I bo'lim. Jahon xo'jaligi tizimi 1-bob. Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari


Jahon xo‘jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizimining shakl­


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana08.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1248760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu.Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

5. Jahon xo‘jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizimining shakl­
lanishi va iqtisodiy qoidalarning birxillashuvi. Zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi 
tartib-qoidalar xalqaro valyuta-kredit, savdo, hisob-kitob munosabatlarinigina qam- 
rab olmay, balki xalqaro ayirboshlashda asosiy bitim bo‘lib xizmat qiladi. Dunyo 
miqyosida XVF, Umumjahon banki guruhi, JST ning mavqeyi juda katta.
6. Jahon xo‘jaligining globallashuvi. Ushbu jarayon, bir tomondan, jahon 
xo‘jaligining yuqorida qayd etib o‘tilgan rivojlanish tamoyillarini miqdoriy jihat­
dan mujassamlashtirsa, ikkinchi tomondan, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan 
zamonaviy rivojlanish tamoyillarini aks ettiradi:
• dunyodagi barcha mamlakatlarni jahon xo‘jalik jarayonlariga jalb etish;
• ishchi kuchi, texnologiya, kapital, tovarlar va xizmatlarning global bozorlari- 
ni barpo etish;
• jahon xo‘jalik aloqalarining (transport, axborot, bank, aloqa va boshqalar) glo­
bal infratuzilmasini yaratish;
• mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida yalpi ichki talablarga qara- 
ganda tashqi talablarning ustunligi;
• milliy hukumat iqtisodiy funksiyalarining ko‘proq xalqaro iqtisodiy tashkilot- 
larga vakilligini topshirish;
mamlakatlarning tan olishicha, iqtisodiy rivojlanishning eng maqbul shakli 
bozor xo‘jaligi prinsiplaridir;
• xalqaro iqtisodiy aloqalar bilan xo‘jalik hayotining qoidalarini universallashti- 
rishni mukammallashtirish;
• xalqaro raqobat va xalqaro hamkorlikning global xususiyatga ega ekanligi;
• juda katta ishlab chiqarish kuchlariga asoslangan xalqaro ishlab chiqarishni 
yuzaga keltirish.
20


1-BOB. JAHON XO'JALIGINING MOHIYATI, VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
1.3. Jahon xo‘jaligining rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy konsepsiyalar
To‘lig‘icha jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga bag‘ishlangan ilmiy nazariyalar 
mavjud emas. Ammo jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratil- 
gan ko‘psonli iqtisodiy, sotsiologik va ijtimoiy-madaniy nazariyalar mavjud. Ush­
bu nazariyalarga quyidagi rivojlanish nazariyalarini kiritish mumkin:
• Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari.
• Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyasi.
• Postindustrial jamiyat nazariyalari.
• Yagona sivilizatsiya nazariyasi.
• Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi nazariyasi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling