). Yogʻoch va qogʻoz asosan sellyulozadan tarkib topgan va sellyulozaning oʻzi 111-4 glikozid bogʻlari bilan bogʻlangan tarmoqlanmagan glyukoza monomerlari zanjirlaridan tuzilgan.
Sellyuloza.Sellyuloza tolalari va molekulyar strukturasi. Sellyuloza beta shaklidagi glyukoza monomerlaridan tuzilgan va bunda har ikkinchi monomer qoʻshnilariga nisbatan yuqoridan pastga joylashadigan zanjir hosil boʻladi.
Sellyuloza tolalari va molekulyar strukturasi. Sellyuloza beta shaklidagi glyukoza monomerlaridan tuzilgan va bunda har ikkinchi monomer qoʻshnilariga nisbatan yuqoridan pastga joylashadigan zanjir hosil boʻladi.
Selluloza tabiatda keng tarqalgan. O'simlik to'qimalari
sellulozadan tashkil topgan. Paxta, filtr qog'oz tarkibida 96% gacha selluloza
bo'ladi. Yog'ochning asosiy qismini selluloza va lignin tashkil etadi.
Amilozadan farqli oʻlaroq, sellyuloza β shaklidagi glyukoza monomerlaridan tuzilgan va bu unga oʻta farqli xossalarni beradi. Yuqoridagi rasmda koʻrsatilganidek, zanjirdagi har ikkinchi glyukoza monomeri qoʻshnilariga nisbatan aloqalarni oʻzgartirib turadi va bu uzun, tekis, spiralsimon shaklda boʻlmagan sellyuloza zanjirlarini hosil qiladi. Ushbu zanjirlar gidroksil guruhlari oʻrtasida vodorod bogʻlari bilan bogʻlangan, bir-biriga nisbatan parallel toʻplam hosil qilish uchun birlashadi.

Sellulozadagi β glikozid bogʻlarini tanamizdagi hazm qilish fermentlari parchalay olmaydi, shuning uchun odamlar sellyulozani hazm qilishga qodir emas. (Bu sellyuloza bizning ratsionimizda yoʻq degani emas, tanamizdan u hazm boʻlmaydigan, erimaydigan tola sifatida oʻtadi xolos). Biroq sigir, koala, qoʻtos va ot singari baʼzi oʻtxoʻrlar tanasida sellyulozani oʻziga singdirishga yordam beruvchi maxsus mikroblar mavjud. Ushbu mikroblar ovqat hazm qilish traktida yashaydi va sellyulozani glyukoza monomerlariga parchalaydi. Yogʻoch kemiruvchi termitlar ham sellyulozani ichki organlarida yashovchi mikroorganizmlar yordamida parchalay oladi.
Selluloza gidrolizlanganda oraliq mahsulot orqali glukoza hosil bo'ladi.
Selluloza Shveytser reaktivi (mis oksidining ammiakdagi eritmasi)da, rux
xloridning to'yinmagan eritmasida, konsentrlangan suI fat kislotada eriydi.
Sellulozadagi biro ikki yoki uch gidroksil guruhini turli funksional
guruhlarga almashtirib uning efirlarini, nitroseJluloza, atsetat selluloza va
selluloza ksantogenatini hosil qilish mumkin.
Selluloza oʻsimliklar uchun oʻziga xosdir, ammo polisaxaridlar oʻsimlik boʻlmagan turlarda ham muhim tarkibiy rol oʻynaydi. Masalan, boʻgʻimoyoqlilar (hasharot va qisqichbaqasimonlar)da ichki tana qismlarini himoya qiladigan ekzoskelet deb nomlanuvchi qattiq tashqi skelet boʻladi. Ushbu ekzoskelet sellyulozaga oʻxshash xitin deb nomlanuvchi makromolekuladan tarkib topgan, lekin azotni oʻz ichiga olgan funksional guruhga ega boʻlgan modifikatsiyalangan glyukoza birliklarini ham oʻz ichiga oladi. Xitin, shuningdek, hayvonlarga ham, oʻsimliklarga ham kirmaydigan, balki oʻzlarining alohida dunyosiga ega boʻlgan zamburugʻlar hujayra devorlarining asosiy tarkibiy qismidir.

Download 343.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling