I bo'lim. Jahon xo'jaligi tizimi 1-bob. Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari


Jahon iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana08.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1248760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

Jahon iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari

Bosqichlari
Xususiyatlari
I
XV-XVI
asrlar
Buyuk geografik kashfiyotlar. Jahon mustamlaka tizimining shakllani­
shi. Jahon kapitalistik bozorining paydo bo'lishi. Manufaktura
II
XVII asrning 
birinchi yarmi -
XIX asr
Jahon kapitalistik bozorining shakllanishi. Xalqaro mehnat taqsimoti­
ning rivojlanishi (sanoat to'ntarishi, burjuaziya inqilobi, manufaktura­
dan fabrikali ishlab chiqarish tizimiga o'tish). Jahon savdosining xal­
qaro iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi
III
I va II jahon 
urushlari davri
Xalqaro moliya tizimining beqarorligi, sanoat jihatdan taraqqiy 
etgan mamlakatlardan uzoq muddatli kapitallarning chiqib ketishi
IV
XX asrning 
50—90-yillari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qaytadan yo'lga qo'yish yoki yangi 
jahon iqtisodiy tartibini ishlab chiqish davri
V
XX asrning 
90-yillaridan 
hozirga qadar
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi, TMK va TMB rolining kucha- 
yishi. Jahon bozorlarining globallashuvi
Jahon xo‘jaligining vujudga kelishidagi birinchi bosqich XV-XVI asrlarni o‘z 
ichiga oladi. Ushbu bosqich buyuk geografik kashfiyotlar, jahon mustamlaka tizi- 
mining shakllanishi, jahon kapitalistik bozorining paydo bo‘lishi va manufaktura 
davri hisoblanadi. Bu davr mustamlaka mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar 
savdosining jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Jahon xo‘jaligi bu bosqichda mam­
lakatlarning (birinchi navbatda, mustamlaka egalari va mustamlakalar) tashqi sav­
do sohasidagi o‘zaro munosabatlarining yig‘indisi sifatida talqin etiladi va ustun 
darajada savdo kapitalini sarflanish sohasi hisoblanadi.
Jahon xo‘jaligining rivojlanishidagi ikkinchi bosqich XVII asrning birinchi yar- 
mi — XIX asrni qamrab oladi. Ushbu bosqich jahon kapitalistik bozorining shaklla­
nishi, xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi (sanoat to‘ntarishi, burjuaziya inqilobi, 
manufakturadan fabrikali ishlab chiqarish tizimiga o‘tish), jahon savdosining xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi, milliy tovarlar eksportining ko‘payishi 
bilan tavsiflanadi. Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo integratsiyasining zaiflashuvi xo‘jalik 
hayotining baynalminallashuvi bilan bog‘liq quyidagi tamoyillar hisobiga rivojlangan:
• xalqaro mehnat bozorida baynalminallashuv jarayonining chuqurlashuvi — 
1870-1913-yillar davomida Yevropani 36 mln. kishi tark etdi va ularning 2/3 qis­
mi AQSh ga ko‘chib o‘tdi. Osiyo hududida esa xitoy va hind emigrantlarining 
soni Yevropa emigrantlaridan ham oshib ketdi;
• xalqaro kapitallar oqimining ko‘payishi — 1914-yilga kelib uzoq muddatli xori- 
jiy investitsiyalarning umumiy hajmi 44 mlrd. dollarga yetdi va ushbu jarayon- 
da Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya faol ishtirok etdi. Xalqaro kapital­
lar harakatida umuman rasmiy cheklovlar bo‘lmaganligi tufayli. Shuningdek
qimmatbaho qog‘ozlar bozorining baynalminallashuvi ham yuqori darajaga yet­
di. 1913-yilda London fond bozorlarida sotilayotgan qimmatbaho qog‘ozlarda 
xorijiy qimmatbaho qog‘ozlar ulushi 59 %ni, Fransiyada esa ushbu ko‘rsatkich 
1908-yildayoq 53 %ni tashkil etdi;
18


1-BOB. JAHON XO'JALIGINING MOHIYATI, VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
• to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ta’sirida xalqaro ishlab chiqarishning 
o‘sishi tufayli — 1914-yilga kelib to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar xalqa­
ro kapital harakatining asosini tashkil qildi. Bu davrda Buyuk Britaniya to‘g‘ri- 
dan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning asosiy eksportyori hisoblangan. Jami to‘g‘- 
ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 45 % Buyuk Britaniya hissasiga, 20 % esa 
AQSh hissasiga to‘g‘ri kelgan. Asosiy importyorlar AQSh, Lotin Amerikasining 
rivojlanayotgan mamlakatlari, Xitoy va Yevropaning rivojlangan mamlakatlari 
hisoblandi. 1914-yilga kelib to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning asosiy 
oqimi rivojlangan mamlakatlarga yo‘naltirilgan edi. Jahon xo‘jaligining bu dav­
ri kapital ishlab chiqarish sohasida sanoati rivojlangan mamlakatlarning o‘zaro 
aloqalari va mustamlakalari bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlari xalqaro 
iqtisodiy munosabatlar majmuasini tashkil eta boshladi.
Jahon xo‘jaligining rivojlanishidagi uchinchi bosqich I va II jahon urushlari 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling